Qingir ish - keltirar tashvish Inson bu foniy dunyoda bir-biri bilan do'st-u ahil bo'lib yashasa umri uzun, rizqi ulug' bo'ladi. Bir-biri bilan xuddi aka-uka, opa-singildek umr kechirganga nima yetsin. Quyidagi hikoyat fikrimizga asos bo'la oladi: Bir kishi bir oz pulga muhtoj bo'lib qoldi, do'stidan yordam olish maqsadida uning uyiga kelib eshikni taqillatdi. Do'sti chiqib, u bilan ko'rishdi, uyga taklif qilsa ham u kishi qabul qilmay: - Do'stim, meni kechir, uyga qilgan taklifingni hozircha qabul eta olmayman, vaqtim ziq. Bir kishidan yuz so'm qarzdor edim, bugun kelib pulini qistadi. Qo'limda pul yo'q edi. Shuning uchun sening huzuringga keldim, yordam etarsan deb umid qilaman, - dedi. Uy egasi darhol ichkaridan yuz so'm olib chiqib, do'stining qo'liga berdi. - Do'stim, biror narsaga muhtoj bo'lib qolsang, mendan yashirma, qo'limdan kelgancha yordam berishga tayyorman, - deb do'stining ko'nglini ko'tardi. Do'sti xursand bo'lib, u bilan xayrlashib uyiga qaytdi. Uy egasi do'sti qaytib ketgandan keyin yig'lab uyiga kirdi. Xotini: «yerim ko'p pul berib yuborganiga pushaymon qilib yig'layotgan bo'lsa kerak», - deb eriga: - Biror narsani bahona qilib pul bermasdan qaytarib yuborsangiz bo'lmasmidi? Endi pushaymon qilib yig'laysiz, - degan edi, yeri shunday javob berdi: - Yo'q, sen o'ylagancha emas, do'stim pulga muhtoj bo'lib qolganini bilmaganman. U kelib so'ramasdan oldin o'zim borib: - Do'stim, biror narsaga muhtojmisan, tortinma, ayt, - deb so'rashim kerak edi, - g'aflatda qolganimga achinib yig'layman. Bayt: Tut ul do'stigni sut ustida qaymoq, Aziz joningcha ko'rgil, balki behroq. Bunday ochiq ko'ngillilik, bag'ri kenglik, saxiylik, sadoqat, o'zaro hurmat qanday ajoyib. Bunday ish, bunday do'stlik faqat yaxshilik bilan tildan-tilga, avloddan-avlodga o'rnak, ibrat namunasi bo'lib o'tadi. Odamlar shular kabi do'st, ahil, sirdosh, fikrdosh bo'lishga, zinhor - bazinhor aldamchilik, to'hmat, bo'hton yo'lini tutmaslikka intiladilar. Lekin sholi kurmaksiz bo'lmaganidek, ba'zan bo'hton, hiyla ishlatadigan odamlar ham uchrab turadi. Quyidagi hikoyat shu haqda: Iroq shaharlaridan birida juda ham so'zga usta ta'sirchan nutqqa ega bo'lgan bir voiz paydo bo'ldi. Shaharning katti bir maydonida har juma kuni voizlik qilib, xalqni zor-zor yig'latardi. Shahar xalqi bu voizga murid va muxlis bo'ldi. Shu tartibda bu odam bir necha oy voizlik qildi. Anchagina pul to'pladi. Voiz bir kuni minbarga chiqib, va'a so'zlab turganda, bir yigit xalq orasidan chiqib kelib minbarga qadam bosdi, voizning yelkasidan mahkam ushladi, yuziga bir-ikki shapaloq urib: - Ey mal'un, qotil, bundan bir necha yil avval og'amni o'ldirib qochib ketgan eding, men otamning firoqida zor-zor yig'lab, sen nobakor qotilni shaharma-ahar izlab yurib edim. Endi seni shu yerdan topdim. Shu soat ichida marhum otamning qoni uchun ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.95 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.95 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:33 ]
Arxiv ichida: doc