Qadimgi yunon va Rim adabiyoti Reja: Qadimgi yunon va Rim adabiyotining o'ziga xos xususiyatlari. Gomer, Hesiod, Esxil, Sofokllarning hayoti va ijodi. 2. Odisseya, Iliada asarlarining g'oyasi, o'rganilishi va badiiyati. 3. Sofoklning Shoh Edip, Antigona, Edip Kalonda asarlarining g'oyasi, syujeti 4. Esxil asarlarining g'oyasi, syujeti. 5. Gomer asarlarining jahon adabiyotida tutgan o'rni hamda o'zbek adabiyotiga ta'siri. Qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari qoldirib ketgan buyuk ma'naviy meros, shu ikki xalq yaratgan madaniyat, san'at va adabiyot insoniyat tarixida antik madaniyat, antik adabiyot deb yuritiladi. Antik so'zi lotincha (antiguus) so'zidan olingan bo'lib, qadimgi degan manoni bildiradi. Yunonistonda (Gretsiyada) paydo bo'lib, keyinchalik yuksak kamolot bosqichiga ko'tarilgan bu madaniyat, avvalo, eramizdan oldingi II asrda Rim madaniyatining, keyin esa boshqa ko'pgina xalqlarning madaniyati va adabiyoti rivojlanishiga turtki bo'lgan. Yunon-Rim madaniyati, san'ati va adabiyotiga nisbatan qo'llanadigan antik so'zini faqat Yevropaga tatbiqan anglash kerak. Chunki Yevropaxalqlari o'zlarining madaniy taraqqiyotlari yo'lida asosan Yunon-Rim madaniyati bilan aloqador bo'lganliklari uchun shu xalqlarga tegishli bo'lgan ma'naviy boyliklarni eng qadimiy deb hisoblaganlar. Lekin aslida antik atamasi Yunon-Rim adabiyotlarigagina tatbiq etilishi unchalik to'g'ri emas. Negaki, madaniyatning asl beshigi Sharq mamlakatlari bo'lgan; dastlabki adabiyot yodgorliklari oldin Misr, Eron, Xitoy, Hindiston, Bobil (Vaviloniya) kabi mamlakatlarda yaratilgan. Yunon adabiyoti hech bir xalqning adabiyotiga suyanmasdan mustaqil ravishda paydo bo'lgan adabiyotdir. Hozirgi zamon adabiyotida mavjud bo'lgan badiiy shakllarning ko'pchiligi, uslub vositalari shu xalqning kashfiyotidir. Yunon-Rim xalqlarining badiiy asarlarida insoniyatning asriy muammolariga yechim izlash, botirlik jasoratini, kurashchanlikni, vatanparvarlikni, inson qudratini kuylash g'oyasi yetakchilik qiladi. Ularda pastkashlik, qo'rqoqlik, sotqinlik kabi chirkin illatlarga nafrat bildiriladi. Shuning uchun ham bu xalqlarning uzoq o'tmishida yaratilgan asarlari hanuzgacha qadrlanib kelmoqda. Antik adabiyotning g'oyalari, badiiy obrazlari Yevropada qanchadan-qancha ulug' qalam sohiblariga, san'at daholariga ilhom bag'ishladi. Xurofot asoratlariga, zohidlik g'oyalariga qarshi ayovsiz kurash boshlagan Uyg'onish davrining ulug' zotlari qo'lida antik dunyoning ilmu fani, san'at va adabiyoti, falsafiy ta'limotlari eng kuchli qurol bo'lib xizmat qildi. Uyg'onish so'zining dastlabki manosi ham qadimgi madaniyatni qayta tiklash, yangitdan oyoqqa bostirish demakdir. XVII asr Yevropaklassitsizm adabiy oqimi ham 100-150 yil davomida antik dunyo badiiy ijodiga taqlid shiori ostida rivojlangan. O'rta Osiyo, jumladan, o'zbek adabiyotining antik davr madaniyati bilan aloqalaridan guvohlik beradigan manbalar bir qancha. Eramizdan oldingi V asr yunon jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan yuksak taraqqiyot bosqichiga ko'tarilgan davridir. Bu taravdiyot Eron-Yunon urushlaridan keyin Afina davlatining kuchayishi va demokratiyaga tomon ri-vojlanib borishi bilan mahkam bog'liq bo'lib, chindan ham yunon elining oltin asri deb atalishga arziydigan buyuk davrdir. V asrga qadar yunon tuprog'ining eng ilg'or madaniy mar-kazi Kichik Osiyodagi Ioniya viloyati hisoblanib ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.28 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.28 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:33 ]
Arxiv ichida: doc