Ixtisoslashuv jurnalist kasbiy mahoratining yetakchi omili sifatida Reja: Ixtisoslashuv Muallif g'oyasi Xolislik Mavzuga yondashish Jurnalist xalq va davlat bilan, jamiyat va omma bilan asosiy ko'prik, vositachi vazifasini bajarar ekan, uning malum bir sohani mukammal bilishi va mana shu sohaning targ'ibotchisi bo'la olishi muhimdir. Ammo har bir soha bo'yicha shunchaki axborot etkazuvchi bo'lish nihoyatda murakkab, ayni payda mas'uliyatlidir. 1. Ixtisoslashuv Har qanday jurnalist agar mahorat cho'qqisiga erishmoqchi bo'lsa o'zining sevgan yoki qiziqqan sohasi bilan shug'ullangani maqul. Zotan, bugun siyosat bilan, ertaga san'at va indinga tibbiyotga oid ko'rsatuv yoki lavha tayyorlagan jurnalist, matbuot xodimi malum mahorat cho'qqisiga erishishi amrimahol. Chunki, u biror bir sohaga mehr qo'ymaganidek, bu sohaning tarixi, mutaxassislar haqidagi ma'lumotlar bilan yaxshi tanish bo'la olmaydi. O'z navbatida uni ham soha vakillari bilmaydilar, bilsalar ham tan olmaydilar. Demak, jurnalist albatta biror bir sohaga ixtisoslashsagina, uni tan olishlari, u bilan hisoblashishlari, vaqti kelganda uni mutaxassis sifatida etirof etishlari mumkin. Har bir jurnalist radio, matbuot yoki televideniyeda faoliyat yuritishidan qatiy nazar, uning materialiga etibor berishlarini va etirof etishlarini istaydi. Buni istamagan, faqatgina ishga kelib ketgan xodimning materialini jurnalist tayyorlagan, deb aytish urf emas. Etibor berishlarini istasak, materialimiz boshqalarnikidan uslubi, voqelikka yondashishi va fikr ifodasi bilan ajralib turishiga harakat qilamiz. Bunday boshqalarga o'xshamaslikka intilish biz tanlagan g'oya, yani muallif g'oyasini belgilaydi. Bu fikrni ijod ahlining barchasiga taalluqli deb bilish mumkin. Dunyoda hamisha etirof etiluvchi, kuylanuvchi va hamisha ijodkorlarni hayajonga soluvchi tuyg'ular mavjud. Bu - muhabbat, sadoqat, vafo, mehr-oqibat, hiyonat, nafrat, va h.k. Lekin, har bir yozuvchi, kinopublitsist, telejurnalist, umuman rassom, har bir ijodkor bu insonga xos xususiyatlarning turlicha ifodalarini yangicha g'oyalar asosida yoritib kelgan. Demak, jurnalist ham malum bir fikrni aytish uchun (mana shu ko'hna tuyg'ular haqida yangicha fikr aytish uchun) biror yangi g'oya topadi. Agar har bir asarning yozilishi yoki ekran talqinidan avval g'oya aniqlangan bo'lsa, bu asar muvaffaqiyatli yakunlanishi tabiiy. 2.Muallif g'oyasi 3. Bir mavzuga ikki uch ijodkor bir vaqtning o'zida qo'l urishi yoki davr o'zgarishlariga ko'ra voqelikka munosabat o'zgarishi tabiiy hol. Masalan Sen etim emassan filmi nima haqda? O'zbek xalqining bag'rikengligi, bolajonligi va h.k. Lekin bu voqea to'qima emas. Unda haqiqat mavjud. Bu voqeaga XX asrning 62 yillari murojaat etildi. Lekin o'sha davr mfkursiga ko'ra kinofilm o'zbek xalqining vakili bo'lgan bu ikki insonning chekkan mashaqqatlari haqida emas, ko'proq ko'pmillatli sovet xalqining ahilligi haqida bo'lishi talab etildi. Mustaqillik yillariga kelib, sovetlar davrida eng sara kinofilmlar sifatida etirof etilgan o'zbek filmi Moskva jurnalistlari tomonidan tanqid ostiga olindi. Hech bir asossiz, moskvalik teleijodkorlar afsona ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.97 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.97 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:13 ]
Arxiv ichida: doc