Mahmudxo'ja Behbudiy (1874-1919) Turkistonda jadidlar harakati asoschilaridan biri, jahonga mashhur bo'lgan o'zbekning yagona jo'g'rofiyashunosi, atoqli jamoat arbobi, buyuk islomshunos, ulug' pedagog va axloqshunos, yuksak didli jurnalist, Mahmudxo'ja Behbudiy 1874 yil 10 martda Samarqandning bahshitepa qishlog'ida ruhoniy oilasida tavallud topdi. Mahmudxo'ja 6-7 yoshlarida o'qib xat-savod chiqargach, otasi uni qori qilish maqsadida Quronni yodlata boshladi. Mahmudxo'ja Quronni yod olgach, qorilik bilan qanoatlanmay 15 yoshlaridan tog'asi mufti mulla Odil huzurida dars olishga kirishdi. Bu yerda u «Qofiya», «Shahri mullo», mantiqdan «Shamsiya», «Muxtasar al vakoya», «Hoshiya» va hisob ilmini ham o'rganadi. Mahmudxo'ja o'quvchilar orasida ibratlisi hisoblangan, o'tkir zehnli va o'qishga havasi balandlardan edi. Mahmudxo'ja Behbudiy otasi vafot etganidan so'ng o'qishni tark etib, kasbkorlik qilishga majbur bo'ladi. Samarqand muzofati «Chashmi ob»da endigina qozi bo'lgan tog'asi Muhammad Siddiq huzurida mirzolik xizmatida ishladi. Bu yerda ikki yil xizmat chog'ida, qozixona ishlari keng tanishdi. Ish yuritish, huquqqa xos hamda muftilikka tegishli barcha yumushlardan xabardor bo'ldi. U ikki yildan so'ng «Qlbud» bo'lisiga o'tib mirzolik qiladi va tez orada muftillikka ko'tariladi. 1916 yilgacha shu yerda ishlaydi. Behbudiy makkaga borish uchun jiddiy tayyorgarlik ko'radi, arab tilini o'rganadi, islom nazariyalari bilan tanishadi. Hajni yetuklik imtihoni deb biladi va nihoyat 27 yoshida Makkada bo'lib, Hoji va mufti unvonlari bilan qaytadi. Sharq xalqlarining ma'naviy hayotida, maktab-maorifida chinakam to'ntarish yasagan, turkiy qavmlarning chinakam iftixori bo'lgan Ismoilbek G'aspirali tomonidan ishlab chiqilgan «usuli jadid»ida nomi tarixda katta o'rin tutgani singari, Behbudiyning nomi ham Turkiston maktab-maorifida keng o'rin egallaydi. U birinchi bo'lib o'lkakda bu yangicha usuldagi maktablarni tashkil etishni targ'ibotchilaridan hamda amaliyotchilaridan hisoblanadi. Bu sohada Behbudiy Ismoilbek G'apiralidan ko'p yangi tomonlarni o'rgandi. «Tarjimon» gazetasi Behbudiy uchun vaziyatni anglashda zaruriy vosita bo'ldi. Gazetaning dastlabki sonlarida: «Bir bechora faqirni ko'rsak, achinamiz. O'layotgan bechorani ko'rsak, yuragimiz iztirobdan orinadi. Hatto biror hayvonning qiynalishi rahmimizni keltiradi. Lekin bir emas, minglab kishilarning, butun bir xalqning jaholatdan mislsiz qiynalayotganini ko'rmaymiz . . . », deb yozilgan satrlar bor. Keyin «Tarjimon» sahifalarida yangi maktablar tashkil etish, ilg'or va yangi fikrlarni berish keng o'rin egalladi. Bu esa Ismoilbek G'aspiralining birinchi tomonidan millatlar qarindoshligini himoya etsa, ikkinchi tomondan umumdemokratik xarakterga ega ekanligini ko'rsatadi. Shuning uchun ham Behbudiy o'ziga G'aspiralining tutgan yo'lini tanlaydi va undan maslahatlar oladi hamda maslakdosh bo'ldilar. Behbudiy «usuli jadid» maktabining zarurligi, uning qonun-qoidalari, maktabda o'tiladigan darslar, qanday imtihonlar olinishi, maktabning qay tarzda tuzilish, unga qanday asbob-uskunalar kerakligi, muallimlarning vazifalari, ularning ta'minot masalalari va boshqa ko'p jihatlarini G'aspiralidan va uning asarlari hamda maqolalaridan o'rgandi. Shular asosida Turkistonda «usuli jadid» maktablarini tashkil etish uchun bor kuchini sarfladi. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
80.86 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
80.86 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:18 ]
Arxiv ichida: doc