Oila, fuqarolik jamiyati va davlatning axloqiy asoslari. Axloqiy madaniyat va kasbiy odobi. Shaxs axloqiy tarbiyasi Reja: Muhabbat, oila nikohning axloqiy asoslari. Oila - ma'naviy ijtimoiy muhit sifatida. Fuqarolik jamiyati va davlatning axloqiy asoslari. Axloqiy madaniyat. Axloqiy tarbiya. 1. Muhabbat, oila nikohning axloqiy asoslari Inson kamoloti oiladan boshlanadi. Oila kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Shunga ko'ra, jismonan sog'lom, manan barkamol, axloqan pok va yuksak madaniyatli yosh avlodni voyaga yetkazish oiladan boshlanadi. Oiladagi sog'lom muhit - sog'lom mafkurani shakllantiradi. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligi, o'zaro birbiriga hurmat, bir-biriga vafodor va sadoqatli bo'lishga chaqirish bilan milliy mafkurada ko'zda tutilgan maqsadlarni amalga oshiradi. Oila qurgan yoshlar hayot qiyinchiliklarini birga engishga, bolalar to'g'risida g'amxo'rlik qilishga, ota-onalarini ezozlab ardoqlashga, bir-biriga mehribon bo'lgani holda, hurmat ko'rsatishga intiladilar. Oilada ota - onalar ham o'z farzandlarini millatiga, vataniga sodiq xizmat qilish uchun to'g'ri tarbiyalashga harakat qiladilar. Yurtboshimiz Islom Karimov tabiri bilan aytganda: «Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf odatlarimizni saqlaydigan, kelajak nasllar qanday inson bo'lib etishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'idir.» Nikoh - erkak va ayolning teng huquqli, erkin va ixtiyoriy ittifoqi bo'lib, u fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi. Nikoh o'z mohiyatiga ko'ra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa bo'ysundiriladi. Oila quyidagi holatlarda quriladi: 1. sevgi - muhabbat bilan; hissob - kitob bilan; urf - odat an'anaga ko'ra; majbur bo'lib qolgan holatlarda; Oilaviy muhit. Oilaning mustahkamligi oila a'zolarining axloqiy tarbiyasiga bog'liq. Xalqimizda bejiz Sog'lom turmush tarzi mustahkam oilaning garovidir deb aytilmagan. Sog'lom turmush tarzi deganda biz nafaqat oiladagi yer va xotinning bir - biriga bo'lgan munosabati balki, ulardagi axloqiy fazilatlar, imonlilik, poklik, halollik, rostgo'ylik, shirinso'zlik, kabi axloqiy me'yorlarga amal qilgan holda urf - odatlarga asoslangan, zamonaviy oilani tushunamiz. Oila tashvishi ko'proq ayol zimmasiga tushadi. Xalqimizda bejiz «Insonlar hamma vaqt ayollar istagani kabi bo'ladilar, agrda buyuk va fazilatli odamlarga ehtiyojingiz bo'lsa, ayollarga buyuklik va fazilat o'rgating». - deb aytishmagan. Oilaning mustahkamligi va totuvligi ko'p jihatdan ayollarga bog'liq dedik. Ammo bu fikr, oilada erkaklarning mas'uliyati kam ekan, degan hulosaga olib kelmasligi kerak. J.Mazdani aytganidek «Erkak va ayol - bamisoli ikki mayin tovushki, inson qalbidagi torlar ularsiz haqiqiy va to'laqonli ohang berolmaydi.» Darhaqiqat, erkaksiz oila bu baxti kemtik, yarimta oila demak, erkak-oilaning ustuni» deb bekorga aytilmagan. Oilada azaldan erkaklar ro'zg'orning eng og'ir yumushlarini o'z zimmalariga olib kelganlar. Ota - bobolarimiz ham oila tinchligi avvalo erkakka bog'liq, deb bilganlar. Fuqarolik jamiyatining axloqiy asoslari Dastlabki axloq maskani bo'lmish oilalar yig'indisi fuqarolik jamiyatini, millatni tashkil etadi. Fuqarolik ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
77.9 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:31
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
77.9 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:31 ]
Arxiv ichida: zip, doc