Hozirgi o'zbek dramaturgiyasi

Hozirgi o'zbek dramaturgiyasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Hozirgi o'zbek dramaturgiyasi - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi o'zbek dramaturgiyasi R Ye J A: Dramatik turning taraqqiyot yo'li. XX asr oxiri va XX1 asr boshlaridagi dramalarda inson va jamiyat muammolari. Tragikomediya janrining o'ziga xos xususiyatlari. Dramatik tur o'zbek adabiyotiga kirib kelganiga bir asr bo'ldi. Ilk dramatik asar sifatida tan olingan Behbudiyning Padarkush asari 1911 yilda yozilgandi. Yuz yillik tarix va tajribaga ega bo'lgan bu o'zbek dramaturgiyasi o'tgan asrning boshi va ikkinchi jahon urushi davrini hisobga olmaganda har doim ham boshqa adabiy turlardan sustroq rivojlangan. Bu susayish ayniqsa, o'tgan asrning turg'unlik davri deb atalgan 70-80 va mustaqillikning dastlabki yillarida aniq sezildi. Bunday sustkashlikning muayyan obyektiv va subyektiv sabablari ham bor. Avvalo, shuni achinish bilan takidlash o'rinliki, adabiyotimizda faqat dramaturgiya bilan shug'ullanadigan maxsus ijodkorlar juda kam. Borlari ham tezda shuhrat topib, kashfiyot darajasidagi sahna asarlari yaratib, teatrlarning doimiy hamkoriga aylanib ketavermaydilar. Ikkinchidan, mabodo, shunday talantli drama yaratilib, sahnalashtirilsa ham unga tomoshabinni jalb etish muammosi tug'iladi. Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti tufayli dramaturg o'z asari bilan boyib ketayotgani yo'q. Shunga qaramay, so'nggi 20 yil ichida drama yaratilmay ham qolmadi, sahna bo'shab ham qolmadi, ozmi-ko'pmi tomoshabin ham teatrga kirib turdi. Eng muhimi, so'nggi yillar dramaturgiyasi shakl va mazmun tomonidan yangilandi, janr imkoniyatlari kengaydi. san'atkorlar jahon dramaturgiyasining barhayot tajribalaridan unumli foydalana boshladilar. Bu yillar an'anaga ko'ra ko'plab sheriy dramalar dunyoga keldi. E.Vohidovning Istambul fojiasi, A.Oripovning Sohibqiron, U.Qo'chqorning Rasululloh kotibi, R.Bobojonning Yusuf va Zulayxo kabi asarlari ana shu usulda bitilgan. Dramaturgiyaning rivojlanishi va yangilanishi mavzu ko'lamining kengayishida yaqqol ko'rindi. Bu borada ayniqsa, tarixiy mavzudagi sahna asarlarning ko'payganligini alohida takidlash lozim. Tarixga munosabatning o'zgarganligi, buyuk ajdodlarimizning badiiy, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy merosini qadrlash, tarixiy manbalarni o'rganish tufayli xalqimiz o'zligini anglash jarayonini boshidan kechirdi. Ayniqsa, Amir Temur, Ahmad al-Farg'oniy, Mashrab singari murakkab tarixiy shaxslar haqida rang-barang janrlarda turli shakldagi sahna asarlari dunyoga keldi. Bular orasida O'zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning Fotihi Muzaffar yoxud bir parivash qissasi nomli tarixiy dramasi muhim o'rin tutadi. Shuni alohida takidlash o'rinliki, O.Yoqubov dramaturgiya borasida xiyla tajribali adib. 60-yillardayoq Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim, Yurak yonmog'i kerak, Chin muhabbat, Olma gullaganda, Bir kosxona sirlari deb atalgan dramalari bilan shuhrat qozongan edi. Mana shu tajriba va mahorat san'atkorning so'nggi dramasida o'zining yaxshi samarasini bergan. Avvalo, shuni aytish kerakki, tarixiy mavzudagi ushbu drama sohibqiron Amir Temurga bag'ishlangan. Muallif ulug' Amir hayotiga oid tarixiy faktdan unumli foydalanib, badiiy to'qimaga asoslangan jiddiy tarbiyaviy sahna asari yarata olgan. Drama markazida sarlavhada urg'u berilganidek, Fotihi Muzaffar - Sohibqiron Amir Temur bilan uning eng so'nggi va eng suyukli rafiqasi Suluvko'z ismli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.32 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.32 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga