Qozoq adabiyotining yorqin yulduzi - Muxtor Avezov

Qozoq adabiyotining yorqin yulduzi - Muxtor Avezov

O'quvchilarga / Adabiyot
Qozoq adabiyotining yorqin yulduzi - Muxtor Avezov - rasmi

Material tavsifi

Qozoq adabiyotining yorqin yulduzi -Muxtor Avezov Reja Muxtor Avezov hayoti va ijodi. «Motamdagi go'zal» asarining voqeiy mazmuni. «Chiyabo'ri» hikoyasi - ramziy hikoya. «Abay yo'li» epopeyasi - qozoq adabiyotining cho'qqisi. Har qanday xalq haqidagi eng to'kis va eng xolis tasavvur shu xalqning noyob iste'dod sohiblari, avvalo, yozuvchi-shoirlari asarlarida, san'atkorlari ijodida o'z ifodasini topadi. Shu bois biz Qozog'iston degan bepoyon va betakror o'lka, qozoq degan bag'ri keng, tanti xalq haqida gapirganda dastavval Abay singari ushbu millatning taniqli ma'naviyat namoyandalarini esga olamiz. Ancha keyinroq shakllangan ziyolilar avlodidan esa, avvallo, albatta Muxtor Avezovni eslaymiz. Qozoq xalqiga xos bo'lgan ma'naviy qudrat va beqiyos iste'dodni aynan mana shu ziyoli va yuksak ma'rifatli inson o'zida mujassam etgan edi. Ijodkorning qozoq xalqi tarixidagi o'rni va ahamiyatiga bu qadar yuksak baho berayotganimiz bejiz emas. Chunki qozoq milliy nasrini aynan mana shu inson yuqori pog'onaga ko'targan va dastlabki yirik roman-epopeyani yaratgan. Shuningdek u ko'plab yorqin va badiiy mukammal hikoya va pyesalari, rus va Ovrupa mumtoz adabiyotidan qilgan tarjimalari bilan qozoq adabiyotini dunyoga tanitdi. Qolaversa, u beqiyos tafakkurga ega bo'lgan olim va tadqiqotchi ham edi. Muxtor Avezovning ijodkor sifatidagi o'ziga xosligi uy-xayollarining kengligi, iste'dodining g'oyatda serqirraligi va ilohiy qobiliyatida namoyon bo'lar edi. Lekin dunyo adabiyotida yulduzdek chaqnab, shon-shuhrat qozongan bo'lsa-da, Muxtor Avezov xalqi bilan doim hamnafas yashadi, og'ir sinov damlarini ham u bilan birga o'tkazdi, shu bois hayoti bir tekis va sillik kechmadi. Muxtor Umarovich Avezov 1897 yil 28 sentabrda Semipalatinsk (Yetti utov) uyezdining Chingiz volostida ko'chmanchi oilasida tug'ildi. Muxtorning bobosi - Avaz bobo qozoq xalqining buyuk shoiri Abayning sodiq do'sti, uiing she'rlari muxlisi edi. Muxtorning bolalik yillari qadrdon ovulida o'tdi, u shu yerda o'qish-yozishni o'rgandi. Yoshi o'n birga yetganda, otasidan judo bo'ladi, uni tog'asi Qosimbek o'z tarbiyasiga oladi. U 1919 yilda Semipalatinskdagi o'qituvchilar seminariyasini tamomlaydi. Aynan mana shu o'quv dargohida u o'zining shonli va murakkab ijod faoliyatini boshlaydi. U dastlab drama asarlari yozishni mashq qiladi. 1917 yilda bo'lgusi yozuvchi «Yenlik va Kebek» nomli fojiasini yozadi. Bu qozoq adabiyotidagi dastlabki drama asari edi. Bu asar ushandan buyon (takomillashtirilgan ko'rinishda) eng yaxshi qozoq teatrlari sahnasidan tushmay keladi. Uni mashhur «Romeo va Juletta» pyesasining qozoqcha shakli desa ham bo'ladi. Uning voqeaviy mazmuni, ya'ni syujeti juda oddiy: o'zaro dushman bo'lgan ikki uruqqa mansub bo'lgan yoshlar bir-biriga ko'ngil berib, qarindosh-urug'larning qarshiligiga qaramay, turmush qurmoqchi bo'ladilar va oxir-oqibatda qabila sudi xukmi bilan ikkalasi ham qatl etiladi. Xullas, insonning tabiiy haq-huquqi, teran va qaynoq his-tuyg'ulari qabilaviy feodal tuzumiga xos asriy «an'ana va me'yor»larni yengolmaydi. Birok risoladagidek insoniy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 84.78 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 84.78 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga