Qur'oni karim va axodisi nabaviya REJA: 1. Qur'oni Karim haqida. 2. Tafsir va mufassirlar. 3. Hadis va muhaddislar. Islom dini arab adabiyoti oldida yangi ufqlarni ochib, unga yangi tushunchalarni kiritdi. U arab tilini yangi ma'nodash so'zlar bilan boyitdi. Qur'oni Karim arab tili va adabiyotiga juda katta ta'sir kursatdi. Qur'oni Karim - musulmonlarning muqaddas kitobi hisoblanib, uni yana al-Furqon yoki al-Mushaf ham deb ataydilar. U 114 suradan iborat bo'lib, shulardan 92 tasi Makkai mukarramada va 22 tasi Madinai munavvarada nozil bo'lgan. Mazkur suralar oyatlarga bo'linadi. Qur'oni Karimni xotirasida saqlagan Rasulullohning sahobalari va shogirdlari og'zidan yozib olinganlari 632 yili Xalifa Abu Bakr Siddiq (raziallohu anhu) zamonlarida to'plangan. Qur'oni Karim 645 yili xalifa Usmon ibn Affon (r.a.) zamonlarida to'la-to'kis holda qo'lyozma xoliga keltirilgan. Qur'oni Karim fasohat va balog'at bobidagi eng oliy namuna hisoblanib, arab tilining sof saqlanishiga va arab davlatlariga yoyilishiga sabab bo'ldi. Qur'oni Karim arab tili grammatik shakllarining takomillashishi va lug'at tarkibining yanada boyishiga katta hissa qo'shdi. Qur'oni Karim musulmon dini ilmlari fiqh (musulmon huquqshunosligi), tafsir va arab tili sarfi-nahvi, maoniy va bayon ilmlarining asosi hisoblanadi. HADIS VA MUHADDISLAR Islom dinida Qur'oni Karim eng mo'tabar va har sohada murojaat manbai bo'ladigan kitob bo'lsa, undan keyin Rasulullohning hadislari turadi. Zotan ul zoti bobarokot aytganlar: Ey ummatlarim! Men sizlar uchun Qur'oni Karim bilan o'zimning sunnatim- yo'l-yo'riqlarimni qoldirdim. Sizlar shu ikkalasini qattiq ushlab ularga amal qilsangiz to'g'ri yo'ldan aslo adashmaysiz. Shu andisha nuqtai nazardan qarasak paygambarimizning hayotlik chog'larida aytgan so'zlari, qilmishlari, ko'rsatma-yo'llanmalari, pand-nasihat-u o'gitlari - bular hammasi hadis yo sunnat bo'lavergan va shunday deb atalgan. Chunki har bir musulmon kundalik hayotida duch keladigan turli-tuman holatlarda, ayniqsa, qiyin bir vaziyat yuz berganda mana shu sunnatlarga rioya va amal qilishni o'zining burchi va ixtiyori deb biladi. Islomning dastlabki yillarida hadislarni saqlab qolish ularni muttasil yodlab borish bilan amalga oshirilar edi. Ko'pchilik saxobalar yetarli darajada savodli bo'lishlariga qaramay hadislarni o'z vaqtida yozib bormaganlar. Bunga Paygambarning hadislarini yozib borishlikni man etganliklari asosiy sabab bo'lgan. O'z xotiralari quvvatiga ishongan saxobalar ularni yodlab boraverganlar va shu tarzda avloddan-avlodga yetkazish mumkinligiga ishonganlar. U davrlarda kishilarning hurmat ehtirom qilinishi , obru-e'tibor qozonishi uning yodlangan va ma'nosini o'zlashtirgan Qur'on oyatlari va hadislarining soni bilan belgilanar edi. Vaqt o'tishi bilan Qur'oni Karim va axodisi Nabaviyani yod biladigan kimsalar birin-ketin dunyodan ko'z yumib , ularning soni borgan sari kamayib borayotgani ma'lum bo'la boshlaydi. Shu boisdan hadislarni xatga tushirish va to'plash orqali kelajak avlodlar uchun ma'naviy meros qoldirish harakatiga asos solindi. Bu ishga ayniqsa hijratning ikkinchi asridan ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
465.96 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
465.96 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:34 ]
Arxiv ichida: doc