Mif va jahon adabiyoti eng qadimgi Sharq adabiyoti Reja: 1. Jahon adabiyoti va uning eng qadimgi manbalari. 2. Sharq va Antik adabiyotning o'zaro ta'sirida mifologiyaning o'rni. 3. Qadim Misr adabiyoti namunalari. 4. Qadimgi Xitoyning ilk adabiy yodgorliklari. 5. Qadim Hindiston adabiyotining o'ziga xos xususiyatlari. Jahon adabiyoti fani bo'yicha ma'lumotlar juda katta hajmda bo'lib, u faqatgina antik adabiyotni emas, balki bugungi kungacha bo'lgan davr adabiyotini o'z ichiga qamrab oladi. Bunga Antik adabiyotdan tashqari O'rta asrlar adabiyoti va uning ijtimoiy siyosiy xarakterini yoritish, ilk o'rta asrlardagi lirika. Xalq qahramonlik eposlari, ritsar-kurtuaz adabiyotiga, antik adabiyotning ta'siri, o'rta asrlardagi shahar adabiyoti uning taraqqiyot bosqichlarini o'z ichiga oladi. XVII asr klassitsizm adabiyoti, borakko adabiy oqimi va XVII asr ma'rifatchilik adabiyoti, XIX asr realizm va tanqidiy realizm adabiyoti vakillarini hamda XX asr jahon adabiyotidagi taraqqiyparvar adiblarning ijodi yangi ijodiy yo'nalishlar, jahon adabiyotida nobel mukofoti sovrindorlari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga qamrab oladi. Chet el adabiyoti o'z ichiga 5 qismni oladi: Antik adabiyoti (qadimgi zamon adabiyoti). Bu o'z eramizdan avvalgi XII asrdan ilgari, bizning eramizdan IV-V asrlarigacha bo'lgan davrni oladi. Bu adabiyotda qabila tuzumining emirilishi, qulchilik tuzumi, qullarning og'ir ahvoli aks etadi. O'rta asrlar va uyg'onish davri adabiyoti. Bu adabiyot o'z ichiga Vasrdan to, XVII asrlargacha bo'lgan davrni oladi. Qabila, urug'chilik tuzumi emirilgan, feodalizm yuzaga kelgan bir vaqt bo'ladi. Xristian dini, cherkov juda kuchayadi. Kishilar dinga, feodalizmga xizmat qilishga undaladi, narigi dunyodagi rohat uchun bu dunyoda azob chekish kerak, degan din targ'iboti o'sadi. Xullas, o'rta asrlar adabiyotining tuzilishi din bilan bog'langan bo'ladi. Bu davrda antik adabiyot yo'qoladi, chunki u turmush sevinchini kuylar edi, bu esa o'rta asr diniy adabiyotining manfaatlari bilan sig'ishmas edi. Lekin XIV-XVI asrlarda hunar, sanoatning o'sishi bilan mamlakatlar ideologiyasida katta o'zgarishlar ro'y beradi, kishilar ongida uyg'onish bo'ladi, eskilikka qarshi kurash boshlanadi, shuning uchun bu davr uyg'onish davri deb ataladi. Dinga qarshi ulug' gumanist yozuvchilar etishib chiqadi: Servantes, Shekspir va boshqalar. Masalan: Shekspir o'zining Romeo va Djuletta, Gamlet, Otello tragediyalarida feodalizm munosabatlarini qAQSHatadi, ming yillik feodalizm urf-odatlarini emirib tashlaydi, haqiqiy sevgini targ'ib qiladi. Masalan: Otelloda qora tanli mavr (arab) bilan oq tanli qiz Dezdemona o'rtasidagi sevgini katta jasorat bilan tasvirlaydi. XVII asr ma'rifat davri adabiyoti.XVII asrning oxiri va XVII asrning boshlarida yosh va u vaqtda progressiv bo'lgan burjuaziya davlatni qo'lga olish uchun feodalizmga qarshi kurash olib bordi, bu kurash ideologiya quroli bo'lgan ma'rifatchilik adabiyotida aks etdi. Bu adabiyot din, o'rta asrchilik feodal munosabatlarini tanqid qildi, ma'rifatchilik g'oyalarini olg'a suradi. Bu adabiyot birinchi fransuz burjua (1789-1794) revolyutsiya ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.33 KB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.33 KB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:20 ]
Arxiv ichida: doc