Muqimiyning hayoti va ijodi (1862-1937) Reja: Muqimiyning hayot yo'li. Shoir lirikasining g'oyaviy-badiiy xususiyatlari. Muqimiy hajviyoti. Muqimiy ijodida xalq mavzusi va xalqchillik masalasi. «Sayohatnoma»lar haqida. Adabiyotimiz tarixi taraqqiyoti nuqtai nazaridan ham Muqimiy va uning davri adabiyoti alohida o'rin tutadi. Muqimiyning asli ismi Muhammad Aminxo'ja, otasining oti Mirzaxo'jadir. Muqimiy esa shoirning adabiy taxallusi bo'lib, arabcha muqim so'zidan olingan ( turg'un degan manoni bildiradi). Muhammad Aminxo'ja Mirzaxo'ja o'g'li Muqimiy 1850 yilda Qo'qonda novvoy oilasida tug'ildi. Uning otasi Mirzaxo'ja asli toshkentlik bo'lib, 1835-36 yillarda Qo'qonga ko'chib kelgan va shu yerda turg'un yashab qolgan. Onasi Bibioysha (Oyshabibi) xo'jandlik bo'lgan. Mirzaxo'ja bilan Bibioysha to'rt qiz va bir o'g'il ko'rganlar. Qizlarining ismlari Tojinisa, Ulug'bibi, Saydinisa, Mehrinisa bo'lgan. Muhammad Aminxo'janing onasi Bibioysha adabiyot va san'atni sevgan, o'qimishli, zukko, so'zamol, ayollardan bo'lgan. U o'z ertaklari, naqllari, qo'shiqlari bilan o'tirishlarga fayz bag'ishlagan, dugonalari yuragida zavq-shavq uyg'otgan o'qimishli ayol edi. Shuning uchun ham Qo'qon ayollari o'rtasida katta obro' va samimiy muhabbat qozongan Bibioyshani dugonalari sevib Xumorbibi deb chaqirishgan. Xumorbibidagi bu ma'naviy xislat, shubhasiz, o'g'li Muqimiyga ham ta'sir etdi va unda juda erta estetik zavq uyg'onishiga sabab bo'ldi. Bo'lajak shoir dastlabki saboqni maktabda oldi. Keyinroq Qo'qondagi Hokim oyim madrasasida ta'limni davom ettirdi. 1867 yilda onasi vafot etadi. Bir oz vaqt o'tgach, otasi Mirzaxo'ja Ziyodabibi ismli ayolga uylanadi. Muhammad Aminxo'ja 1872-73 yillarda Qo'qon madrasasini bitirib, Buxorodagi Mehtar Oyim madrasasida o'qishni davom ettiradi. Shu yillari uni o'gay onasining qizi Sanambibiga uylantirishadi. Muhammad Aminxo'ja avval Qo'qon, so'ngra Buxoro madrasalarida uzoq muddat davom etgan o'qish davrida ijod bilan shug'ullanadi va Muqimiy taxallusi bilan talaygina sherlar ham yozadi. Muqimiyning madrasa davri hayoti o'n yildan ko'proq vaqtni, yani 1864-1865 yillardan 1875-1876 yillargacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Mustaqil oila qurgan Muhammad Aminxo'ja boshiga turmush tashvishlari tushadi. 1877 yilda u Qo'qondagi yer qurilish mahkamasida mirzalik vazifasida ishlaydi. Bu yerda shoir ayrim yer o'lchovchi amaldorlarning turli hiyla-nayranglarini ko'radi. Mehnatkash xalqning og'ir turmushiyu tekinxo'r boylarning shoxona hayotini o'z ko'zi bilan ko'rgan Muqimiy keyinchalik taassurotlari asosida Tanobchilar hajviyasini yozadi. Muqimiy bu vazifada uzoq ishlamaydi, ishini o'zgartiradi. Sirdaryo bo'yidagi Oqjar paromida pattachi bo'lib ishlay boshlaydi. Bu yerdagi hayot ham shoirga yoqmaydi, chunki yana o'sha manzara. Shoir bu yerdagi ahvolni, bazi shum, battol odamlarning badqiliqlarini shunday hajv qiladi: Kelganim ushbu makonga qiladur manga alam, Loyiqi tab yo'q odamki, desam hasratu g'am. Gaplashurga kishi yo'q ertadin oqshomg'acha ham, Kun sovuq, qora chiroq, go'rdek uyu, o'tun kam. Chiqsam eshikka qilurto'rg'ayi chuldur-chuldur. Oqjar odamlari haqida yozgan mazkur muxammasning kayfiyatidan bu yerdagi ahvol ham shoirga yoqmaganligi seziladi. Shundan ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.15 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.15 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:22 ]
Arxiv ichida: doc