Ram Bxakt shoir Tulsidas ijodi Tayanch so'z va iboralar: Hindavi, Gujorat, Dekan maktabi, Ganj ul Ilm, 1306-1396, Aynuddin, Gujorat, Baxmanid, Chishtiy, Gulzar-ye Nasim, risola, Shoh Miranji, Xo'ja Ashraf Jahongir Sumnani, Irshadnama, Nasihatlar, Sukx Saxela, Baxtli Saxela, Axlak-ye-tasavvuf, Shayx Hamiduddin Nagori, Sind, mo'g'ullar, musulmon adabiyoti, Boburiylar, Khari boli, Burxoniddin, Malik ush - shuaro, Muhammad Nusratiy,Xabar noma, O'rta Osiyo, Ma'sud Sad Salmon, Nasim bog'i, Gulshane ishq, Muhammad Quli Qutb, Odil shoh haqida qissa, Naoras, Tarix-ye Iskandar, virgatxa, G'avvosi Pxulban, Ibn Nishoti, g'azal-ye musalsal, telugu tili, Basant Sabras, Aurangabadi, Qutb Mushtari, Masnaviy, Mulla Vajaxi, Pxulban, Marsiya, masnaviy, qasida, ruboiy, Vali Aurangabadi Baba - i rexta, Adam - i urdu O'rta asrning taniqli bxakt shoiri Tulsidas 1532-1623 yillarda yashab ijod etgan. U yashagan davr Hindiston tarixida juda katta siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy o'zgarishlar yuz bergan bir davr edi. Siyosiy jihatdan bu davr Hindistonda Boburiylar sulolasi hukmronlik qilgan davr, mafkuraviy jihatdan bxakti diniy-islohotchilik harakati hukm surgan davr bo'lgan. Bxaktini hind mutaxassislari ( veda va buddizmdan keyin hind jamiyati ongini tubdan ijobiy tomonga o'zgartira olgan g'oya bu bxakti g'oyasidir - deb baholaydilar. Mana shu davrda yashab ijod etgan Tulsidas 1532 yili Jamuna daryosi bo'yida Rajapur qishlog'ida obro'li braxman Atmaram Dube oilasida dunyoga kelgan. Tulsidasning otasi qishloq oqsoqollaridan biri edi. Rivoyatlarga qaraganda braxmanning xotini homilasi o'n ikki oyligida bir o'g'il ko'radi. Tug'ilgan bola ko'rinishidan besh yashar bolaga o'xshar, uning hatto tishlari ham bo'lgan ekan. Uning dunyoga kelib birinchi aytgan so'zi «Ram» bo'lgan ekan. Shu sabab bolaligidan uni «Rambola», ya'ni «Ram nomini tilga olgan bola» taxallusi bilan ham chaqirishar ekan. Lekin munajjimlar bu bolaning oilaga baxtsizlik olib kelishi haqida bashorat qiladilar. Haqiqatan ham biroz vaqt o'tib uning onasi betob bo'lib olamdan o'tadi. O'limidan oldin bir xizmatkor ayolni chaqirib unga butun qimmatbaho taqinchoqlarini berib shu o'g'lini o'z tarbiyasiga olishini so'raydi. Bu ayol bolani besh yarim yil boqib, tarbiya qiladi, lekin kunlarning birida uni ham ilon chaqib oladi va u olamdan o'tadi. Buni eshitgan otasi baxtsizlik keltiruvchi bu bolani uyga olib kelishni istamaydi. Shundan keyin bola yetim qolib, daydi va sargardonlikda kun kechirib yuraveradi. Bir kuni Rambola bir ibodatxona oldida sadaqa so'rab o'tirganida Narxari degan bir darvesh uni ko'rib qoladi va bolani boqib oladi. Narxari Ram ma'budiga sig'inadigan darvesh edi. U bolani o'z tangrisi Ram bilan tanishtiradi. Sukarakshetr degan joyga borib unga Ram hayoti haqidagi hikoyalarni so'zlab beradi. Yillar o'tib Rambola yaqinlarini ko'rish uchun o'z qishlog'i Rajapurga boradi. Lekin u yerda uning yaqinlaridan hech kim qolmagan edi. Ko'pchilik qarindoshlari ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
501.21 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
501.21 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:34 ]
Arxiv ichida: doc