Psixologik tahlilning dramaturgik usuli REJA: 1. Kommunikatsiya turlari. 2. Psixologik tahlil usullari. 3. Dramaturgik usul. 4. Psixologik hikoyalash va lirik chekinish. Badiiy asarni qabul qilish jarayoni kommunikatsiya turi sifatida o'quvchidan muayyan faollikni, ijodiy tasavvurini ishga solib, yozuvchiga hammuallif bo'lishlikni taqozo qiladi. Ayniqsa, dinamik prinsip asosiga qurilgan xarakterlar psixikasini, xatti-harakatlarining ruhiy asoslarini anglashda bu narsa muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, bu xildagi qahramonlar ruhiyasi ularning muayyan hayotiy situatsiyalarda o'zini tutishlari, xatti-harakatlari va gap-so'zlari orqali ochiladi. Muallifning qahramon ruhiy holati haqidagi ma'lumotlari o'ta siqiq, asosan, mimik-pantomimik harakatlar, tashqi psixofiziologik belgilarni qayd etish bilan cheklangan bo'ladi. Boshqacha aytganda, o'quvchi qahramon xatti-harakatlarini, yuz-ko'z ifodalarini «ko'rish», gap-so'zlarini «eshitish» imkoniyatiga ega. Ya'ni, bu tipdagi qahramonlar ko'proq dramatik asar personajlari(deystvuyuheye litso)ga yaqin turadi. Ayrim adabiyotshunoslarning buni psixologik tahlilning dramaturgik usuli deb atashlari bejiz emas. O'quvchi saviyasi va badiiy tasavvur imkoniyatiga qarab bunday obrazni qabul qilishda bir aktyorday obrazga kirishi, rejissorday talqin qilishi yoxud oddiy tomoshabin darajasida qolishi mumkin. Ulug' rus adibi L.N. Tolstoy: «Har birimizda mavjudligi mumkin bo'lgan barcha xarakterlarning imkoniyatlari mavjud, shuning uchungina san'at ifodalagan xarakterlar bizga ta'sir qiladi»,- deb yozgan edi. Shundan kelib chiqsak, obrazni qabul qilish darajasi o'sha mavjud imkoniyatlardan qay darajada foydalana bilishga bog'liq ekani anglashiladi. O'z-o'zidan ayonki, kitobxon ongida aks etgan obraz uning statik holati(yozuvdagi ifodasi)ga nisbatan ancha keng. Bu narsa tabiiy ham, chunki yozuvchi qahramon ruhiyatiga kirib asar to'qimasida harakat qiladi. Aniqrog'i, qahramonga «evrilgan» (perevoploheniye, vjivaniye) yozuvchi uni o'zida mavjud psixologik imkoniyatlar doirasida yaratadi, tirik odamni kuzatgandek kuzatadi-da, sirtdan tasvirlaydi. O'zi yaratgan qahramon ruhiyatini juda yaxshi bilgan yozuvchi, tabiiyki, asarni yozayotganida (yoki o'z asarini o'qiyotganida) beixtiyor obrazga kiradi va qahramonini g'oyat keng tushunganidan har qanday tafsilotni ortiqcha hisoblaydi. Bu, bir tarafdan, ijodiy aktning g'ayrishuuriy tomoni bilan izohlansa, ikkinchi tarafdan, anglangan ijodiy priyom sifatida ham bo'y ko'rsatadi. Masalan, A.P.Chexov: «Men yozayotgan vaqtimda o'quvchi hikoyada yetishmayotgan subyektiv unsurlarni o'zi qo'shib olishiga umid qilaman»,- deb yozadi. «Kecha»ning eng dilbar qahramoni - Zebi obrazini yaratishda Cho'lpon «evrilish san'ati»ning beqiyos namunasini namoyon qiladi. Albatta, Zebining ruhiyatini anglashda u yashayotgan mikromuhitni nazarda tutish lozim, lekin bu narsa avvalgi bobda ko'rilganidek yetakchi ahamiyat kasb etmaydi. Zero, A.Qodiriy Ra'no haqida «tabiat xasis emas: tikandan gul, aridan bol yarataveradi» degani kabi, Zebi ham Razzoq so'fi xonadonida o'sha sahovatli tabiat mo'jizasidek ajralib turadi. Romanning boshlanishida qo'llangan psixologik parallelizm usuli o'quvchini qahramon olamiga olib kiradi. Lirik peyzaj lavhasida ko'rganimiz tabiatdagi jonlanish, hayot va erkinlik nash'asi qiz ko'nglidagi hislar bilan uyg'unlik kasb etadi: «Zebi(Zebinisa)ning qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko'ngli bahorning iliq ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
500.71 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
500.71 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:32 ]
Arxiv ichida: doc