Qadimgi turkiylarning diniy marosimlari va ularning badiiy adabiyotdagi ifodasi Reja: Totemizm Animizm Ko'k tangri dini Shomoniylik Buddizm yokiburhonlik Moniylik Xristianlik Miloddan avvalgi 200-yildan oldinroq turkiy xalqlar Markaziy Osiyoda Oltoy-Ural tog'laridan Mo'g'ulistongacha bo'lgan kengliklarda yashashgan. Hozirgacha turkiy qavmlarning bosh bo'g'ini va o'z davlatchilik tarixiga ega bo'lgani skif - «iskit»lardir. Ularning davlati miloddan avvalgi VII asrlarda katta mavqe egallagan. Forsiy zabon xalqlar ularni «sak»lar deb atashgan. Skiflardan so'ng eramizning beshinchi yuz yilliklari orasida Arshakiylar davlati yuzaga keldi. Arshak - exsakning o'zgargan shakli bo'lib, jasur, mard, bahodir saklar ma'nosini beradi. Yevropa tarixchilari ularni kimmerlar deb atashgan. Arshakiylar davlati Eronning Sharqiy qismi, Turkmaniston, Anatoliya (Turkiya)ni o'z ichiga oladi. Skiflar bilan bir davrda miloddan avvalgi VII asrlarda Kengaras davlati ham yuzaga kelgan. Bu davlat Samarqand, Kesh, Kushon, Toshkent, Buxoro, Xorazmni o'z ichiga olgan bo'lib, eramizning V asrlarigacha yashagan. G'arbiy Yevropada esa turkiylarning xun imperatorligi yuzaga keldi. U tarixda Attila xunlari deb ham yuritiladi (374-yildan boshlangan). .Uning birinchi hukmdori Balamirdir. Imperatorlikningso'nggi hukmdori Attilla(434-453-yillar) hisoblanadi. 367-560-yillarda Oq xun imperatorligi yuzaga keldi. Uning asoschisi Kun xon edi. Bu davlat tarkibiga Hindistonning yarmi, Afg'oniston va Turkistonning katta qismi kirgan. 386-557-yillarda esa Tabg'ach davlati paydo bo'ldi. Uning asoschisi Shamoxon bo' lib. davlatining hududiga Markaziy Osiyodagi Qoshg'ar, Turfon viloyatlari, O'rxun vodiysidagi jo'jan davlatining sharqiy bir qismi kirgan. Shundan so'ng islomgacha Eltarish xoqon, Bilga xoqon kabi turkiy hukmdorlar yashaganligi toshbitiklar orqali ma'lum. Turk xoqonligining Oltoy, Janubiy Sibir va O'rta Osiyoning bir qismidagi hukmronligi VII asrgacha davom etdi. Turkiylar ulkan hududlarda yoyilib yashadilar. Islom dinini qabul qilgunlarigacha ular turli diniy shakllar va oqimlarga amal qilishgan. TOTEMIZM Totemizm (Shimoliy Amerika hindubrining ojibve qabilasi tilidagi «totem» - «uning urug 'i» so 'zidan olingan) dinning insoniyat tarixida bundan 30-40 ming yil, balki bundan ham avvalroq yuzaga kelgan» ilk shaklidir. Totemizraga sig'inuvchi xalqlar o'zlarini biror-bir hayvon, o'simlik yoki jonsiz narsadan paydo bo'Igan deb tushunadilar. Turkiy xalqlar o'zlarining ota-bobolari ho'kiz, ot, Hon, bo'ri, it, bug'u kabi hayvonlardan kelib chiqqan deb tushunishgan va ularga e'tiqod qo'yishgan. Gerodotning «Tarix» kitobida skiflarning birinchi ajdodlari dunyoga kelishi bilan bog'langan afsonalar totemizmning yorqin namunasidir. Targ'itoy afsonasi. Ma'budlar ma'budi Zevs bilan Borisfenesa daryosining yarmi Hon, yarmi ayol qizidan birinchi odam tug 'ildi. Kimsasiz cho 'Ida paydo bo 'Igan bu odamning ismi Targ'itoy edi. Undan Lipoqsay, Arpaqsay, Qoloqsay degan uch о 'g 'il dunyoga keladi. Bir kuni osmondan omoch, arqon, bolta va tovoq yog 'iladi. Ular oltindan yasalgan edi. Katta va о 'rtancha о 'g 'il ularni olishga yaqinlasholmaydilar. Faqat kichik о 'g 'il kelganida ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.23 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
61.23 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:33 ]
Arxiv ichida: doc