Nasrdagi eklektik jarayon Adabiy jarayon doimiy ravishda o'zgarib, yangilanib boruvchi murakkab voqelik hisoblanadi. Uni bir qarashda ko'rib, anglab olish qiyin. Buning uchun tadqiqotchidan bir umr mehnat, kuzatuvchanlik, izlanish talab etiladi. Agar o'tgan asrning boshlarida jahon adabiyotida modernizm va uning absurd, ekzistentsializm, futurizm, avangardizm, simvolizm, akmeizm, imajizm kabi turli ko'rinishlari yuz ko'rsatgan bo'lsa, XX asrning o'ttizinchi yillaridan boshlab, o'zbek adabiyotida realizm ijodiy oqimining sotsialistik realizm nomli soxta ko'rinishi tan olindi. Asr o'rtalariga kelib jahon adabiyotida, xususan, ingliz, yapon, fransuz, italyan va qisman rus adabiyotida modernizmning an'anaviylikni inkor qiluvchi, ateistik, insonning tushkun kayfiyatini ifodalovchi, qahramonining umidi so'ngan asarlari o'rniga jamiyatga nisbatan ironik kayfiyatdagi, falsafa daftaridagi qaydlarga o'xshash, lirik qahramoni o'z taqdirini tahlilga tortadigan yangicha asarlar paydo bo'ldi. Bu jarayon o'sha paytdayoq modernizmning o'rniga kelgan yangi oqim ekanligi tan olindi va unga postmodernizm deb nom berishdi. Postmodernizm atama sifatida falsafa, san'at, adabiyot va madaniyat strukturasidagi o'zgarishlarning umumiy nomidir. U post- keyin, modernizm-yangi, zamonaviy; yani zamonaviylikdan keyin degan lug'aviy manoga ega. Shuning o'zi ham postmodernizmdagi yangiliklarni xushlamaslik, modernizmga xos xususiyatlarning aksariyatini tan olmaslik, shu bilan birga modernizmning yutuqlarini ham o'zida aks ettirish xususiyatini ochib beradi. Chunki, u modernizmdan keyin kelgan ijodiy oqim sifatida o'zidan oldingi oqimning yutuqlarini davom ettiradi. Postmodernistik dunyoqarashda inson imkoniyatlarining cheksizligi, idrok g'alabasi, milliy uyg'onish, ma'rifatparvarlik ideali hamda qadriyatlariga nisbatan ishonchsizlik, ko'ngil qolish holati bilan bog'liq tushunchalar va intellektual o'yinlar yetakchilik qiladi. Postmodernizmning turli milliy variantlarida charchagan, madaniyatga nisbatan ichki burilish, to'ntarish yasovchi, axloqiy va estetik o'zgarishlar, esxatologik kayfiyatning yuzaga kelishi, badiiy til unsurlarini fanning boshqa tarmoqlaridagi shakllar bilan qo'shilib ketish hollari uchrashi mumkin. Unda jahon san'ati va madaniyati tajribalarini ironik tarzda qayd etishga intilish kuchli. Postmodernizm mustaqil adabiy oqim sifatida XX asrning 60-yillarida AQSHda, madaniy inqiroz davrida shakllangan. Bu yo'nalish nazariyotchilari deganda amerika adabiyotining Qora yumor maktabi asoschilari T. Pinchon, J. Bart, J. Xouks, J. P. Donvlivi, D. Bartelmi, K. Nikerboker kabilar dastlab tilga olinadi. Qora yumorchilar dastlab, hayotni ko'rish va aks ettirishi bilan absurd adabiyotchilariga yaqin edilar. Biroq modernizm antigumanistik tomonga o'tib, inson turmush tarzi va obrazini buzib tasvirlay boshlagach, Qora yumorchilar dunyoni xaos sifatida tasvirlay boshlashdi. Lekin ularda avangardizmning antigumanizmi va absurd g'oyalari yo'q edi. Buning o'rniga ularda hayotiy hodisalarga nisbatan istehzo kuchli edi. Shu xususiyat ularning asarlari tilida, bayonchiligida barcha mif va afsonalarga nisbatan parodiya; ochiq grotesk orqali qo'rqinchli va kishining g'ashiga teguvchi, odamni o'zidan uzoqlashtiruvchi voqealar ustidan kulish; amerika folklori va M.Tvenning ilk ijodida uchraydigan dostonchilik an'anasi; illyuziyaning ko'pligi; personajlarning shartliligi, soxtaligi; so'z o'yinlari kabi xususiyatlarni ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.31 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.31 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:23 ]
Arxiv ichida: doc