Lirik she'riyatda metod va uslub

Lirik she'riyatda metod va uslub

O'quvchilarga / Adabiyot
Lirik she'riyatda metod va uslub - rasmi

Material tavsifi

Lirik sheriyatda metod va uslub R Ye J A : Adabiyotda metod va uslub masalalari. Ijodiy metodning o'ziga xosligi. Adabiy ijodda uslub va uning rang-barangligi. Barcha lug'atlarda metod grekcha (yun.) so'z bo'lib, tadqiqot, tadqiq usuli deb izohlangan. O'zme'da (5-t) bunga qo'shimcha ravishda bilish yoki tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot kabi manolar qo'shiladi. Barcha manbalardagi izohlarni birlashtirib turib, metodga quyidagicha ta'rif berish mumkin: metod deganda hayotni estetik nuqtai nazardan o'rganish va o'zlashtirish, uni badiiy jihatdan ifodalash va baholash, adabiyot va san'atning badiiy ijodga xos bir-biri bilan uzviy bog'langan bir qancha barqaror xususiyatlar, asosiy prinsiplar hamda tasvirlash vositalari, voqelikni amaliy va nazariy tomondan chuqur egallash uchun yo'l-yo'riqlar, usullar majmuasi tushuniladi. Demak, ijodiy metod borliq hodisalarini tanlash, umumlashtirish va baholash prinsiplaridir. Yozuvchi asar yozish davomida ijodiy metodning quyidagi tamoyillariga amal qiladi: a) metod voqelikni aks ettirish usulidir; b) hayotni tipiklashtirib tasvirlaydi; v) asar g'oyasini tashuvchi obrazlarni o'zaro qiyoslaydi va rivojlanishda ko'rsatadi; g) yozuvchi hayotiy voqelarni tanlaydi va baholaydi; d) san'atkor voqelikka ijodiy yondashadi, yani qayta quradi. Yanada aniqrog'i, akad. I.Sulton aytganidek, ijodiy metod masalasi, dastavval, san'atkorning hayotga, voqelikka munosabati masalasidir. Shunga ko'ra, u yoki bu davr adabiyoti metodini o'rganishda shu davrda yashagan va ijod qilgan so'z san'atkorlarining o'z zamoni hodisalariga qanday munosabatda bo'lganligiga etibor berish kerak. Shu nuqtai nazardan, metod adabiyotning malum bir taraqqiyot bosqichida hayot taqozosiga ko'ra ustivor yo'nalishga ega bo'lishi mumkin. Masalan, o'tgan asrning 30-yillaridan boshlab umumsovet adabiyotida yagona metod qaror topdi va u sotsialistik realizm deb ataldi. Bungacha adabiyotda klassitsizm, romantizm, realizm kabi metodlar mavjud edi. Klassitsizm (lot. namunaviy) XVII asr boshida Fransiyada dunyoga kelgan bo'lib, antik adabiyoti va san'atining eng yaxshi tomonlarini o'zlashtirib, hayotdagi eng ibratli voqea-hodisalarni tasvirlashga moyil metoddir. Klassitsizm metodida yaratilgan dramalarda hayot ham, qahramonlar ham o'ta nazokatli, madaniy va boy qilib ko'rsatilgan. Klassitsizm Yevropamamlakatlari va Rossiyaga XVII asrning 30-yillarida kirib keldi. Rus klassitsizmi G'arbiy Yevropaklassitsizmi metodidan rus davlati qudratining tobora ortib, mustahkamlanib borishi bilan bog'liq bo'lgan milliy-vatanparvarlik g'oyasini ko'proq tasvirlashga etibor berishi jihatidan farq qiladi. Yevropava rus adabiyotida X1X asr o'rtalarida klassitsizm o'rniga kirib kelgan romantizm metodi hayotning o'zidan ko'ra ko'proq turmush haqidagi orzu-umidlarni tasvirlash prinsipiga asoslanadi. Ko'plab manbalarda metod deb berilgan romantizm atamasi D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheralievalarning Adabiyotshunoslik lug'atida adabiy yo'nalish deb beriladi. Qanday atalishidan qatiy nazar, klassitsizm va romantizmga xos xususiyatlar buyuk Sharq, xususan, o'zbek mumtoz adabiyotida X-X11 asrlardayoq namoyon bo'lgan. Buning uchun Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u bilig, Adib Ahmad Yugnakiyning Hiybat ul-haqoyiq, Firdavsiyning Shohnoma, A.Navoiyning Xamsa singari asarlarida ilgari surilgan g'oya va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 25.87 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:16 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 25.87 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga