Reja Ozarbayjon xalqi tarixi va folklori Vidoiy va Voqif ijodi Voqif sherlarining asosiy g'oyasi. Qo'rqut ota kitobi haqida Nizomiy-Ganjaviy ijodi Ozarbayjon xalqi tarixi va folklori. Ozarbayjon xalqi Kavkaz va Kavkaz ortida yashovchi xalqlar orasida qadimiy madaniyat tarixi va boy adabiyotga ega bo'lgan xalqlardan biridir (ozarbayjon tili turkiy tillar oilasiga mansubdir). Uning xalq og'zaki ijodi va yozma adabiyot shaklida yaratilgan eng qadimgi namunalarida odamiylik, haqiqat va adolat uchun kurash, mehnatga muhabbat va qardosh xalqlarga hurmat singari olijanob tuyg'ular o'z ifodasini topgan. Turli-tuman adabiy janrlarda yaratilgan xalq ishqiy-qahramonlik dostonlari, ertaklari, marosim va muhabbat qo'shiqlari, shuningdek, xalq latifalari va maqollaridan iborat folklor asarlari turli tarixiy davrlarda yaratilib, og'izdan og'izga ko'chib, bizgacha etib kelgan. Bulardan eng mashhurlari Qo'rqut ota kitobi, Ko'r o'g'li eposlari, Oshiq G'arib, Shoh Ismoil, Asli va Karam ishqiy dostonlari, Melik-Mamed va Kal Ahmad sarguzashtlaridan hikoya qiluvchi kulgili-ertaklar, insoniy muhabbatni olqishlovchi to'rtlik bayotlardir.Xalq og'zaki ijodi asarlarini yozib olish va o'rganish ishlari Ozarbayjonda U1 asrlardan boshlangan.Ozarbayjon xalq og'zaki ijodi va qadimiy yozma adabiyoti bilan Markaziy Osiyoda yashovchi o'zbek, tojik, turkman, qirg'iz, qozoq, qoraqalpoq xalqlarining adabiyoti o'rtasida bir-biriga o'xshash juda ko'p an'analar mavjud. Keyinchalik ozarbayjon adabiyoti va o'zbek, tojik, turkman, qozoq adabiyotlarining yirik vakillari ijodida ham o'zaro aloqa va ta'sir turli-tuman shakllarda davom etib keldi. Genial o'zbek shoiri A.Navoiyning o'lmas Xamsasi (XU asr), tojik shoiri va mutafakkiri Jomiyning yaratgan Haft avrangi (XU asr) ularning buyuk Nizomiy-Ganjaviy yaratgan Panj ganjdan bahramand bo'lganliklari tufayli yuzaga kelgani buyuk ozarbayjon shoiri Fuzuliyning o'ynoqi g'azallari, badiiy yuksak Layli va Majnun dostoni Alisher Navoiy ijodi ta'siri ostida yaratilgan. Qo'rqut ota kitobi taxminan VII-VIIasrlarda, hali ozarbayjon tilida yozma adabiyot uncha taraqqiy yetmagan bir sharoitda, ona tilida ijod etilgan yirik badiiy asar sifatida katta ahamiyatga ega. Uning 12 qissasida o'g'iz-turkiy qabilalarning o'z mustaqilligi uchun chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashlari tasvirlangan. Ozarbayjonda VII-VII asrlarda arab tili, 1X asrdan boshlab esa fors tili rasmiy davlat tili hisoblanganligi tufayli Ismoil Yassor (VII asr), Ahmad Tabriziy (X asr),Bahmanyor Alii Bokuyi, Xatib Tabriziy (XV asr) kabi o'nlab ozarbayjon shoirlari o'z asarlarini arab va fors tillarida yozdilar.Keyinchalik bu an'anani ozarbayjon shoirlaridan Hoqoniy-Shervoniy, Nizomiy-Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy va Mirzo Fatali Oxundovlar ham davom ettirdilar.Bu so'z san'atkorlari yaratgan asarlar tabiiy ozarbayjon adabiyoti mahsulidir. Chunki turli tarixiy sharoitda yashab qalam tebratgan bu shoirlar ijodida Ozarbayjondagi turli ijtimoiy tabaqalarning hayotini aks ettirish asosiy o'rin tutgan edi. XI-XII asrlarga kelib arab istilochilari ta'sirining kun sayin susayishi natijasida Ozarbayjonda mustaqil mahalliy feodal davlatlari yuzaga keldi. Bu feodal davlatlarda o'ziga xos saroy adabiyoti shakllandi, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
45.81 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:31
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
45.81 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:31 ]
Arxiv ichida: zip, doc