Ozod Sharafiddinov

Ozod Sharafiddinov

O'quvchilarga / Adabiyot
Ozod Sharafiddinov - rasmi

Material tavsifi

Ozod SHARAFIDDINOV (1929-2005) Ozod Sharafiddinov 1929-yilning 1-martida Qo'qon shahri yaqinidagi Oxunqaynar qishlog'ida tavallud topgan. Uning bolalik, o'smirlik kezlarigina emas, keyingi butun hayoti ham Toshkent shahri bilan chambarchas bog'liq bo'ldi. TA'LIM Ozod Sharafiddinov Toshkent shahrida o'rta maktabni tugallab, O'rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)ga o'qishga kiradi va 1951-yilda uni muvaffaqiyatli yakunlaydi. Oradan uch yil o'tar-o'tmas, Moskvada nomzodlik dissertatsiyasini ham himoya qiladi. 1955-1995-yillar oralig'ida, qariyb qirq yil O'rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)da yoshlarga bilim va tarbiya berdi, minglab shogirdlarga beminnat ustozlik qildi. Uning 1996-1997-yillarda «Tafakkur» jurnali bosh muharriri o'rinbosari, 1997-yildan to umrining oxiriga qadar «Jahon adabiyoti» jurnali Bosh muharriri vazifalarida ishlagan kezlari ham nihoyatda barakali, sermahsul ijodiy yillar bo'ldi. ILK IJOD NAMUNASI Yosh olimning 1962-yilda chop etilgan «Zamon. Qalb. Poeziya» nomli dastlabki kitobiyoq o'zbek adabiyotshunosligiga juda o'ktam bir ovoz kirib kelayotganidan darak bergandi. ASARLAR «Adabiy etyudlar» (1968-y.); «Yalovbardorlar» (1974-y.); «Iste'dod jilolari» (1976-y.); «Birinchi mo'jiza» (1979-y.); «Talant - xalq mulki» (1979-y.); «Adabiyot - hayot darsligi» (1980-y.); «Hayot bilan hamnafas» (1983-y.); «Go'zallik izlab» (1985-y.) va boshq. ISTIQLOL ILHOMI «Yo'lboshchi», Mustaqillik me'mori», «Istiqlol jilolalari» singari maqolalari; «Istiqlol fidoiylari» (1993); «Sardaftar sahifalari» (199); «Ma'naviy kamolot yo'llarida» (2001); «Dovondagi o'ylar»; «Ijodni anglash baxti» (2004) kabi. Naq 100 ta son! 1997-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimiz tarixida birinchi marta «Jahon adabiyoti» jurnali tashkil etildi. Ozod Sharafiddinov bu jurnalga Bosh muharrir etib tayinlandi. Ozod Sharafiddinov bu jurnalning roppa-rosa 100 ta sonini tayyorlashga ulgurdi! nuqtadon tarjimon Ozod Sharafiddinov dunyo adabiyotining o'nlab durdona asarlarini, shuningdek, L.Tolstoyning «Iqrornoma»; P.Koeloning «Alkimyogar»; A.Savelaning «To'xtating samolyotni, tushib qolaman» singari o'nlab yirik asarlarini; Yuzlab donishmandlarning ilmiy-falsafiy maqolalarini ona tilimizga mohirona tarjima qildi. E'tirof «O'zbekiston Qahramoni (2002). «Buyuk xizmatlari uchun» (199) ordeni. «Mehnat shuhrati» (1997) ordeni. TAHSIN O'ylaymanki, o'zini o'zbek xalqining farzandi degan har qaysi inson ana shunday fidoiy yurtdoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanadi, unib-o'sib kelayotgan bolalari, shogirdlariga ma'naviy jasorat timsoli sifatida aynan mana shunday odamlarni namuna qilib ko'rsatadi. Va hech shubhasiz, umr bo'yi el-yurt manfaati, Vatan istiqboli uchun kurashib yashaydigan shunday qahramon farzandlari bor xalq hech qachon kam bo'lmaydi. Islom Karimov, Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asari. Shafqatsiz o'lim va so'nggi vasiyat Shafqatsiz o'lim Ozod Sharafiddinovni 2005-yil 4-oktabr kuni hayotdan olib ketdi. «Kitoblarimni asranglar, mening eng katta boyligim mana shu kitoblar edi» O'lsam ayrilmasman quchoqlaringdan… Vatan - ona so'zi naqadar laziz, Sensan har narsadan mo'tabar, aziz, Hurmatingni saqlar har bir o'g'il-qiz, Muqaddas, mo'tabar, ulug' Vatanim, O'lsam ayrilmasman quchoqlaringdan (Uyg'un) Har yurakda jo savol! Vatan! Vatan tuyg'usi. Vatan muhabbati. Nimadir bular? Bular ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, pptx
Fayl hajmi 16.17 MB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:32 Arxiv ichida: zip, pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, pptx
Fayl hajmi 16.17 MB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, pptx
Tepaga