Kobo Abe - rasmi

Material tavsifi

Kobo Abe (1924-1993) XX asr yapon yozuvchilari orasida Kobo Abening alohida o'rni bor.Uning ijodi avvalom bor o'zining original badiiy xususiyati bilan etiborni tortadi. Shuning uchun muallifning har galgi yangi kitobi, nafaqat Yaponiya, balki dunyo xalqlari ma'naviy hayotida voqelikning ochilmagan, yangi qirralarini tasvirlab beradigan o'ziga xos hodisaga aylanardi. Adabiyotda barcha mavzular yoritib bo'lindi, yozuvchilar endi eski mavzularga qaytishadi, degan dogmatiklarga qarshi Kobo Abe har gal yangi, ochilmagan ma'naviy, badiiy qo'riqni ochib berardi. Abe Kobo 1924 yil 7 mart kuni Tokio shahrida tug'ilgan. Uning haqiqiy ismi Kimifusa bo'lib, uning xitoycha buzilib talaffuz qilinishi Kobodir. Uning hayotida Xitoy mamlakati, madaniyati bilan bog'liq faktlar ko'p. Sababi Abening otasi Mukden imperatorlik universitetining tibbiyot fakultetida ishlagan. Shuning uchun yozuvchining bolaligi va o'smirlik yillari Manjuriyada o'tgan. Boshqa mamlakat, xalq madaniyati bilan oshno bo'lish uning dunyoqarashini kengaytirgan. Abe borliqqa, dunyoga, atrofida bo'layotgan voqealarga yangicha nazar solishga o'rgandi. U o'sha davr yaponlarining oddiy-odatiy qobig'ida yurganda ko'ra olmaydigan, ular uchun yopiq bo'lgan dunyo manzaralarini ko'rdi. Adibning shaxs sifatida shakllanishida esa bularning ahamiyati beqiyosdir. Kobo uchun sof yapon madaniyati an'analari 1946 yil, vataniga qaytgach, ta'sir qila boshladi. 1948 yil jurnallardan birida uning Ko'cha oxiridagi yo'l belgisi nomli birinchi hikoyasi bosildi. Ammo unga mashhurlikni S.Karmaning jinoyati nomli qissasi keltirdi. Aynan shu qissasi uchun unga 1951 yili Yaponiyadagi eng yuksak adabiy mukofot- Akutagava mukofoti berildi. 1960 yilda uning Qumdagi ayol nomli mashhur romani chiqdi. Mazkur asari uchun unga Iomura gazetasining mukofoti berildi. Keyinchalik uning Notanish yuz(1966), Yoqilgan xarita(1969) va Odam- quti(1973) romanlari elon qilindi. Ularning barchasi ingliz, nemis, italyan, ispan, arab, rus tillariga tarjima qilingan va ko'p martalab chop etilgan. Jumladan, Qumdagi ayol romani o'zbek tiliga ham tarjima qilingan. Kitob holida nashr etilgan. Abe badiiy tasavvurining o'xshashi yo'q. U tom manoda originaldir. U Qumdagi ayol romanida Niki Dzyupenga, Notanish yuz romanida esa niqobli kishi, Yoqilgan xarita romanida esa qochoqni izlaydigan agentga aylanadi. Muallif adabiy obrazlarni real xarakteri va tabiiyligi bilan yarata olgan. Bu yozuvchi g'oyaviy niyatining qahramonlar intilishi o'rtasida yaqinlik emas. Personajlarning tirik, to'laqonli shaxs bo'lib, o'quvchini ishontira olishi uchun yozuvchi ularning yuragiga kirib borishi va ularning o'y-fikri, his-tuyg'usi bilan yashashi kerak. Qahramon yashayotgan muhit bilan qorishib ketishi shart. Aynan shuning uchun Kobo Abe o'z kechinma va mulohazalarini badiiylashtira olgan. Uning romanlarida insoniyat oldida turgan global va keskin muammolar yuksak mahorat bilan yoritiladi. Romanlarining asosiy g'oyasi insonning o'ziga dushman jamiyat bilan to'qnashuvi va undan chiqishga urinishi tashkil qiladi. Chiqqanda ham ilojsizlik tuyg'usi, taqdirdan qochish kechinmalari bilan chiqadi. Uning asarlarida ijtimoiy hayotni o'zgartirish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.45 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.45 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga