Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov. Etikaning asosiy tushunchalari. Axloqiy tamoyillar va me'yorlar Yevropava Osiyo xalqlari axloqidagi umumiylik va farqli jihatlar Reja: 1. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov. 2. Etikaning asosiy kategoriyalari Axloqiy me'yorlar. Axloqiy tamoyillar. Umuminsoniy va milliy axloq ularning farqli jihatlari. 1. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov Axloq - oliy mavjudotga ato etilgan oliy nemat. Yani axloqning kelib chiqishi ilohiy manbadandir. Ana shu ilohiy asosni asrab-avaylab, taraqqiy toptirish har bir insonning asosiy vazifasi, burchi. Shu bois o'zo'zini va, iloji bo'lsa, o'zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi. Ixtiyor erkinligi eng avvalo ixtiyorning uch bosqichda voqe bo'lishi bilan bog'liq. Birinchi bosqich - ichidan faqat bittasini tanlab olish va harakatga aylantirish mumkin bo'lgan alohida xohish - istaklarning tug'ilishidan iborat. Ikkinchi bosqichda mazkur xohishlarning o'z aro bir - birini tutib turishi, teng holatga keltirishi yuz beradi va bu-tanlov oraqali bir qarorda to'xtash imkonini yaratadi. Uchinchi bosqich tanlangan xohishning o'ziga mos jismoniy harakatga o'tishi bilan belgilanadi. Erkinlikka kelsak, shuni aytish kerakki, muayyan ixtiyorga berilgan erkinlik faqat tanlovning boshlanishida va tanlov jarayonidagina mavjud bo'ladi. Tanlov jarayoni tugashi bilan, yani ikki narsadan birini tanlaganingiz zahoti ixtiyoringiz uchun berilgan erkinlikning vakolati tugaydi: siz ixtiyor qilib bo'ldingiz, bundan buyog'iga erkin emassiz, endi tanlagan narsangizga mos harakatni boshlashingiz kerak. Demak, ixtiyor erkinligi tanlanayotgan ikki narsa oralig'idagi fikrlash mobaynidagina voqe bo'ladigan hodisadir. Tanlovning o'zi esa ikki xil xohish o'rtasidagi kurashdan iborat. Bu kurashda faqat bitta hohish - qaysinisi kuchli bo'lsa, o'sha g'alaba qozonadi: ham unisining, ham bunisining baravar tanlanishi mumkin emas. Ruhshunoslik nuqtai nazaridan tanlov hissiyotga asoslangan, qanday sabab orqali vujudga kelishi ahamiyatsiz bo'lgan ruhiy omil. Etikadagi tanlov esa qadriyat bilan bog'liq, aqlga asoslangan katigoriya. Birinchisi - bor narsa, ikkinchisi - bo'lishi kerak deb hisoblangan narsa; birinchisi -mavjud omilni, ikkinchisi - idealni, me'yorni anglatadi. Shunday qilib, insondagi ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan oqilona, aqlga bo'ysundirilgan ravishda, ideal va me'yorlarga mos tarzda cheklanadi. Axloq haqida gap borganda, albatta uning muayyan tuzilmasi, unga asos bo'lgan omillar, unsurlar to'g'risida to'xtalmaslik mumkin emas. Axloq tuzilmasini, odatda, uch omil-asosdan iborat deb hisoblaydilar. Bular axloqiy ong, axloqiy hissiyot va axloqiy xatti-harakatlar. Etikaning asosiy kategoriyalari Etikada inson xatti-harakatining ikki qutbi - axloqiylik bilan axloqsizlik holatlari tahlil va tadqiq etiladi. Axloqiylik fazilatlarda, axloqsizlik esa illatlarda namoyon bo'ladi. Bu ikki qutb tushuncha kun-tun, oq-qora singari bir-birini inkor va ayni paytda, taqozo etgani holda mavjuddir. Zero, fazilat, Arastudan tortib Ibn Sinogacha bo'lgan qadimgi faylasuflar takidlaganlaridek, ikki illat oralig'ida ro'y beradi. Boshqacha qilib aytganda, fazilat ikki manfiylik o'rtalig'ida ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
118.59 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:13
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
118.59 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:13 ]
Arxiv ichida: zip, doc