Hikoya janri R Ye J A : Hikoyaning janr xususiyatlari. Hikoyaning shakl va mazmunidagi o'zgarishlar. Hozirgi o'zbek hikoyachiligida mavzu, muammo va yechim. Hikoya epik turning kichik hajmga ega bo'lgan janrlaridan biri bo'lib, o'ziga xos imkoniyat va qamrovga, badiiy tasvir vositalariga ega ekanligi bilan avvalgi darsda o'rganganimiz kichik janrlar - pamflet, feleton, ocherk, novelladan farq qiladi. Bu farq birinchi galda asarning yuksak badiiyligida, inson hayotiga oid qisqa voqelikni ko'rimli tarzda ifodalay olishida namoyon bo'ladi. Kratkiy slovarda aytilishicha, hikoyada qisqa epizodda inson hayotining eng muhim, tipik ko'rinishi ochib beriladi va bu holat uning butun hayotiga tegishli ko'zgu bo'lib qoladi (masalan, O'g'ri, Sh.Xolmirzaevning O'zbek xarakteri). Hikoya, qissa, roman kabi janrlardan shu bilan farq qiladiki, unda tasvirlangan voqeagacha nima bo'lgan, qanday bo'lgan, kim bo'lganligi to'g'risida ma'lumot berilmasligi ham, ayrim detallar orqali ishora qilinishi ham mumkin. Hikoya tasvir ko'lami, syujeti va kompozitsion qurilishining nisbatan soddaligi, bayonning odatda bitta shaxs tomonidan (avtor yoki hikoyachi) olib borilishi jihatidan farq qiladi. Hikoya shaqliy tomondan asosan nasriy bayonga asoslanadi. Shu bilan birga ayrim voqealar sheriy usulda hikoya qilinishi ham mumkin. Voqelikning sheriy yo'l bilan hikoya qilishning ilk namunalarini A.Navoiy, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Hamza Hakimzodalar ijodida uchratamiz. XX asrning 60-yillariga kelib A.Muxtor tomonidan sheriy novellalar ham yaratildi. Hikoya atama sifatida kengroq manoda biror voqeani gapirib berishni ham anglatadi. So'zlab berilgan bunday hayotiy voqelik qamrovining kengligi, muammoning muhimligi, hajmi, unda ishtirok etuvchilarning salmog'i jihatidan hatto qissa yoki romanga xos bo'lishi ham mumkin. Bunday hollarda hikoya termini janr manosida tushunilmaydi. Masalan, Navoiyning Sabai sayyor dostonidagi 7 nafar musofirning hikoyati har biri qissa janri darajasiga ko'tarilgan. Yoki A.Muxtorning Chinor romani rivoyatlar, hikoyatlar, qissalar dan tashkil topgan yaxlit asardir. O'.Hoshimovning Dunyoning ishlari qissasi, Ikki eshik orasi romani ham o'ziga xos hikoyalardan tashkil topgan. Yozuvchi Sh.Xolmirzaev esa o'zining Olabo'ji asarining janrini romandan katta hikoya deb belgilaydiki, bunda ham hikoyaning so'zlab berish, gapirish manolari ustun turadi. Mening nazarimda, hikoya romandan ham qiyin va mas'uliyatli janrdir, - deb yozadi Xuan Rulfo (Norvegiya adabiyotshunosi). -Chunki, hikoyada juda katta voqealarni ham lo'nda tarzda bayon etish, o'zingni chegaralab, qisqalikka intilish kerak bo'ladi. Boshqalar 200 sahifada aytmoqchi bo'lganini hikoyachi 5-6, nari borsa 10 sahifaga sig'dirishi kerak. Buning uchun yozuvchidan juda katta mahorat talab qilinadi. Hikoyada aniq maqsad qisqa; lo'nda bayon qilinadi. Yozuvchi har qancha intelektual salohiyat egasi bo'lmasin, o'quvchiga o'z hukmini o'tkazishga, ularni o'zi istagandek yashashga majbur qilishga haqqi yo'q. Ijodkor buni anglab etsa, shuning o'zi katta gap. Har bir janr singari hikoya ham o'ziga xos taraqqiyot bosqichlariga ega bo'lib, u ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
40.19 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:06
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
40.19 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:06 ]
Arxiv ichida: zip, doc