Qadimiy Hindiston subkontinentidagi adabiy - tarixiy jarayon

Qadimiy Hindiston subkontinentidagi adabiy - tarixiy jarayon

O'quvchilarga / Adabiyot
Qadimiy Hindiston subkontinentidagi adabiy - tarixiy jarayon - rasmi

Material tavsifi

Qadimiy Hindiston subkontinentidagi adabiy-tarixiy jarayon Reja: Hindiston - dunyoning eng qadimiy sivilizatsiya markazlaridan biri. Hindistonning o'ziga xos xususiyatlari Hind adabiyoti jahon adabiyoti tizimdagi eng qadimiy va boy adabiyotlardan biridir. Hindiston dunyoning eng qadimiy sivilizatsiya markazlaridan biridir. Chunki koinotning birinchi odami sanalmish Odam Ato aynan shu mamlakatning hududlariga, Hindiston janubida joylashgan Seylon, ya'ni Shri Lanka orollariga tushgan degan taxminlar mavjud. Odam Ato Shri Lanka orollariga tushgan bo'lsa u yerdan quruqlik tomon yo'l esa faqat Hindiston orqalidir. Demak, yer yuzidagi insoniyat hayoti shu yerdan boshlangan degan taxmin asosli deyish mumkin. Hindistonning qadimiyligini uning yozma yodgorliklari ham isbotlaydi. Masalan, vedalar nafaqat Hindistonda balki jahon yozma yodgorliklari tarixida ham eng qadimiysi hisoblanib, ularning yozma adabiyotga kirib kelish davri eramizdan oldingi birinchi ming yilliklarga borib taqaladi. Ularning yaratilish tarixi esa taxminan 4-ming yilliklarga to'g'ri keladi degan fikrni bildiradilar hind tadqiqotchilari. Hindiston azaldan jahon xalqlarini o'zining qadimiy madaniyati, boy falsafiy merosi, go'zal tabiati va bitmas tuganmas tabiiy boyliklari bilan qiziqtirib kelgan. Bu borada qadimda turli mamlakat sayyohlarining Hindistonni o'rganish maqsadida u yerga qilgan safarlari va safar taassurotlari asosida yaratib qoldirgan esdaliklari yaqqol misol bo'la oladi. Ulardan, ayniqsa, gretsiyalik Megasfen, xitoylik sayyoh Syuan Szin, O'rta Osiyolik Abu Rayxon Beruniy hamda Rossiyalik Afanasiy Nikitin va ular yaratgan «Hindiston» nomli qomusiy asarlar hanuzgacha barcha xalqlar uchun Hindiston va hind xalqi haqida to'liq ma'lumot beruvchi eng qimmatli va boy asarlar sifatida xizmat qilib kelmoqda. Hindistonning geografik jihatdan joylashishi ham mamlakat uchun har sohada ancha qulayliklar yaratadi. Hindistonni uch tomondan ikki okean ( sharqda Hind va g'arbda Tinch okeani suvlari bilan, shimolda esa quruqlik bilan o'ralganganligi mamlakat uchun ham iqtisodiy ham, siyosiy jihatdan ko'p qulayliklar yaratadi. Suv yo'llari Hindiston uchun bir tomondan boshqa mamlakatlar bilan savdo, madaniy va iqtisodiy aloqalar o'rnatish uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchi tomondan mamlakat xalqining iqtisodiy ta'minoti uchun katta manba'dir. Suv yo'llari siyosiy va harbiy-strategik maqsadlarda ham Hindiston uchun juda katta qulayliklar tug'diradi. Bu ikki okean Hindiston subkontinentining tabiati va iqlimiga ham katta ta'sir ko'rsatib, uning tabiatining go'zal, yerining sermaxsul bo'lishini ta'minladi. Shimolda Hindistonning quruqlik bilan o'ralganligi mamlakatning Osiyo va Yevropamamlakatlari bilan aloqa o'rnatishi uchun zarur bo'lgan imkoniyatlarni yaratadi. Hindistonning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning ko'ptilli (bahudharmii) va ko'pdinli (bahubhashi) mamlakat ekanligidir. Hindiston eng katta hududga ega bo'lgan mamlakatlardan biri bo'lib, unda ko'pgina millat va elatlar istiqomat qiladi. Bugungi kunda tadqiqotchilarning fikricha Hindistonda yashovchi barcha millatlar va elatlarning tili taxminan 800 atrofida ekanligi statistik ma'lumotlarda berilgan. Bu yirik geografik hududda istiqomat qiluvchi xalqlarni hindlar deb atalgani ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.56 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.56 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga