O'zbek mumtoz adabiyoti

O'zbek mumtoz adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek mumtoz adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

O'zbek mumtoz adabiyoti O'tmishda yaratilib, o'zining yuksak g'oyaviyligi hamda badiiyligi bilan keyingi davrlarda ham namuna bo'ladigan asarlar mumtoz adabiyotni tashkil etadi. O'zbek adabiyoti tarixida o'ziga xos o'rin tutgan juda ko'p shoiru adiblar borki, ular yaratgan asarlar mumtoz adabiyotimizning sara namunalari hisoblanadi. O'zbek mumtoz adabiyoti g'oyaviy-badiiy xususiyatlariga qarab bir necha taraqqiyot bosqichlariga bo'lib o'rganiladi. Bular: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar. X - XII asrlar adabiyoti. XII - XIV asr boshlaridagi adabiyot. XIV asr o'rtalaridan XVII asrgacha bo'lgan adabiyot. XVII asrdan XIX asrning o'rtalarigacha bo'lgan adabiyot. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot. XX asr o'zbek adabiyoti. Bunday davrlashtirish o'zbek mumtoz adabiyoti tarixi uzoq davrlarni o'z ichiga qamrab olishini ko'rsatadi. Har bir davr adabiyoti tarixiy taraqqiyot qo'ygan turlicha g'oyaviy-badiiy talablarga asoslanadi. Bevosita mana shu jarayon tufayli har bir davr adabiyoti o'ziga xos janrlar doirasiga ega bo'ladi. Mana shu nuqtai nazardan qaralsa, XI - XII asrlar o'zbek mumtoz adabiyotida pand-nasihat yo'nalishidagi yirik asarlar yaratish an'anasi yetakchilik qilganligini ko'rish mumkin. XI- XII asrlarda yaratilgan Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq» kabi asarlarida davlatni idora etish, kishilar o'rtasida yuksak odob va axloq normalarini targ'ib qilish, mamlakatni obodonlashtirish, el-yurt farovonligini ta'minlashga davat etish kabi masalalar yoritilgan. XIV asrlardan boshlab o'zbek mumtoz adabiyotida yirik dostonlar bilan bir qatorda qasida, g'azal, ruboiy, tuyuq va qita kabi janrlar ham rivojlandi. Sayfi Saroyi, Gadoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab kabi shoirlar o'z ijodlari bilan yuqorida sanab o'tilgan sheriyat janrlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shdilar. Agar mavlono Lutfiy o'zining turkiy tildagi xalqona asarlari bilan «malik ul-kalom», yani «so'z podshohi» deb tan olingan bo'lsa, XV asrda yashagan Alisher Navoiy mumtoz adabiyotda besh ulkan dostondan iborat «Xamsa» yaratdi, o'zbek g'azalchiligini yuksak cho'qqiga ko'tardi va «g'azal mulkining sultoni» bahosini olishga muvaffaq bo'ldi. Alisher Navoiydan keyin Boburning dilgir, Mashrabning otashin sherlari, keyinroq Gulxaniy, Amiriy, Uvaysiy, Nodira, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida esa Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O'tar kabi ko'plab shoirlar ijodi mumtoz adabiyotimiz xazinasini boyitdi. Mumtoz adabiyotimiz vakillari o'z ijodlarida u yoki bu janrlarga murojaat etar ekanlar, eng avvalo, o'zlariga qadar mavjud bo'lgan badiiy an'analarni saqlashga, qolaversa, badiiy shakl sohasidagi har bir an'anani yangi mazmun, yangi tamoyillar bilan boyitishga erishdilar. Shuning uchun ham mumtoz adabiyotimizdagi har bir asar hozir ham yangi yaratilgandek o'qiladi va ezozlanadi. Albatta, ko'p asrlik mumtoz adabiyotimizning har bir taraqqiyot bosqichi o'ziga xos g'oyaviy-badiiy darajaga, o'ziga xos an'anaga ega. Ammo uning barcha davrlari uchun yagona bo'lgan xalqchillik, milliylik va umuminsoniylik kabi xususiyatlari borki, ular mumtoz adabiyotimizning hamisha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.47 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.47 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga