O'zbekistonda milliy va davlat bibliografiyasi Reja: Milliy va davlat bibliografiyasi haqida tushuncha, uning taraqqiyoti Respublika Milliy kitob palatasi faoliyati O'zbekistondagi yirik kutubxonalarning retrospektiv bibliografiya sohasidagi faoliyati Milliy va davlat bibliografiyasi haqida tushuncha, uning taraqqiyoti Ijtimoiy tashkilotlar hujjatlar va iste'molchilar o'rtasidagi vosita sifatida avvaldan faoliyat ko'rsatadi. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng kitob ishi, nashriyotchilik ishi tubdan qayta tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Telegraf Agentligi O'zbekiston Respublikasining Milliy agentligiga, Davlat kitob palatasi 1994- yili Milliy kitob palatasiga aylantirildi. Ularning nomi bilan birga vazifalari ham o'zgardi. Chunki «Milliy» va «Davlat» tushunchalari bir-biridan farq qiladi. 1991-yil bibliograf olim G. A. Levin «Íào'èîíàëüíàÿ áèáëèîãðào'èÿ â ìíîãîíào'èîíàëüíîì ãîño'äàðñTâå» nomli maqolasida milliy bibliografiya tushunchasiga alohida to'xtaladi va qat'iy talablar qo'yadi. Milliy bibliografiyaga quyidagi nashrlarni kiritish lozim deydi. Aynan olingan mamlakat hududida nashr etilgan asarlar. Nashr joyidan qat'i nazar, shu mamlakat haqidagi adabiyotlar. Nashr joyidan qat'i nazar, shu davlat tilida nashr etilganasarlar. Yashash joyidan qat'i nazar, shu davlat fuqarolari tomonidan nashr etilgan asarlar. Tug'ilgan va yashash joyidan qat'i nazar, shu davlat tubaholisi vakillarining asarlari. Shu davlat hududidan tashqarida aynan shu davlat uchunnashr etilgan asarlar. Universal bibliografik hisobga olish joriy etilgandan so'ng davlat bibliografiyasida 1- guruh nashrlarini hisobga ola boshladi. Ammo bu doim ham keng imkoniyat bera olmaydi, shuning uchun 2-guruh nashrlari ham hisobga olinadi. Levinning fikricha, bibliografiyalash obyekti bo'lib elektron nashrlar, videomahsulotlar, fotomateriallar kabilar ham xizmat qila oladi, demak, bosma mahsulotlar bilan birga bu hujjatlarni ham hisobga olish zarur. Davlat bibliografiyasi uchun nashrlarni tanlayotganda quyidagi belgilarga asoslaniladi: Hududiy belgisiga ko'ra: shu davlat egallagan hududda nashr etilgan yoki uning fuqarolari tomonidan, qayerda yashashidan qat'i nazar, nashr etilgan asarlar; (hozir qayerda yashashidan qat'i nazar) shu hududda tug'ilgan va yashayotgan mualliflarning asarlari; boshqa hududda shu mamlakat uchun nashr etilgan hujjatlar; Til belgisiga ko'ra: qayerda nashr etilishidan qat'i nazar, shu xalq tilida nashr etilgan hujjatlar; qayerda yashashidan qat'i nazar, shu xalq vakillari - mualliflar yaratgan adabiyotlar; Etnik belgisiga ko'ra: qayerda tug'ilgani va yashashidan qat'i nazar, shu xalq vakillari nashr etgan asarlar; qayerda tug'ilgani va yashashidan qat'i nazar, shu xalqqa mansub mualliflar; Xalqchillik belgisiga ko'ra: qayerda nashr etilganidan qat'i nazar, shu xalq haqidagi hujjatlar; qaysi xalq vakili yozishidan qat'i nazar, xalq haqida yaratilgan asarlar. Demak, milliy bibliografiyaga tanlangan, xalqqa mansub mualliflar va asarlar olinadi. Davlat bibliografiyasi uchun davlat haqidagi emas, balki aynan shu davlat hududida nashr etilgan asarlar olinadi, chunki ba'zi xalqlar o'z davlatiga ega emas. Davlat bibliografik axboroti boshqa turdagi bibliografik faoliyat rivojiga ta'sir ko'rsatadi. Axborot olamida axborotlashtirish muhim belgi bo'lib qoldi. Bu ilmiy-texnik taraqqiyotning ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.85 KB
Ko'rishlar soni
161 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.85 KB
Ko'rishlar soni
161 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:30 ]
Arxiv ichida: docx