Panchatantra masali

Panchatantra masali

O'quvchilarga / Adabiyot
Panchatantra masali - rasmi

Material tavsifi

«Panchatantra» masali Reja: Shoh taxti haqida o'ttiz ikki hikoya» 1.1. «Vetalaning yigirma besh hikoyasi 1.2. Uch kuyov 1.3. Shoh va qurbonlik keltiruvchi» 1.4. «Shoh taxti haqida o'ttiz ikki hikoya» 2. To'tinoma 2.1. «Shukasaptati» 2.2. «Muladevaning qarori» «Panchatantra» ( «Besh asosiy holat» yoki «Besh kitob» deb tarjima qilinadi. «Panchatantra» masal janriga kiruvchi asardir, chunki undagi barcha obrazlar hayvonlar bo'lib, hayvonlar obrazi orqali insonning hayotiy muammolari pand-nasihat tarzida yoritib berilgan. Taxminlarga ko'ra «Panchatantra» melodning II-IV asrlarida bunyodga kelgan. Asarning muallifi qandaydir braxman Vishnusharman deyiladi. «Pachatantra» sanskrit tilida yaratilgan. Uning ilk nusxalari hali topilmagan. Lekin asarning keyingi davrlarda Hindistonning turli qismlarida yaratilgan nusxalari mavjud. Janubiy Hindistonda esa jayn monaxlari yaratgan nusxalar mavjud. Bular ichida rohib Purnabxadra 1919 yilda barcha nusxalar asosida tuzgan jayn nusxasi eng mukammal hisoblanadi. Keyingi davr nusxalaridan Kashmir varianti «Tantrakxyaika» nomli varianti mavjud. Bu variantlar melodning birinchi ming yilligining ikkinchi yarmida yaratilgan deb taxmin qilinadi. «Panchatantra» VI asrda suryoniy tiliga tarjima qilingan. Shundan so'ng arab va paxlaviy tillariga o'girilgan. Shu tariqa masal tillardan tillarga, mamlakatlardan mamlakatlar osha, o'zining uzoq sharafli yo'llarini bosib o'tgan. Vaqt o'tgan sari, tillardan tillarga ko'chgan sari «Panchatantra»ning shakli ham, mazmuni ham o'zgarib, uning yangidan yangi variantlari yaratilavergan. Har bir tarjimon unga o'zidan ko'p narsalar qo'shgan. Shu tariqa asl nusxalar bilan boshqa tillarga turli davrlarda qilingan tarjimalar o'rtasida juda katta farq yuzaga kelgan. 1972 yilda rus hindshunos olimi A.Sirkin tomonidan «Panchatantra» rus tiliga o'girilgan. O'zbek adabiyotiga «Panchatantra» birinchi bor o'zining arabcha varianti «Kalila va Dimna» asarining tarjimasi orqali kirib kelgan. «Panchatantra»ning o'zi esa I. G'ofurov tomonidan 1993 yilda birinchi bor hindi tilidan o'zbek tiliga o'girib chot ettirilgan. Hind adabiy an'anasi bu asarni «siyosat darsi kitobi» deb ham ataydi. Bu haqda hatto rivoyat ham mavjud. Unga ko'ra aqlli va donishmand Vishnusharman ahmoq shahzodalarni hayot saboqlariga, siyosatga, davlatni va xalqni boshqarish siyosatiga o'rgatish maqsadida ushbu masalni yozgan ekan. Bu asar ham an'anaviy qoliplash usulida yozilgan. Asardagi besh qimsmning, ya'ni besh kitobning nomlanishi quyidagicha: Birinchi kitob ( «Do'stlarning judo bo'lishi». Bu qismda muallif asosan she'r va buqaning do'stligi va bu do'stlikning ayyor tulki tufayli buzilishi haqida hikoya qiladi. Ikkinchi kitob ( «Do'stlar orttirish». Bu kitobdagi hikoya qarg'a, sichqon, toshbaqa va kabutar kabi kuchsiz hayvonlarning ahillik, do'stlik orqali qo'lga kiritgan yutuqlari, dushmanni qanday qilib yengganlari hikoya qilinadi. Muallif bu orqali do'stlik kuchda emas ahillikda ekanligini ko'rsatishni bosh maqsad qilib qo'ygan. Uchinchi kitob ( «Qarg'alar va boyqushlar» deb nomlangan. Ushbu hayvonlar obrazi orqali urushni qanday olib borish va uning turli usullari haqida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 494.76 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 494.76 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga