Hozirgi o'zbek lirikasining taraqqiyot tamoyillari RYeJA: Lirik sheriyat haqida ma'lumot. Hozirgi o'zbek lirikasining taraqqiyot yo'li. Lirik sherda fikr, tuyg'u va ruhiyat. Lirikada qahramon va obraz. Grekcha lira so'zidan olingan lirika badiiy adabiyotdagi uch asosiy turning biri bo'lib, unda ifodalanayotgan voqelik shaxsning his-tuyg'ulari, kechinmalari, idroki orqali aks etadi, yani muallif - shoir tashqarida ro'y berayotgan voqea, narsa yoki hodisaga qalb ko'zi bilan qaraydi, uni qalb prizmasi orqali aks ettiradi. Lirika hayotni insonning his-tuyg'ulari, fikri va kechinmalari orqali ifodalaydi. Bu lirikaning boshqa adabiy turlardan farqini ko'rsatuvchi eng muhim xususiyatidir. Mana shu yetakchi xususiyat adabiyotdagi badiiy tasvirga oid juda ko'p masalalarning o'ziga xos shaklda hal etilishini talab qiladi. Insonning ichki kechinmalari orqali biz lirik sherda ham odamni, ham uni shu ahvolga solgan holatni, muhitni tasavvur qilamiz. Lirika avvalo, qisqalikka intiladi. Shunga qaramay, unda badiiy asarning barcha unsurlari mavjud bo'lib, hayotning barcha qirralari aks etadi. Masalan, lirik shoir o'zining aniq individual kechinmalarini tipiklashtirib, umumlashtirishi, ayni chog'da o'zining shaxsiy munosabatini bildirib, individuallashtirishi ham mumkin. Shu nuqtai nazardan shoir Rustam Musurmonning Bahor sog'inchi deb atalgan quyidagi sherini tahlil qilib ko'raylik: Bahor sog'inchi Archalar hechqisi yo'qqa yo'yishar Qishning kuch-quvvatdan ketganligini O'riklar baribir sotib qo'yishar Bahorning bildirmay kelganligini. Qorlar qoyalardan o'zin tashlaydi, Tog'larning eng chuqur daralariga. Chechaklar emaklab chiqa boshlaydi Qishning bo'ysunmagan qalalariga. Lolalar ochilar birdan lovullab, Qorlarning boshpanoh o'lkalarida - Qip-qizil shan oqar yerga shovullab, Bahorning bahodir elkalaridan (O'zAS, 1.03.96.) Ko'rib turganimizdek, bu sherda avvalo, odamning kuchli his-hayajoni bor, ana shu hayajonni ifodalab bera olgan fikr bor, bahorni sog'ingan shaxsning munosabati bor. Bu xususiy munosabat ayni chog'da umumlashma xususiyatga ega. Unda ruh bor, ruhni qitiqlovchi tuyg'u bor. Kayfiyat bor, kayfiyatni allalovchi ohang bor. Tuyg'ular qarama-qarshiligi bor, manzara bor, harakat bor, mumtoz lirika an'analariga sodiqlik bor (2-misra Devoni lug'atit-turkni eslatadi), obrazlilik bor (g'ij-g'ij), detallar mavjud. Sherning qofiyalanish tartibi ohangning barqarorligini ta'minlagan (a-b-a-b). Lirikada ruhiy holat birinchi o'rinda turadi. Chunki tashqi olamdagi voqea-hodisalar, narsalar ijodkorning diqqat etiborini tortib, qalbu shuuriga o'rnashib qoladi, unga tinchlik bermaydi, uning hayoti va faoliyatidagi o'y surish, mulohaza yuritish muvozanatini buzadi. san'atkorning qalbini zabt etgan, uning oromini, huzur-halovatini buzgan ruhiy holat lirik kechinma, deb ataladi (B.Sarimsoqov). Lirik kechinma turli holatlarda ro'y berishi mumkin. Har qanday holatda ham u tugal estetik qimmatga ega bo'lgan asar sifatida mahsulot beradi. Shunga ko'ra lirik kechinmani ikkiga bo'lish mumkin: 1. Oniy va 2. Xotira lirik kechinma. Oniy lirik kechinma vaqtinchalik bo'lib, bir paytda lip etib paydo bo'ladi-da, estetik qimmat beruvchi mahsulot (sher yoki satr) berib o'chadi va yo'qoladi. Xotiraga ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
27.67 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:07
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
27.67 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:07 ]
Arxiv ichida: zip, doc