«O'g'ri»ning himoyasiga ikki og'iz so'z Ko'pchiligimizni o'ylatib, adabiy davralarda turli bahslarga sabab bo'layotgan, biroq uzil-kesil bir tarafga hal etilishi mahol bo'lgan muammolar tahliliga bag'ishlangan maqolalar matbuotimizda, ko'p bo'lmasa-da, elon qilinib turibdi. Shubhasiz, bunday maqolalar juda katta ahamiyatga molikdir. Zero, ular o'quvchini befarq qoldirmaydi: o'ylashga, munosabat bildirishga undaydi - alal-oqibat tafakkurimizni boyitadi. Suvon Melievning «Mehr sehri» nomli maqolasi, fikrimizcha, ayni shunday chiqishlardan bo'libdi. Ko'pchilik qatori o'z ko'mochimizga kul tortish bilan ovorai sarson bo'lganimiz bugungi kunda ayni shu maqola ayrim mulohazalarimizni o'rtaga tashlashga undadiki, buning uchun muallifdan behad minnatdormiz. Maqolada muallif o'zbek hikoyachiligining nodir namunalaridan bo'lmish «O'g'ri» (A. Qahhor) hikoyasiga yangicha munosabat bildiradi, uni bugungi kun nuqtai nazaridan baholashga harakat qiladi. S. Meliev «O'g'ri» hikoyasi adabiyotimizda o'z o'rnini topib bo'lganini etirof etgani holda «unga umuminsoniy barkamol badiiylik namunasi emas, balki totalitar davrning badiiy hujjati sifatida qarash tarafdori» ekanligini yozadi. Munaqqidning fikricha, hikoyani umuminsoniy badiiyat doirasidan chetga chiqaruvchi narsa shuki, Qobil boboga hech kim, «hatto uning dard- alamini qalamga olmoqchi bo'lgan yozuvchi ham» rahm-shafqat qilmaydi. Muallif mazkur fikrni asoslab yozadi: «Badiiy mukammallik(ka) yolg'iz so'z-tasvir mahorati, yorqin detallar, rangdor til kabi sof badiiy tushunchalardan tashqari adabiy qahramonga ( demak, insonga) insoniy Mehr, taqdiriga sidqidildan ko'yinish hamdir. Shunday mehrsiz, lekin yuksak mahorat bilan bitilgan asar ham baribir badiiy nomukammaldir». Umuman olganda, S. Meliev to'la haq. Darhaqiqat, insonga muhabbat -umuminsoniy qadriyatlar yadrosi, usiz qadriyatlar parokanda bo'lib ketadi. Haqqast rost: insonga muhabbat hissi bilan yo'g'rilmagan asar badiiyatdan yiroq tushadi. Biroq, bizningcha, asarda o'sha muhabbatning qay darajala yohud qay yo'sinda ifodalanishini belgilashga, uning oshkora yoki pinxona bo'lishini talab qilishga haqli emasmiz. Shu mulohazaga tayangan holda boshdanoq o'zimizning aksildavomizni o'rtaga tashlaymiz: adabiyotimizda inson, xalq taqdiriga ko'yinib yozilgan «O'g'ri» darajasidagi asarlar kam topiladi. Endigi muddaomiz shu davoni imkon doirasida asoslash, xolos. Malumki, «O'g'ri»da yozuvchi «xolis kuzatuvchi» mavqeini tutgan: u voqea-hodisalarga aralashmaydi, uning vazifasi - badiiy voqelikni o'quvchi ko'z oldida jonlantirish. Hikoyaning aksar qismi mo'jaz «sahna- ko'rinish»lardan tashkil topganki, unda tasvirlanayotgan voqealarni o'quvchi ko'proq «ko'radi», yani, o'quvchi ham asar voqeligidan chetda turadi. Tabiiyki, shu o'rinda «nima uchun yozuvchi o'zini ham, o'quvchini ham asar voqeligidan chetga tortdi?» degan savol tug'iladi. Bizningcha, hikoyada «chetlanish» («ostranenie») usulidan foydalanarkan, A. Qahhor muayyan g'oyaviy-badiiy niyatni ko'zlagan. Avvalo shuni aytish lozimki, qo'llangan usul o'quvchini hissiy emas, ko'proq aqliy mushohadaga undaydi. Ikkinchidan, kitobxon hikoya badiiy voqeligidan chetda turgani uchun ham konkret bir epizod (deylik, Qobil bobo va amin uchrashuvi) yohud obrazga munosabat doirasida qolib ketmaydi. Aksincha, o'quvchi hamon ko'z oldida turgan hikoya voqeligidan turtki olib hayot haqida, inson ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
47.82 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:25
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
47.82 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:25 ]
Arxiv ichida: zip, doc