Qozoq adabiyoti 3

Qozoq adabiyoti 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Qozoq adabiyoti 3 - rasmi

Material tavsifi

Qozoq adabiyoti Reja: 1. Qozoq xalq og'zaki ijodi namunalari. 2. XVII asrning oxiri va XX asrning boshlarida qozoq yozma adabiyotining shakllanishi. 3. XX asr qozoq adabiyoti. Proza va dramaturgiyaning rivoji. 4. Qozoq adiblari Tayanch iboralar: Qozoq folklor janrlari: qo'shiklar, ertaklar, dostonlar. «Qublandi botir», «Qambar botir», «Ertargin» dostonlarida qahramonlik, do'stlik, vatanparvarlik g'oyalarining kuylanishi. «Qiz Bejik», «Bayan Suluv», «Suluvshash» da ishqiy; insoniy muhabbatning madh etilishi. Oqin she'riyati va janrlari. M.Utemisov, Ch.Valixonov, I.Oltinsarin va Abay Kunonboyevlar ijodi. XX asr boshlari qozoq adabiyoti - J.Jabayev, I.Kubeyev, S.Toraygirovlar ijodi. Qozoq adabiyoti taraqqiyoti bosqichlari: Qozoq xalqi xam turkiy xalqlardan bo'lib, o'zbek xalqi bilan birgalikda O'rta Osiyo territoriyasida kadimdan birga yashab kelmoqda. Barcha turkiy xalqlar boshidan kechirgan mug'ullar bosqini, arablar bosqini davrlarini xam bosib o'tgan. Shuning uchun xalq og'zaki ijodida o'zbek adabiyotidagiga o'xshash motivlar, obrazlar uchraydi. XVI asrga kelib qozoqlarning kattajo'z, o'rtajo'z, kichikjo'z degan urug'lari tashkil topdi. XIX asrgacha qozoq adabiyotida yozma adabiyot rivojlanmadi, hisob. Lekin xalq og'zaki ijodi juda rivoj topdi. Qo'shik, ertak, dostonlar, maqollar, termalar, latifalar kabi xalq og'zaki ijodi janrlari rivojlandi. Aldarko'sa, Qublandi botir, Ertargin, Qambar botir obrazlari shakllandi. Dostonlarni shartli ikki guruhga bo'lish mumkin: 1. Qahramonlik dostonlari - «Qublandi botir», «Qambar botir», «Ertargin». 2. Ishqiy-lirik dostonlar - «Qiz Jibek», «Bayan suluv», «Suluvshash», «Birjon va Sora». 3. XVII-XIX asrlarda Qozog'iston territoriyasi Rossiya tomonidan bosib olinadi. Bu davr qozoq xalqining rus xalqiga yaqinlashuvi, adabiyotga rus adabiyotining ta'siri kirib kelgan davr bo'ldi. Bu davrda dostonchilik yanada rivojlandi. Xalq oqinlari yetishib chikdi - Buxor Jirov, Nisanboy, Dusxo'ja, Maxambet Utemisov, Xoliboy Mambetovlar. Oqinlar. Ularning yashash tarzi, urf-odatlari, oqinlik qonuniyatlari haqida. Ular turli aytishuvlarda tarbiyalanadilar. Birjon sol va Sora, Suyumboy va Kenekey aytishuvlari mashhurdir. Oqinlar boshqa xalqlarning dostonlarini xam kuylaganlar. Masalan, o'zbek adabiyotidan «Yusuf va Zulayxo», forsiy adabiyotdan «Shohnoma», «Layli va Majnun», qirg'iz eposi «Manas», turkiy xalqlar og'zaki ijodidan «Gurug'li» va hoka'zolar. Jambo'l Jabayev, Nurpeis Bayganin, Nortoy Begijonov kabi oqinlar yetishib chikdilar. Oqinlar xam guruhlarga bo'lingan - qissaxon oqinlar poet-knijnik, oqin akin-pevets, manaschi oqin fakat «Manas» ni ko'ylab, maromiga yetkazadigan. XIX asr oxiriga kelib qozoq xalqi ichida ma'rifatparvarlik g'oyalarini yoyuvchi ziyolilar yetishib chiqa boshladi. Ulardan Chukon Valixonov, Ibroy Oltinsarin, Abay Qunonboyevlar nomi tarixda o'chmas iz qoldirgan. Abay qozoq klassik adabiyotining otasi hisoblanadi. U shoir va prozaikdir. Dumbira chertib ulan aytgan. «Shurlik qozog'im», «Boy bolasi bilan kambag'al bolasi» kabi she'rlari mashhur. Dostonlari: «Iskandar», «Ma'sud»; nasriy hikoyalari: «nasihat» didaktik-falsafiy. XX asr qozoq adabiyotining ilk bosqichida bir qator ijodkorlar o'z ijodlari bilan adabiyotni xar tomonlama boyitdilar, unga yangi shakllar, janrlar, obraz va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 550.54 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:34 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 550.54 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga