Jadid nasri - rasmi

Material tavsifi

Jadid nasri Reja: Hikoya janrining shakllanishi va takomili. Publitsistika - jangovar janr. Romanga xos tafakkurning shakllanish va takomili. Jadid nasri - o'ziga xos shakllanish va taraqqiyot xususiyatlariga ega. Unga o'zbek mumtoz nasri - negiz bo'lgani tayin. Shuni ham takidlash lozimki, mumtoz adabiyotda realistik nasr hali shakllanib, mustaqil taraqqiyotga yuz tutgan emas edi. Biroq o'ziga xos an'anaviy nasr ko'rinishlari mavjud bo'lgan. Malumki, mumtoz adabiyot nasrida jahon nasri yoki hikoyachiligi andozalari yo'q edi, bu haqda gap bo'lishi mumkin ham emas. Hikoyat, rivoyat tarzidagi nasr jadid nasrining negizlaridan biri bo'ldi. Hikoyat mumtoz adabiyotimizda serob uchraydi. Hikoya so'zi haq so'zidan olingan bo'lib, tarashlagan, avvalgi qissadan tarashlab olingan manoni anglatadi (A.Nasriddinov, ma'rifat va sharhi adabiyot, Dushanbe, Irfon, 1991). O'zbek tilining izohli lug'atida hikoyaga biror kimsa, narsa, voqea yoki hodisa haqida og'zaki beriladigan axborot yoki ma'lumot, biror narsaning og'zaki bayoni, tafsiloti deb izoh berilgan. Bu hikoya so'zining og'zaki nutqdagi mano qirralaridir. Darhaqiqat, hikoyat bilan hikoya muqoyasa qilinsa, hikoyada mustaqillik bor, hikoyatda esa mustaqillik deyarli yo'q. Aslida hikoyat badiiy, axloqiy yoki ilmiy tusdagi tarixiy-memuar va shunga o'xshash asarlarda muayyan fikrni tasdiqlash uchun malum va mashhur syujetning qisqartirib, qayta bayon qilingan shaklidir. Hikoyat hajm jihatidan cheklangan va tugal bir fikrni ifodalashi jihatidan hikoyadan farqlansa-da, u hikoya, aniqrog'i, realistik hikoya janrining tamaltoshi vazifasini o'tagan. Rivoyat ilmiy, lug'at, darslikdagi ma'naviy-ma'rifiy fikrlarning tasdig'i sifatida keltiriladi. Masalan, Abdulla Avloniyning Ikkinchi muallim kitobida aql haqida o'git aytiladi. Fikrning isboti uchun Aql sarlavhali hikoyat keltiriladi, mazmuni: Jabroil Odam a.s.ga Din, Aql, Hayoni keltirib, yaratgan sizga shularni hidoyat qildi, deydi. Odam a.s. Aqlni ixtiyor qildim, deydi va shunda Jabroil Din va Hayoga: Sizlar o'z joyingizga ketingiz. Odam sizlarni qabul qilmadi, desa ular: Janob Haq bizlarni, Aql qayda bo'lsa, sizlar ham shunda bo'lursiz, deb amr qilgan edi, bizlar Aqldan ayrilmaymiz, dedi. Malum bo'ladiki, Aql qayda bo'lsa, Din va Hayo ham shunda bo'lur ekan. Aql qancha ortsa, yuksalsa, Din va Hayo ham shuncha quvvat topar ekan (2,11). Mumtoz adabiyotda hikoya, qissa, masal ko'pincha rivoyat atamasi bilan ifodalangan. Ayniqsa, hikoya bilan rivoyat ajrim qilinmagan. Jadid adabiyotida bu ikki tushunchaga ajrimlik kiritilganining guvohi bo'lamiz. Ayonki, o'tmish adabiyotida axloqiy-diniy, ma'rifiy, diniy-didaktik, axloqiy-badiiy hikoyalar va asarlar darsliklarda keltirilgan. Jadid adabiyotida esa ana shu yo'sindagi hikoyalarning mazmun va shakl sirasida o'zgarishlar paydo bo'ldi. O'zbek adabiyoti tarixining 5-jildida jadid adabiyotining dastlabki nasri 2 guruhga tasniflangan. yangi darsliklardagi hikoyalar; sof badiiy tusdagi hikoyalar. Yangi darsliklardagi hikoyalar o'tmish didaktik hikoyachilikdan tubdan farq qiladi. O'tmish didaktik hikoyalar diniy-didaktik xarakterda bo'lsa, yangi darslikdagi hikoyalar realistik ruhi bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.09 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.09 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga