Milorad Pavich 1922-2009 Serb yozuvchisi, shoir va adabiyotshunos Milorad Pavich 1922 yil 15 oktyabrda sobiq Yugoslaviyaning Belgrad shahrida tug'ilgan. Tarjimai holiga ko'ra, to'rtta jannatiy daryolardan biri bo'lgan Dunayning qirg'og'ida, mezon burjida, arxitektor va falsafa fani o'qituvchisining oilasida tug'ilgan. Ajdodlari orasida adabiyotchilar bo'lgan. 1766 yilda Pavichlar sulosasidan biri sheriy to'plam nashr etgan. Bolaligidanoq Pavichda tillarni o'rganishga qobiliyat borligi ayon bo'lgan. U zamonaviy tillardan - rus, fransuz, ingliz, nemis, shuningdek, qadimgi tillarni lotin tilini ham o'rgangan. 1947 yilda A.S.Pushkinning Poltava poemasining serb variantini yaratdi. Aynan shu asar uni Serbiyada shoir sifatida tanitdi. 1949-1957 yillari Belgrad universitetining falsafa fakultetida o'qigan. Keyinchalik Zagreb universitetida adabiyot tarixi bo'yicha doktorlik ilmiy darajasini oldi. O'zini badiiy ijodga butunlay bag'ishlamasdan oldin Milorad Pavich turli yillarda Parijdagi Sorbonna, Venadagi Frayburg, Regensburg va Belgrad universitetlarida dars bergan. Serb yozuvchisi va adabiyotshunosi Sava Damyanovga ustozlik qilgan. Pavichning birinchi adabiy-badiiy nashri sheriy to'plami bo'lib, u 1967 yilda nashr etilgan. 1971 yilda Oy tosh nomli sherlar to'plami elon qilingan. Bundan tashqari M.Pavich gazetalarda ishladi va serb adabiyoti tarixi, simvolik sheriyat bo'yicha tanqidiy maqolalar elon qilgan. Nemis, ingliz, fransuz, rus tillaridan sherlar tarjimalar qilgan. Milorad Pavichga mashhurlikni 1984 yilda yozilgan Hazar lug'ati nomli romani keltirgan. Roman bir necha tillarga tarjima qilingan. Adibga mashhurlikni 1979-83 yillarda yozilgan va 1984 yilda kitob holida chop etilgan Hazar lug'ati romani olib keldi. Romanda an'anaviy syujet chizig'i yo'q. Romanda hazarlar va ularning tarixi bilan bog'liq voqealar xristian, islom va yahudiy dini nuqtai nazaridan yoritiladi. Qizig'i shundaki, asar janri 100 00 so'zli roman-leksikon deb ko'rsatilgan. Asar erkak va ayol variantlariga ega. Ularning farqi bitta xatboshida xolos. Asar lug'at ko'rinishiga ega. Masalan, kirish qismi o'rniga lug'atning yaratilish tarixi, lug'atdan foydalanish haqida fikrlar keltiriladi. Lug'atdan foydalanish qismida lug'atlardagi kabi maxsus belgilar va ularning izohi keltiriladi. Masalan, * - Qizil kitob lug'atidan izlash kerak(Hazar savolining xristianlik manbalari), ** - Yashil kitob lug'atidan izlash kerak(Hazar savolining islomiy manbalari), **- Sariq kitob lug'atidan izlash kerak(Hazar savolining yahudiy manbalari) va hakazo. Bundan tashqari asarda Atex, Hazar hoqonligi, Brankovich Avram, Hoqon, Kirill, Tush ovlovchilar, Mefodiy Solunskiy, Sevast Nikon, Stolpnik, Hazarlar bahsi, Al-Bakriy, Qora, Forobiy Ibn, Ku, Perstoryad kabi so'z va so'z birikmalari bo'lib, asarning asosiy voqelari ana shu so'zlarga izoh tarzida berilgan. Masalan, asarning Hazarlar masalasi haqida xristian manbaalari qismida Atex- hazar malikasi, u hazarlarning cho'qinishi, yani xristianlikning qabul qilishida asosiy o'rin tutadi. Uning ismi hazar ruhining to'rt darajasidan biri sifatida tilga olinadi, deb qayd etilgan. Xuddi shu so'zga Hazarlar masalasi haqida islomiy manbaalar qismida Atex- hazar ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.53 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.53 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:20 ]
Arxiv ichida: doc