Qoraqalpoq adabiyoti Reja: 1. Qoraqalpoq xalq og'zaki ijodi. 2. XVII-XIX asrlar qoraqalpoq adabiyoti. Yozma adabiyotning shakllanishi. 3. XX asr qoraqalpoq adabiyoti. 4. O'zaro adabiy aloqalar. Qoraqalpoq xalqining o'ziga xos juda boy og'zaki ijodi va adabiyoti bor.Xalqning orzu-istaklari folklor asarlarda o'z ifodasini topgan. Xalq og'zaki ijodining bizgacha yetib kelgan namunalari orasida ajoyib lirik mazmundagi she'riy asarlarni ham, salmoqdor qahramonlik dostonlarini ham uchratish mumkin. Qoraqalpoq xalqining Qirqqiz, yer qo'shay, Mast podsho, Shaxriyor, Alpomish kabi dostonlarining deyarli hammasida vatanparvarlik g'oyalari va demokratik motivlar yorqin ifodalangan.Shu bilan birgalikda qoraqolpoq folklorida qardosh turkiy xalqlarning adabiyotida mavjud bo'lgan Oshiq G'arib, Yusuf va Zulayxo, Oshiq Xamro, Yusuf Ahmad kabi dostonlarni ham uchratish mumkin. Qoraqalpoq yozuvchilari ham XXasrga qadar arab yozuvida ijod qilishgan.Bular orasida XVII-XIXasrlar etagida yashab ijod etgan Jiyan Jirav kabi shoirning ijodi alohida e'tiborga loyiq.U o'zining Darbadar el nomli dostonida qoraqalpoq elining Abulxayrxonga qarshi olib borgan kurashi hamda ayanchli taqdiri haqida hikoya qiladi. Qoraqaopoq shoirlarining ko'pchiligi, jumladan Kunxo'ja, Qulmurod, Gulmurod asarlarida xalqning Xiva xonlarining zulmi ostida ayanchli ahvolda yashaganligini fojeaviy lavhalarda yorqin bo'yoqlarda tasvirlaganlar. Qoraqalpoq yozma adabiyotining yirik vakillaridan biri Hojiniyoz shoirdir. U Navoiy, Nizomiy, Maxtumquli va Firdavsiy kabi atoqli Sharq shoirlarining ijodi bilan yaxshi tanish bo'lgan. Hojiniyoz shoirning Bo'z o'tov dostonida qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko'chib ketishga majbur etilganligi, tug'ilib o'sgan vatani bilan xayrlashish juda og'ir bo'lganligi ustalik bilan tasvirlangan. Qoraqalpoq klassik adabiyoti taraqqiyotida ulkan demokrat-gumanist shoir Berdimurod Berdaqning mavqei katta. Berdaq o'zining mazmundor ijodini feodalizm jamiyatidagi hukmron doiralarning, jumladan ruhoniylarning zulmini, yaramas qilmishlarini fosh qilishga qaratdi. Ayniqsa o'zining Shajar, Ernazar biy, Oydo'st biy va Ahmoq podsho dostonlari bilan qoraqalpoq klassik poeziyasida dostonchilikning rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shdi. Qoraqalpoq va o'zbek xalqlarining tarixi bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lganiday, bu ikki qon-qarindosh xalqning adabiyoti o'rtasida o'zaro aloqa va ta'sir ham bir necha asrlik tarixga ega. O'zbek xalq doston va ertaklari (masalan, Alpomish) ko'pdan beri qoraqalpoq halqi orasida mashhur bo'lganidek, qoraqalpoqlarning Qirq qiz dostoni ham o'zbek kitobxonlari diqqatini uzoq o'tmish davrlardan o'ziga jalb etib kelgan. XXasrga kelib qoraqalpoq adabiyoti bevosita o'zbek adabiyotining ta'siri ostida ravnaq topdi. Matbuot shakllandi. Yangi adabiy tur va janrlar vujudga kelib rivojlandi.XX asrning 50 yillariga qadar adabiyotda she'riyat yetakchilik qilgan bo'lsa-da, nasrda ham qator muvaffaqiyatlarga erishildi.Jumladan misol tariqasida A.Begimovning Baliqchining qizi, J.Oymurzayevning Kamekboyning qilmishlari,X.Seitovning Mashaqqatli baxt, A.Qaypbergenovning So'ngi xujum nomli romanlarini ko'rsatish mumkin. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda o'zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalari yanada mustahkamlandi. O'zbek va qoraqalpoq adiblarining ijodiy hamkorligi amaliy tus oldi. Bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish ishi keng quloch yoydi. Xususan, Oybek, Uyg'un, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
490.71 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
490.71 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:33 ]
Arxiv ichida: doc