Modern adabiyoti F. Kafka va A.Kamyu hayoti va ijodi

Modern adabiyoti F. Kafka va A.Kamyu hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Modern adabiyoti F. Kafka va A.Kamyu hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Modern adabiyoti F.Kafka va A.Kamyu hayoti va ijodi Reja: Yevropada modernistik adabiyot maydonga kelishining ijtimoiy va madaniy omillari. Modern adabiyotning o'ziga xos xususiyatlari. Modernistik yo'nalishlar va ularning o'ziga xos xususiyati. F.Kafka ijodi. A.Kamyuning hayoti va ijodi. XX asr boshlarida Yevropada modern adabiyoti yuzaga keldi. Bu adabiy yo'nalishning paydo bo'lishiga G'arb mamlakatlaridagi ijtimoiy hayot tarzi va fikrlash yo'sini sabab edi. Bu davrga kelib, ko'pchilik G'arb mamlakatlarida fan-texnika, ilm-fan tez rivojlandi, ishlab chiqarish unumdorligi ortdi, odamlarning boyish imkoniyati ko'paydi. Odamlar oldingi davrlardagiga qaraganda kamroq qiynalib, ko'proqsamaraga erishish va yaxshiroq yashash imkoniyatiga ega bo'ldilar. Lekin bu imkoniyat alohida odamni ham, butun insoniyatni ham baxtli qilolmadi. Inson aqlining kuchi ommaviy qirg'in qurollari yaratishga, bir-birini o'ldirishga xizmat qildirildi. Bu narsa inson baxti taraqqiyotda, ilm-fan rivojida deb bilgan kishilarni dovdiratib qo'ydi. Ilm-fan yomonlikka xizmat qilishi ham mumkinligi ayon bo'ldi. Shuning uchun ham bu davrda ishonchsizlik, ezgulikdan umidqilmaslik kayfiyatlari hamda, hayot, umr, odam va uning intilishlari samarasiz vabemanidir degan qarash keng yoyildi. Bu hol adabiyotda modern (fransuzcha yangi, zamonaviy so'zidan) yo'nalish paydo bo'lishiga olib keldi. Modern yozuvchilar olamni ko'proq qora ranglarda ko'rdilar va tasvirlay boshladilar. Ular bugunga ham, ertangi kunga ham ishonmay qo'ydilar. Fan va texnikaning rivoji odamning tabiatini o'zgartirib yuborgandi. Shu bois modern adiblar odamzodni shu vaqtga qadar ko'nikilmagan holatlarda turli-tuman umidsiz yo'sinlarda tasvirlash yo'lini tutdilar. Modern ijodkorlar oldingilariga o'xshamagan hayotda yashayotgan avvalgilarga o'xshamaydigan odamlarni oldingilarga o'xshamaydigan badiiy shaklda tasvirlay boshladilar. Ular odamzodning kutilmagan jihatlarini aks ettirishga urindilar. Shuning uchun ham modern adabiyotida hayot haqiqatiga rioya qilish muhim hisoblanmaydi. Modern yozuvchilar uchun tasvirning hayotdagiga, borliqdagiga o'xshashi emas, balki odamning ichki olamini, ruhiy to'lg'amlarini aks ettirish muhim sanaladi. Ular dunyoga o'zgacha nazar bilan qaraydilar. Modern hodisasi faqat G'arb uchun emas, balki bizning adabiyotimiz uchun ham xosdir. Jumladan, shoir Rauf Parfi «Qishloqqa qaytish» sherida shunday yozadi: Og'ushimda zangori sezgi, Kirpigimda suyuq hayajon, Ko'zlarimda yumaloq sevgi. Shu holicha sher tamomila tushunarsiz ko'rinishi mumkin. Lekin bir qadar aqliy zo'riqish natijasida shoir «zangori sezgi» deganida yoshlikdagi tuyg'ularini, «suyuq hayajon» deganda esa o'sha sezgilarni eslash natijasida paydo bo'lganyoshni, «yumaloq sevgi»deganida muhabbatga limmo-lim ko'zni nazarda tutgani anglashiladi. Avstriyalik adib Frans Kafkaning asarlari modern adabiyotining mumtoz namunalaridir. Modern adabiyotida deyarli hech narsa o'z oti bilan atalmaydi. Unda tasvir butunlay ramzlar va imo-ishoralarga asoslanadi. Shuning uchun ham Kafkaning «Jarayon»romani qahramoni Yozef K. ustidan qo'zg'atilgan jarayon aslida odamning mushkuldan mushkul hayotidir. Kafkaning talqinida odam yashamaydi, balki bir umr sudlanadi. Odam boshqa odamlarga kerak emas, kimsasiz va unga hech kim yordam bermaydi. Shu bois odamning hayotida yorug'lik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 162.73 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 162.73 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga