Sab'ai Sayyor va Saddi Iskandariy an'ana va yangilik mazmun va badiiyat

Sab'ai Sayyor va Saddi Iskandariy an'ana va yangilik mazmun va badiiyat

O'quvchilarga / Adabiyot
Sab'ai Sayyor va Saddi Iskandariy an'ana va yangilik mazmun va badiiyat - rasmi

Material tavsifi

«Sabai Sayyor» va «Saddi Iskandariy» an'ana va yangilik mazmun va badiiyat Reja: Bahrom haqidagi badiiy qissa tarixi «Sabai sayyor» dostonining tuzilishi (qissa ichida hikoyalar), xususiyat va badiiyati. Iskandar: tarix va badiiy timsol; (Firdavsiy, Nizomiy, Xusrav, Jomiy) Alisher Navoiy «Xamsa» sining to'rtinchi dostoni «Sabai sayyor» (etti kezuvchi-sayr qiluvchi) deb ataladi. Asarning bunday nomlanishi sababini shoir shunday izohlaydi: Lutf bu nazm aro bag'oyatdur, G'araz ammo etti hikoyatdur. Chunki qoyil etti musofir edi, Ki alar sayr ishiga mohir edi, Bo'ldi chun bu raqam ishi tayyor, Qo'ydum otini «Sabai sayyor». (MAT, 10-tom, 409-bet) Shoir aytmoqchiki, bu dostonda lutf-ko'pqirrali mano va mazmun ko'pdir, ammo asosiy maqsad undagi etti hikoyatdir. Chunki hikoyalarni aytuvchilar sayru sayohat ishiga mohir bo'lgan etti musofirdir. Shuning uchun doston yozilgach, unga «Sabai sayyor» - etti kezuvchi, sayr qiluvchi musofir deb ot qo'yildi. Alisher Navoiyning bu masalaga alohida urg'u berishi bejiz emas. Chunki bu bilan, yani asarga nom qo'yish bilan o'z dostonining shu mavzuda bitilgan boshqa asarlardan ham shakl va mavzuning talqini jihatidan farq qilishiga ishora qiladi. Darhaqiqat, Alisher Navoiy salaflaridan Nizomiy Ganjaviyning shu mavzuga bag'ishlagan asari «Haft paykar» (etti go'zal) deb atalgan bo'lsa, Xusrav Dehlaviy uni «Hasht bihisht» (Sakkiz bihisht), zamondoshi Ashraf Marog'aviy esa «Haft avrang» (etti taxt) deb nomlagan edilar. Ularda asosiy diqqat Bahrom qissasiga qaratilgan bo'lsa, Alisher Navoiy asosiy etiborni musofirlar tomonidan aytilgan hikoyalarga qaratdi («G'araz (maqsad) ammo etti hikoyatdur») va Bahrom qissasini ana shu hikoyalarning aytilish vositasiga aylantirdi. Demak, Alisher Navoiy salaflariga o'xshash (Bahrom, etti hikoya) asarni yangicha talqin, yangicha tahlil bilan yaratib, nazirai benazirni (o'xshash-o'xshamas) maydonga keltirgan edi. Alisher Navoiyning «Sabai sayyor» dostoni hijriy 889 yilning jumodiyussoniy oyida-melodiy 1484 yilning iyun oyida yozib tugatilgan: Garchi tarixi erdi sekiz yuz, Sekson o'tmish edi yana to'qquz. Oyi oning jumodi yussoniy, Panjshanba yozildi unvoni. Varaqu satrin aylabon tayin. Baytini besh ming ayladim taxmin. (MAT, 10-tom, 411-bet) Shunisi ham borki, doston to'rt oyda, yani 1484 yilning mart -iyun oylari oralig'ida yozilgan bo'lsa-da, ammo boshqa ishlar bilan band bo'lmaganda, uni to'rt hafta-bir oyda yozish ham mumkin edi, deydi shoir: Menga ayyomi garchi yod emas, Lek to'rt oydin ziyod emas. Bo'lsam o'zga umurdin emin, Bor edi to'rt hafta ham mumkin. (MAT, 10-tom, 409-bet) 500 baytdan iborat bo'lgan asarning shu muddat ichida yaratilishi shoirning qaynoq buloqdek ijodiy ilhomi jarayonini anglash va tasavvur etishga imkon beradi. Bu hol o'z-o'zicha sodir bo'lgan emas, albatta. Chunki Alisher Navoiy dostonni yozishga kirishishdan oldin Bahrom qissasi bilan bog'li bo'lgan tarixiy-adabiy manbalarni shunchalik sinchiklab o'rgandiki, bu haqda asar oxirida «etti iqlim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.03 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:35 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.03 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga