Hozirgi o'zbek adabiyotida yirik epik janrlar R Ye J A: Roman va uning taraqqiyot yo'li. Roman - epik turning yirik janri. Roman shakli va mazmunidagi o'zgarishlar. Roman - dilogiya: roman-trilogiya; roman-epopeya. Hozirgi o'zbek adabiyotida polifonik romanlar. Roman (fransuzcha roman) - o'zigacha paydo bo'lgan ko'plab adabiy asarlarning yig'indisi, sintezi hisoblanadi. Shu fazilatiga ko'ra roman qomusiy xususiyatga egaligi, imkoniyatlarining g'oyat kengligi bilan ajralib turadi. Roman epik tur janrlaridan biri bo'lib, bu atama dastlab XII-XII asrlarda G'arbiy Yevropada paydo bo'ldi. Roman tillarida (hind-Yevropatillari oilasiga mansub qardosh tillar guruhi) yaratilgan sheriy va nasriy asarlar ana shu nom bilan atalgan. XV asrdan boshlab bu atama hikoya, bayon qilish degan manoda ishlatila boshlandi va epik turning eng katta hajmli janri roman deb nomlandi. Romanda shaxs va jamiyat hayoti bir-birini inkor etmaydigan, malum manodagi mustaqil olam sifatida tahlil etiladi. Aynan shu xususiyat roman janri mundarijasining o'ziga xos tabiatini belgilab beradi. XVII asrga kelib Yevropada ritsarlik romanlari paydo bo'ldi. Servantesning Don Kixot romani ritsarlik sarguzashtlariga parodiya asar sifatida shuhrat qozondi. Bora-bora romanlar ijtimoiy-siyosiy hayot, shaxs va jamiyat o'rtasidagi murakkab munosabatlarni qamrab ola boshladi va janrning g'oyaviy-badiiy mavqei oshdi. Unda murakkab turmush jarayoni, hayotdagi ziddiyatli hodisalar doirasi kengayib, inson va jamiyat taqdiri yetakchi o'rinni egalladi. Roman qamrovi g'oyatda keng janrdir. Shuning uchun ham men uni okean (ummon)ga qiyoslaganman va yozuvchi-g'avvos uning bag'riga sho'ng'ib, hovuchiga yarasha duru gavharlarni olib chiqishiga o'xshatganman. Boshqa janrlardan farqli o'laroq, roman hayotni eng mayda ikir-chikirlarigacha batafsil tasvirlash imkoniyatiga ega. V.G.Belinskiy aytganidek, roman miniatyuradagi olamdir. Roman janri markazida bosh qahramon inson obrazi turadi va uning hayoti aks etadi. Bu bosh qahramon taqdiri uning jamiyatda egallagan mavqei, o'rni bilan har doim ham bog'liq bo'lavermasligi mumkin. Bazan, aytaylik, bosh qahramon uchun tanlangan inson jamiyatda ro'y berayotgan voqea-hodisalar oldida katta yoki kichik bo'lishi mumkin. Binobarin, uning mavqei yoki taqdiri o'rtasida ziddiyat ro'y beradi va bu asarning konfliktini belgilab, syujet liniyalarini harakatlantiradi (Z.Qurolboy qizining Armon asirasi romani aynan shunga misol bo'la oladi). O'zbek adabiyotida roman janrining paydo bo'lishi H.H.Niyoziy, Mirmuxsin Shermuhammedov, A.Qodiriylar nomi bilan bog'liq. Agar Hamza roman atamasini birinchi bo'lib aldabiyotga olib kirgan bo'lsa, O'tkan kunlar tom manodagi roman janri sifatida paydo bo'ldi va uning muallifi A.Qodiriy dunyodagi oltinchi romanchilik maktabining asoschisi sifatida tan olindi. Shundan so'ng roman janri o'zbek adabiyotida ham rivojlanishning keng yo'liga chiqib oldi. A.Qodiriy boshlab bergan tarixiy mavzu keyinroq Oybek (Navoiy), O.Yoqubov (Ulug'bek xazinasi, Ko'hna dunyo), P.Qodirov (Yulduzli tunlar, Avlodlar dovoni, Ona lochin vidosi), Mirmuxsin (Memor, Turon malikasi), 90-yillarga kelib, M.Ali (Sarbadorlar dilogiya, Ulug' ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.41 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.41 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:07 ]
Arxiv ichida: doc