Muxtoriyat - mustaqillikka ilk qadam

Muxtoriyat - mustaqillikka ilk qadam

O'quvchilarga / Adabiyot
Muxtoriyat - mustaqillikka ilk qadam - rasmi

Material tavsifi

Muxtoriyat-mustaqillikka ilk qadam Reja: 1.Turkiston muxtoriyatining nizomi: maqsad va vazifalari. 2.Muxtoriyat elon qilinishi va uning demokratik tamoyillari. 3.Muxtoriyatning tor-mor qilinishi. Chorizmning so'nggi vakili Nikolay II saltanati 1917 yil fevral burjua inqilobi tufayli tor-mor qilindi. To'rt yuz yillik romanovlar sulolasi imperiyasi o'rniga Muvaqqat hukumat tasis etildi. Buning natijasida bazi qaram davlat o'z mustaqilligini qo'lga olishga va (Finlyandiya, Polsha, Boltiqbo'yi va Ukrainada) erkin bo'lishga harakat boshladi. Chorizm istibdodidan qutilgan davlatlar o'zining mustaqilligiga erishishga, o'z yurtiga o'zi xo'jayin bo'lishga intilib, turli tashkilot va uyushmalar tasis etishga harakat qildi. Jumladan, Sho'royi islomiya (sho'ro-kengash, yani Islom kengashi, Toshkent, 1917 y. mart) tuzildi. Sho'royi islomiya bo'linmalari barcha shaharlarda tuzilib, undan Sho'royi ulamo ajralib chiqdi. Rahbari Sherali Lapin edi. Ulamo jamiyati Halifalik, Mahkamai shariat g'oyasini ilgari surib, real voqelikdan uzilib qolganliklarini voqif etdilar. Ular Toshkentda (sentyabr) o'z qurultoylarini chaqirib, ijtimoiy-siyosiy tuzum va uning boshqaruv tizimlarini ishlab chiqdi. Qurultoy Turkiston muxtoriyati (muxtoriyat so'zi ixtiyor qilingan, sohib ixtiyor manosida)ni tasis etish borasida qaror qabul qildi. Mustaqillikka Rossiya va Turkiston bolsheviklari tamoman zid edi. Buning ta'sirida Toshkent Sovet komissariati Turkiston musulmonlari vakolati sezdining hukumatni yerli xalq zimmasiga berish borasidagi qarorini rad etdi. Sovet Komissariati inqilobiy qo'mitaga yerli xalq vakili azo bo'lishini inkor qildi. Natijada Markaziy Sho'royi islomiya mustaqillik uchun olib borilayotgan harakatda o'zi alohida bo'lib, sayyu harakat qilishni maqul topdi. Toshkent Sovet komissariati bilan Sho'royi islomiya kelisholmagandan (XSK to'sqinlik qilgan) so'ng Islomiya o'z faoliyatini Qo'qonda olib borishga qaror qildi. 1917 yil 26 noyabrda Qo'qon shahrida O'lka musulmonlarining IV favqulodda sezdi chaqirildi. Sezdda hudud va uyushmalardan 200 nafar vakil qatnashdi. Kun tartibiga o'lkani boshqarish shakli, musulmonlar sho'rosini qayta saylash, Turkiston tasis majlisi, militsiya, moliya masalalari qo'yildi. a'zolar turli viloyatlardan bo'lish bilan birga milliy yahudiylar vakillari ham ishtirok etgan. Bu jihatdan sezd ishtirokchilarining jug'rofiy kengligi ta'minlangan. Behbudiy bu holatni ko'rib, quvonganidan vakillarni rus, yahudiy va boshqa millatlardan ham olinishini yoqlab chiqqan va: Sezd qarorlari shuning uchun ham katta mavqega sazovorki, unda Turkistonning ovrupalik aholisi vakillari ham qatnashmoqda, degan. Sezd nihoyatda tortishuv, munozarali tarzda o'tgan. Sherali Lapin boshliq ulamochilar sezddan chiqarib yuborilgan (Ular (TM-H.M.) shu vaqtgacha bizning manfaatimiz uchun hech narsa qilgani yo'q deb chiqishdi). Nihoyat munozaradan so'ng Sherali Lapin rahbarligidagi ulamochilar sezdga qaytarilgan va uning boshlig'i bilan radikal unsurlarning kelishmovchiliklari o'z yechimini topdi. 28 noyabrda tashkil topgan davlatning nomi Turkiston muxtoriyati deb nomlanadigan bo'ldi. Tasis sezdi chaqirilgunga qadar hokimiyatni Turkiston Muvaqqat kengashi va Xalq (milliy) majlisi boshqaradigan bo'ldi. Sezd a'zolari har qanday tortishuvni bartaraf etib, Muvaqqat hukumatning tarkibini sayladilar. Tarkibga 12 nafar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 41.16 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:23 Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 41.16 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, docx
Tepaga