Lirik sherda shakl va mazmun birligi R Ye J A : Badiiy adabiyotda shakl va mazmun muammosi. Badiiy asarda shakl va mazmun birligi. Mazmun va shakl unsurlari. Shakl va mazmun kategoriyasi adabiyotshunoslikning muhim masalalaridan biri sanaladi. Bu masala Aristoteldan to hozirgacha bo'lgan olimlarning diqqat-etiborida turadi, bahs-munozaraga undaydi: ularning qaysi biri muhim? Shakl avval paydo bo'lganmi yoki mazmunmi? Malumki, hayotda hamma narsa o'z shakli-shamoyili bilan yaratilgan. Biz nimaniki ko'rsak, dastlab shakliga etibor beramiz. Masalan, mana bu shoxlari tarvaqaylab, bargi to'qilayotgan, ildizlari yerga chuqur kirgan, tanasi g'adir-budir, po'stlog'i qalin, osmonga bo'y cho'zgan narsani daraxt deymiz. Bu umumiy nom bo'lib, xayolimizga darhol qanaqa daraxt? degan savol uriladi. Chinor deymiz. Demak, ko'z oldimizdagi shaklning mazmunini anglatuvchi tushuncha paydo bo'ldi. Davom etamiz: Chinor ko'p ming yillik daraxt, yog'ochi mustahkam, qurilishbop, qimmatbaho. A.Muxtorning Chinor romani bor va h.k. Qarang, birgina shaklga qarab turib qancha fikr (mazmun) paydo bo'ldi. Agar chinor arralab tashlansa, u shakll sifatida ham, mazmun sifatida ham yo'qoladi. Kesilgan daraxt endi to'nka, g'o'la, sarjin bo'ladi. Demak, shakl o'zgarishi bilan mazmun ham o'zgaradi. Bundan shu narsa anglashiladiki, mazmun bilan shakl o'zaro dialektik birlikda namoyon bo'ladi. Ularni bir-biridan ustun qo'yib ham, ajratib ham bo'lmaydi. Shakl va mazmun bir-birisiz yasholmaydigan kategoriyalardir. Ularning ahamiyati ayniqsa, badiiy asarda aniq ko'zga tashlanadi. Badiiy adabiyotda shakl va mazmunning o'rni, ularning dialektik aloqadorligi, bir-birini taqozo etishi, mazmun va shakl mutanosibligi adabiyot qonuniyatidir. Qaerdaki, ularning mutanosibligi buzilsa, badiiy asarning yaxlitligiga putur etadi. Chunki adabiy asar o'z tuzilishiga ko'ra yaxlit organizmni, murakkab mexanizmni tashkil etadi. Bu organizmda o'nlab g'oyaviy-badiiy unsurlar joylashgan bo'ladi. Bular mavzu, g'oya, obraz, syujet, kompozitsiya, til, xarakter, konflikt, janri, metodi, uslubi va h.k.lardir. Ularning birontasisiz badiiy asarni tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu adabiy unsurlar badiiy asar to'qimasida o'z o'rnida bo'lishi shart. Bu unsurlarni shartli ravishda mazmun va shaklga daxldor deb ajratish mumkin. Siz bunday tasnifni Adabiyotshunoslikka kirish fanidan o'rganib olarsiz. Bizning vazifamiz ularga munosabat bildirish emas, balki hozirgi adabiy jarayondagi sheriyatning shaklidagi yangiliklar, o'zgarishlar, shaklning mazmunni ifodalashdagi o'rni, mutanosibligi yoki nomutanosibligini aniqlashdan iboratdir. Odatda tuzumning o'zgarishi, jamiyatning evrilishi, yashash tarzining yangilanishi badiiylik mezonlarining ham o'zgarishi va yangilanishiga, obrazlar, g'oyalar, mavzularning ifodalanishida o'zgacha shakllarning paydo bo'lishiga olib keladi. Chunki adabiy jarayon po'rtanavor hodisalarni yangicha shaklda namoyon etishga ishqiboz bo'ladi. Bu, ayniqsa, sheriyatda ochiq ko'rinadi. Adabiyotga kirib kelgan yoshlar faollikni qo'lga oladi. Ular keksa avlodning ijodiy yo'lini eskirgan sanab, yangicha yo'l izlay boshlaydi. XX asrning 30-yillarida shunday hodisa yuz bergandi. Yangi sovet tuzumining sotsialistik qurilishlarini yangicha shaklda kuylashga ishqiboz shoirlar etishib chiqdi. Ularni keyinchalik ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
26.52 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:16
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
26.52 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:16 ]
Arxiv ichida: zip, doc