Lison ut - tayr falsafiy masal doston

Lison ut - tayr falsafiy masal doston

O'quvchilarga / Adabiyot
Lison ut - tayr falsafiy masal doston - rasmi

Material tavsifi

«Lison ut-tayr» falsafiy masal doston Reja: «Lison ut-tayr» ning yozilish tarixi, sabablari va taxallus masalasi. Alisher Navoiyning Farididdin Attor «Mantiq ut-tayr» iga munosabati. Dostonning o'ziga xos xususiyatlari (masal, qush, tasavvuf g'oyalari) Dostonning mavzu, obrazlari, badiiyati. Alisher Navoiyning mashhur falsafiy dostoni «Lison ut-tayr» (Qush tili) bo'lib, bu asar 904h. - 1498-1499m. yilda, yani shoirning hijriy hisobda oltmish yoshga qadam qo'ygan yili (tug'. 844 h. yil) yozilgan. Bu haqda shoirning o'zi dostonning ikki bobida alohida to'xtalgan: Oltmishqa umr qo'yg'onda qadam, Qush tilin sharh etgali yo'ndum qalam. (189-bob) Yil to'qiz yuz o'tmish erdi dog'i to'rt, Kim ulusning ko'ngliga soldi bu o'rt. Ham bu tarix ichrakim qildim shuro' Ixtimomiga dog'i bo'ldi vuqo'. (193-bob: MAT, 20 tomlik, 12-tom, 295, 302-betlar) Alisher Navoiy oltmish yoshga qadam qo'yganida mazkur dostonni yozgani sabablari asarning «Bu kitob nazmida o'z munosabatining taqribi» deb atalgan 189-bobida malum darajada bayon etilgan. Uning mohiyati shundan iboratki, Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr» asari Alisherning hali maktabda o'qub yurgan chog'ida uning diqqatini o'ziga tortibgina qolmay, balki o'ziga shunday maftun etgan ediki, yosh Alisher uni boshdan oxirigacha yodlab olib, takror-batakror o'qib yurardi. Bu holdan xabar topgan ota-onasi uni o'qishni man etib, asarni yashirib qo'yadilar. Alisher Navoiy shunday yozadi: Lek chun yodimda erdi ul kalom, Yoshurun takror etar erdim mudom. Ondin o'zga so'zga maylim oz edi, Qush tili birla ko'ngul hamroz edi. (MAT, 20 tomlik, 12-tom, 295-bet). Demak, Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» i Alisher Navoiyni yoshligidan o'ziga maftun etib, umri davomida uning bilan hamroh bo'ldi, unga javob yozish niyati ham shoirning ko'nglidan joy olgan edi. Ana shu niyat Alisher Navoiyning oltmishga qadam qo'yganida amalga oshdi. Bu bejiz emasdi. Chunki shu davrda Alisher Navoiy o'zining «Munojot», «Siroj ul-muslimin» asarlarini ham yozgan edi. Bularda, xususan «Munojot» da go'yoki umri bo'yicha qilgan ishlarini sarhisob qilib, yana bajarilishi lozim bo'lgan ishlar, yani hali ko'p «qarzi» borligiga ham ishora qilganday bo'ladi. Ana shunday bajarilishi lozim bo'lgan ishlardan biri «Mantiq ut-tayr» ga javoban turkiy tilda bir asar yaratish muddaosi ediki, Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» dostonini yozish bilan bu ishni amalga oshirdi. Farididdin Attor XII asrning mashhur shoir va adiblaridan bo'lib, o'zining «Ilohiynoma», «Tazkirat ul-avliyo» va, xususan «Mantiq ut-tayr» asarlari bilan o'zidan keyingi adabiy va ma'naviy hayotda katta mavqega ega edi. Hatto Jaloliddin Rumiy Farididdin Attorning orifona kashfiyotlariga yuqori baho berib, shunday yozgan edi: Haft shahri ishqro Attor gasht, Mo hano'z andar xami yak ko'chaem. Mazmuni: Attor ishqning ettita shahrini kezib chiqdi, biz bo'lsak hali ham ishqning bir ko'chasi boshidamiz. Darhaqiqat, Attor ishqni tasavvufona talqin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.13 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.13 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga