Madaniyatlar o'zgarishi - trasformatsiyasi Madaniyat insonning jamiyatdagi ishlab chiqarishda, ijtimoiy va ma'naviy hayotida erishgan yutuqlari bilan birga, o'zidan avvalgi avlod qoldirgan ma'naviy boylik - milliy qadriyatlar, osori atiqalar, yirik inshootlarga hamda xalqning an'anaviy urf-odatlari bo'lgan munosabatidir. Shu bilan birga insonning tashqi va ichki go'zalligi, belgilangan axloq-odob me'yorlarini bilishi, o'z fikrini erkin ifodalashi, o'z kasbining bilimdoni ekanligi ham uning ma'naviyati darajasini bildiradi. Jamiyatning yirik taraqqiyot bosqichlaridagi har qanday ijtimoiysiyosiy o'zgarishlar malum bir shakldagi madaniyatning o'rnini boshqa bir madaniy o'zgarishlar egallashiga olib keladi. Ijtimoiy davr madaniyati o'rnini antik madaniyat, keyinroq esa o'rta asrlar madaniyati egallaganidek, sobiq sovet ittifoqi davrida shakllangan o'ziga xom madaniyat o'rnini mustaqillik davrida boshqa bir madaniy o'zgarishlar egallay boshladi. Ayni paytda bir necha yillardan beri yopiq jamiyat hisoblangan davlatlar eshiklari ochilgach, sharq va g'arb mamlakatlari orasidagi madaniy aloqalar boshqa bir madaniy o'zgarishlarning vujudga kelishiga turtki bo'ldi. Axborotlar oqimining borgan sari kengayishi ham avval mumkin bo'lmagan yangicha madaniy qarashlar, shakllarning vujudga kelishiga sabab bo'lmoqda. Shuningdek agar avvalgi madaniyat an'analarning saqlanganligi bilan qadrli bo'lsa, zamonaviy madaniyat - ko'p xillilik, qorishiqlik bilan ahamiyatli. Ayni paytda zamonaviy madaniyatning darajasini belgilaydigan malum bir shakllar, belgilar mavjud. Masalan Insonning turmush tarzi uning dunyoqarashini belgilaydi degan ibora bor. Bu fikrni agar davlat miqyosida oladigan bo'lsak, bundan atigi 15-20 yil muqaddam xalqimizning madaniy saviyasi bugungi kundagi holatdan anchayin farq qilishini ko'ramiz. Buning uchun biz zamonaviy madaniyatli inson tushunchasini belgilovchi belgilarni aniqlashtirib olishimiz kerak. Bugungi zamonaviy madaniyatli shaxs: kamida 2 tilni bilishi; axloq-odob normalariga rioya qilishi; malum bir sohaning yetuk mataxassisi bo'lishi; ijtimoiy jihatdan o'ziga to'q bo'lishi, zamonaviy texnologiyalardan foydalana olish imkoniyatiga ega bo'lishi; o'z huquqlarini himoya qila olishi muhim bo'lsa; bundan 20-30 yil avvalgi madaniyatli shaxsning belgilari: rus madaniyatiga tegishli barcha bilimlardan voqif bo'lishi; teatr va kinoteatrga muntazam borib turishi; bolalar va ayollarga nisbatan shirin muomalada bo'lishi muhim hisoblangan. Rossiyalik madaniyatshunos I.A Negodaev Informatizatsiya kulturi - Madaniyatlar axborotlashuvi kitobida u jamiyatni malum bir ijtimoiy guruhlar tashkil etishini yozib, ularning o'z madaniyati borligini shunday ifodalaydi: - Elita - zodagonlar, oqsuyaklar madaniyati, xoslar. Saralangan guruhlar madaniyati bu madaniy shakl ko'proq zamonaviy emas yuqorida ko'rib o'tganimiz falsafa va san'atni o'zlashtirgan, o'zidan avvalgi avlodning madaniy merosini ardoqlagan, shuningdek zamonaviy madaniyatning eng zarur ko'rinishlarini o'zlashtirayotganlar; - xalq madaniyati milliy qadriyatlar. Urf-odatlarning saqlanib kelishida muhim o'rin tutayotgan qatlam. Aynan ular sabab milliy xususiyatlar, milliy qadriyatlar qadrlanib kelinadi. Har qanday oqsuyaklar madaniyati o'ziga xos belgilariga ega: o'zini tutishi, tashqi ko'rinishi, so'zlashi kabi. Ayni paytda elita malum bir ijtimoiy statusga ega. Ko'p hollarda elitar madaniyat ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
26.88 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:17
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
26.88 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:17 ]
Arxiv ichida: zip, doc