Jadid dramaturgiyasi

Jadid dramaturgiyasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Jadid dramaturgiyasi - rasmi

Material tavsifi

Jadid dramaturgiyasi Reja: Drama-yangi janr. Dramaturgiyada axloqiy-ma'rifiy mavzu. Dramaturgiyada hayotni haqqoniy aks ettirish tamoyillari. Jadid dramaturgiyasining shakllanish va taraqqiyotini uch davrga: ilk davri (1865-1905), jadidchilik davri (1905-1917), mafkuraviy kurashlar davriga (1917-1929) bo'lib o'rganish mumkin. O'zbek adabiyotida drama - yangi janr. Uning paydo bo'lishida ichki va tashqi ma'naviy omillar muhim o'rin tutadi. Ichki omil, bu eng avvalo, o'zbek tilining dramatik ifodaga moyilligi va mosligidir. Chunonchi, o'zbek tilida monolog va dialoglarning ifodalash imkoniyati keng. Xalq og'zaki ijodi namunalarida dialog juda yaxshi beriladiki, bu tilning ichki imkoniyatlaridan dalolat (O'pka qishlog'i, Ikki ahmoq kabi latifalar). Ayniqsa, Afandi va boshqa xalq latifalari dramatik dialogga juda ham mos. Mumtoz adabiyotdagi Farhod va Shirin dostonida Xusrav va Farhodning dialogi ibratli misol bo'la oladi. Shuningdek, dramaning nazariy jihati Forobiy-falsafiy traktatlarining hoshiyalarida berilgan. Uning nazariy fikrlari Aristotelning Poetikasiga yozgan sharhi ta'sirida yuzaga kelgani aniq. Bundan tashqari jadid ziyolilari matbuot orqali drama janri, teatr haqida ma'lumotlarga ega bo'la borganlar. Jadid ziyolilari matbuotni tashkil qilib, ma'rifat vositasida ommani uyg'otish ishtiyoqida bo'ldilar. Matbuot eng ta'sirli vosita edi. Ammo uni hamma ham mutolaa qilavermasligi aniq. Ziyolilar ommaga birdaniga ta'sir qiladigan vosita izlashdi. Bu, albatta, teatr edi. Ular teatr sahnasini oyna deb bilishdi. Oynada o'z aksini ko'rganidek, teatr sahnasida ham tomoshabin o'z siymosini ko'radi. Jadid ziyolilari sahna haqida xuddi shu fikrda bo'ldilar. Abdulla Avloniyning Turon truppasi 1914 yil 27 fevralda Toshkentda Padarkushni qo'yishganda, sahna boshlanishidan avval Munavvarqori teatrning jamiyat hayotidagi mavqei haqida kirish so'z aytgan. Yoki Turon guruhi ijrosida spektaklni ko'rgan A.K.Samoylovich shunday degan: Turkistonda yangi adabiyot maydonga keldi. Bu men uchun kutilgan hol edi Yangi adabiyotning markazi - Samarqand. Yosh qalamkashlarning bosh ilhomchisi samarqandlik mufti Mahmudxo'ja Behbudiydir. Qisqasi, drama janrining tug'ilishida jadidchilik harakati doyalik qildi. Bevosita ularning say-harakatlari, ayniqsa, teatr sahnasi orqali ommani ma'rifatga chaqirish, milliy uyg'onishga davat qilish taqozo etildi. Bunga jadidlarning g'oyaviy, mafkuraviy tamoyildagi harakatlari baralla to'liq javob berar edi. Tashqi omil: Ziyolilarning Orenburg, Peterburg, Kavkazortida bo'lishi ularni teatr bilan tanishishga muyassar etdi. Bundan tashqari Turkiston viloyati gazetasida drama, teatr haqida maqolalar chiqa boshladi. Toshkentga rus general gubernatorligining davati bilan rus teatrining tashkil qilinishi va unda dramatik asarlarning sahnaga qo'yilishi muhim omil sanaladi. Turkiston gubernatorining o'sha davrdagi poytaxti Toshkentda Suvorov haqida pesa qo'yiladi va unda shoir Furqat ishtirok etadi. U bekorga: Suvorov emish bir katta odam, Bahodirlik ichra mashhuri olam, demagan. Keyinchalik shoir Suvorov haqida manzumasini yozadi. Ikki marta general gubernatorning xonadonida izzatli mehmon bo'ladi. Buni Ostroumov tashkil qilgani aniq tarixiy faktlardan malum. Miyon Buzruk Solihov 1935 yili nashr etilgan O'zbek ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 50.99 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:13 Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 50.99 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, docx
Tepaga