Gabriel Garsia Markes

Gabriel Garsia Markes

O'quvchilarga / Adabiyot
Gabriel Garsia Markes - rasmi

Material tavsifi

Gabriel Garsia Markes 6.II.1928 Kolumbiyadagi Magdalena daryosi bo'yida joylashgan Arakataka shaharchasida istiqomat qiluvchi sobiq polkovnik, grajdanlar urushi(1899-1903 y.) ishtirokchisi Markes xonadonida 1928 yil 6 mart kuni o'g'il tug'ildi. Bola Markesning nabirasi, telegrafchi Garsia Markesning o'g'li edi. Bolaning yozuvchi bo'lib shakllanishida buvisi Trankilin xonimning ta'siri katta edi. Umuman, oilaning barcha a'zolari, polkovnik Markes ham xotini Trankilinning chizgan chizig'idan chiqmas edi. Yozuvchining keyinchalik eslashicha, bobosining oilasida(va shaharcha hayotida ham) fantastik va reallik qorishib ketgan. Odamlar turli xil hodisalarni to'qib turishardi. Bo'lajak yozuvchi sakkiz yoshga etganda, yani 1934 yilda bobosi Markes vafot etdi va bola ham Arakatakani tark etdi. Uni Sapakiradagi internatga o'qishga berishadi. Shu yerda Gabriel birinchi marta asar yozishga urinib ko'radi. 1946 yilda Gabriel Markes Bogota universitetining huquqshunoslik fakultetiga o'qishga kiradi. G.G.Markesning birinchi hikoyasi 1947 yilda bosilgan. Ammo muallif hali adabiyotni o'zining asosiy maqsadi deb hisoblamas edi. 1948 yil liberal partiyaning lideri o'ldirilgach, poytaxtda yashash og'irlashib qoladi. Shu sababli Markes Kartaxenaga ko'chib o'tadi va advokatlik faoliyati bilan shug'ullana boshlaydi. Biroq bu ishning unga qizig'i yo'q edi. Shuning uchun advokatlikni tashlab jurnalistlikka o'tadi. 1950 yildan 1954 yilgacha Markes gazetada reporter bo'lib ishlaydi va xronika bo'limini boshqaradi. 1951 yil uning To'kilgan barglar(Palaya listva)nomli qissasi chiqadi. Unda qadrdon Arakatakani esga soluvchi Makondo shaharchasi tasvirlanadi. Mazkur qissa bilan Markes ijodiga Makondo bilan birga keyinchalik ijodining markaziy mavzusiga aylangan yolg'izlik mavzusi kirib keldi. 1954 yil Markes Bogotaga ko'chib o'tadi. Bu yerda gazetada ishlashni davom ettiradi, shuning bilan birga siyosiy ishlarda qatnasha boshlaydi. 1955 yilning iyo'lida esa El Espektadorgazetasining muxbiri sifatida Yevropaga keladi va Rimda ishlaydi. Bir vaqtning o'zida Eskpremental kinomatografiya markazining rejissyorlik kursida o'qiydi. So'ngra Rimdan Parijga ko'chib o'tadi. Vatanida yuz bergan davlat to'ntarishi uni Fransiya poytaxtida qolishga majbur qiladi. Aynan shu yerda Markes Polkovnikka hech kim xat yozmaydi nomli qissasini yozdi. Qissaning birinchi varianti 1956 yil tugaydi. Alohida kitob holatda esa 1961 yil bosiladi. Qissada Xemingueyning ta'siri kuchli ekanligi sezilib turadi. Buni Markes ham bir necha bor takidlagan. Ammo, muallifning reportyorlik faoliyatida orttirgan tajribasi yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Xususan, qissaning stilistikasida Markesning ajoyib lakonizmi, snayperlarga xos aniq tili, so'zni his etishi, tagmanolarini ochib berishi va albatta bayon qilishdagi badiiy-psixologik ishonchi sezilib turadi. Markes bu qissani 11 marta qayta yozgan. Undagi zamon 1956 yilga tegishli, makon esa nomsiz shaharcha. Ammo qahramon tushlarida va fuqarolar urushi ishtirokchisi bo'lgan polkovnikning xotiralarida uzoq yillar o'zi yashagan shahar Makondo mavjud. Aynan Makondo bilan birga asarga tarixiy davr kirib keladi. U yerda real voqealar va afsonaviy hodisalar bir-biriga payvandlashib, birlashib ketadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.68 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.68 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga