Realizm va tanqidiy realizm adabiyoti. O. Balzak va Stendal ijodi

Realizm va tanqidiy realizm adabiyoti. O. Balzak va Stendal ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Realizm va tanqidiy realizm adabiyoti. O. Balzak va Stendal ijodi - rasmi

Material tavsifi

Realizm va tanqidiy realizm adabiyoti O. De Balzak va Stendal ijodi Reja: XIX asr tanqidiy realizm adabiyotining o'ziga xos taraqqiyot yo'nalishi. Onore de Balzak - fransuz tanqidiy realizm adabiyotining yirik vakili. Onore de Balzak asarlariga xos yetakchi motivlar. Onore de Balzakning «Gorio ota» romanining g'oyaviy-badiiy tahlili. Jahon adabiyoti tarixida tanqidiy realizm XIX asrning 20-yillari oxirda paydo bo'lib, 30-40 yillarda o'z taraqqiyot cho'qqisiga ko'tarildi. Bu jarayonning yuzaga kelishi Yevropada yani Angliya va Fransiyada XIX asrning birinchi yarmiga, Amerika Qo'shma Shtatlari hamda slavyan mamlakatlarida XIX asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. Tanqidiy realizm, asosan, ijtimoiy roman janrida Balzak, Dikkens asarlarida o'z ifodasini topadi. Bu adabiyot kapitalistik jamiyati ziddiyatlari kuchayib borayotgan paytda, burjuaziya bilan ishchilar sinfi o'rtasidagi qarama-qarshilik keskinlashgan sharoitda kelib chiqqan. Agar XIX asrning boshlarida burjua munosabatlari adabiyotda romantik norozilik tarzida ifodalangan bo'lsa, 30-40 yillarga kelib esa, bu munosabatlar realistik tanqid obyektiga aylanadi. Burjua munosabatlari tantana qilgan yangi sharoitda «Aql hukumronligi» tug'risidagi xom xayollar puchga chiqdi. Bu davrga kelib tabiat fanlarining ravnaq topishi ham hayot voqealariga haqqoniy yondoshishni taqoza qiladi. Tanqidiy realizm adabiyotining buyuk namoyandasi Onore de Balzak o'z asarlarida o'zi yashab turgan davr hayoti qonunlari, bu qonunlarni boshqarayotgan kuchni, uning xarakterini, tipik belgilarini kashf etdi. XIX asrning birinchi yarmida Fransiyada inqilobiy poeziya rivojlanadi va bu adabiyot mehnatkash xalq ommasining kayfiyatlarini aks ettiradi. Ana shu demokratik adabiyotning yirik vakili buyuk qo'shiqchi shoir Per Jan Beranjening ijodi burbonlar restavratsiyasi 1814-1830 yillar, hamda iyul manarxiyasi 1830-1848 yillarga to'g'ri keladi. Uning sherlarida fransuz taxtiga qaytib kelgan dvoryan-aristokratlar reaksiyasiga hamda burjua qiroli Lui Filipp zulmiga qarshi xalqning keskin noroziligi o'z ifodasini topgan. XIX asrning 30-40 yillari Angliyada kapitalizm bilan ishchilar sinfi o'rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi bilan ajralib turadi. Bu yillarda paydo bo'lgan va qudratli kuchga aylanganishchilar g'alayoni Angliya tarixida chartistlar harakati nomini oladi. Chartistlar harakati o'z zamonida ingliz va Amerika Qo'shma Shtatlari adabiyotiga va yozuvchilar ijodiga ta'sir etmay qolmadi albatta. Chartistlar harakatining namoyandalari o'z ijodida tanqidiy realizm adabiy yo'nalishiga etiborlarini qaratadilar. XIX asrning 20-yillari oxirida chet ellar adabiyoti tarixida tanqidiy realizm paydo bo'lib, 30-40-yillarda o'z taraqqiyotining cho'qqisiga ko'tarildi. Bu jarayonning yuzaga kelishi Yevropada (Angliya va Fransiya) XIX asrning birinchi yarmiga, Amerika Qo'shma Shtatlari hamda slavyan mamlakatlarida XIX asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. Tanqidiy realizm, asosan, ijtimoiy roman janrida (Balzak, Dikkens) o'z ifodasini topdi. Bu adabiyot kapitalistik jamiyat ziddiyatlari kuchayib borayotgan paytda, burjuaziya bilan oddiy mehnatkash xalq o'rtasidagi qarama-qarshilik keskinlashgan sharoitda kelib chiqdi. Tanqidiy realizm adabiyotining buyuk namoyandasi Onore de Balzak o'z asarlarida yashab turgan davri hayoti qonunlarini, bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 152.71 KB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:34 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 152.71 KB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga