O'zbek xalq ertaklari. Poetik tabiati, talqin mezonlari

O'zbek xalq ertaklari. Poetik tabiati, talqin mezonlari

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek xalq ertaklari. Poetik tabiati, talqin mezonlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbek xalq ertaklari. Poetik tabiati, talqin mezonlari Reja: Ertaklarning janriy belgilari Ertaklarning syujet tuzilishi Ertaklarda syujet yaratuvchi motivlar tizimi Ertak xalq nasrining yetakchi janrlaridan biri bo'lib, xalqning ulug'vor g'oyalari, dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari ijtimoiy-siyosiy, oilaviy-maishiy, diniy, axloqiy ideallari o'ziga xos badiiy aks ettirgan mustaqil turi. Ertak hech qachon ermak emas, hamma vaqt muhim ma'rifiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etgan hodisadir. Ertak janri tabiati, poetik tizimning yaxlitligi kabi yetakchi xossalari bilan alohida ajralib turadi. Uning belgilovchi xossasini uydirma tashkil etadi. Binobarin, bu belgi ikkilamchi, tasodifiy belgi emas. U janrning asosiy komponentidir. Ana shu qonuniyatdan kelib chiqib, ertakshunos Ye.A.Tudorovskaya o'z fikrini shunday yoritadi: «Qahramonning notabiiy jasorati sehrli ertak asosini tashkil etadi. Fikr to'g'ri, Biroq, bu belgi faqat sehrli ertakka mansub bo'lib, uning mohiyatini belgilaydi. E.I.Pomirantseva fantastikaga urg'u beradi, uni ertak janrining belgilovchi, hal qiluvchi komponenti deb biladi va uni shunday asoslaydi: «Ertakning xarakterli belgisi uning fantastikasidir. Bu xossa badiiy uydirmaning ertakdagi o'rni, funksiyasi, sifati, daraja-miqdori turli xil bo'lsa hamki, janrning asosiy belgisi hisoblanadi». U bu mulohazani rivojlantirib, «Fantastika ertakning hamma turlariga xos» degan xulosaga keladi. Olimaning mazkur fikri asosan to'g'ri, Biroq, aniqlik etishmaydi. Malumki, fantastika maishiy ertaklarga xos belgi emas, u faqat sehrli ertaklarda yetakchi, xolos. Chunki sehrli ertak bilan maishiy ertaklarda fantastikaning shakl-shamoyili, mazmuni, daraja-miqdori, funksiyasi bir xil emas. Sehrli ertaklar, xayoliy, maishiy ertaklar hayotiy uydirmalarga asoslanadi. V.I.Chicherovning ertakka bergan ta'rifi masalaga oydinlik kiritadi. U yozadi: hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklarda fantastika asosiy, hayotiy-sarguzasht, hajviy ertak, latifalarda fantastik epizodlar yo'q, uydirma tafsil deyarli uchramaydi. Mazkur mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, ertaklar xayoliy va hayotiy uydirmalarga asoslanadi. Bu hodisa uning muhim, hal qiluvchi belgilaridandir. A.V.Gusevning ertak haqidagi ta'rifida, fikriy izchillik seziladi. U etiborni ertak kompozitsiyasiga qaratib, uni shunday ta'riflaydi: janrning asosiy belgilari ijtimoiy, oilaviy-maishiy doirada aks etgan muhim kolliziya, konfliktlaridir. Ertaklarning badiiy shartlilikka asoslanishi, yolg'onnamoligi esa uning ikkilamchi belgilari hisoblanadi. Bu fikrga qo'shilgan holda takidlash joizki, «uydirmalarning ko'zga ko'rinarli xossalarining badiiy shartlilikka asoslanishi, yolg'on deb munosabat bildirishi tashkil etadi. Uni hech qachon va hech kim haqiqat deb qabul qilmaydi. Ertakni yolg'on atalishi janrning o'ziga xos tabiatini belgilaydi. Ertak syujeti murakkab, turli xil an'anaviy motivlar tizimidan tashkil topgan. Uning asosida qabilaviy e'tiqod, magiya, tabu bilan bog'liq urf-odatlar; animizm, totemizm, fetishizm kabi e'tiqodiy qarashlar feodal jamoa, matriarxat, feodal-patriarxal munosabat, qonun-qoidalarga aloqador voqea va hodisalar yotadi. Qizig'i shundaki, ertak asosini tashkil etgan real tarixiy haqiqat fantastika, xayoliy va hayotiy uydirmalarga ko'milib, unga singib, noaniqlikni kasb etgan. Ertak bu jihati bilan naql, latifa, loflarga tenglashadi. Real hodisa og'zaki nasrning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 151.63 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:29 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 151.63 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga