Sa'diy ijodining o'zbek adabiyotiga ta'siri masalasi

Sa'diy ijodining o'zbek adabiyotiga ta'siri masalasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Sa'diy ijodining o'zbek adabiyotiga ta'siri masalasi - rasmi

Material tavsifi

Sa'diy ijodining o'zbek adabiyotiga ta'siri masalasi (o'zbek mumtoz adabiyoti tarixidan yozilgan bititruv malakaviy ishi) M U N D A R I J A KIRISH……4 I-bob. SA'DIY SHEROZIY ― SHARQ ADABIYOTINING YIRIK VAKILI 8 II-bob.GULISTON ASARI SAYFI SAROYI TARJIMASIDA13 II-bobSA'DIY LIRIKASINING O'ZBEK ADABIYOTIGA TA'SIRI 33 XULOSA 52 FOYDALANILAGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI 53 K I R I S H Bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi. Xalaqlar o'rtasidagi do'stlikning barqaror bo'lishi mamlakatlar o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarga bog'liqdir. Mamlakatlar o'rtasida aloqalar kuchli bo'lsa, tinchlik barqaror bo'ladi. O'zbek va tojik xalqlari yonma-yon yashab, dini, urf-odatlari bir xil bo'lgani uchun bir-biriga qiz olib, qiz berganlar, do'stlikda, hamjihatlikda yashashga harakat qilganlar. Bu ikki xalq o'rtasidagi do'stlikning rivojida adabiyotning xizmati katta bo'lgan. Fors-tojik adabiyotining klassiklari: Rudakiy, Firdavsiy, Hofiz, Sa'diy singari ijodkorlar turkiy xalqlar adabiyotiga, jumladan, o'zbek adabiyotiga juda katta ta'sir ko'rsatgan. O'zbek adabiyotining yirik vakillari ularni o'zlariga ustoz sanaganlar, ular ijodidagi ilg'or an'analarni o'zlashtirganlar. Firdavsiy Shohnoma asarida Eron shohlari tarixini bergan bo'lsa, Navoiy Tarixi muluki Ajam asarida ham Eron, ham Turon shohlari tarixini yaratdi. Navoiy g'azal janri borasida o'z ustozlarini sanaganda, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiylar qatorida Hofiz Sheroziyni tilga oladi. Fors-tojik adabiyoti klassiklari boshqa o'zbek shoirlari ijodiga ham katta ta'sir o'tkazgan. Mavzuning dolzarbligi. Dunyoning tinchligi, yurtlar obodligi xalqlar o'rtasidagi aloqalarning kuchliligiga bog'liqdir. Xalqlar o'rtasidagi aloqalarning muhim bir tomoni ular o'rtasidagi madaniy aloqalarga bog'liqdir. Bu masalada tarjima adabiyoti, fors-tojik adabiyoti klassiklarining o'zbek shoirlari ijodiga ta'siri masalasi muhim ahamiyatga egadir. Bu masalalarning chuqur va har tomonlama o'rganilishi xalqlar o'rtasidagi do'stlikning kuchayishiga olib keladi. Sa'diy ijodining o'zbek adabiyotiga ta'siri masalasining o'rganilishi ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Mavzuning o'rganilish darajasi. Sa'diy daho ijodkor bo'lganligi sababli uning ijodi jahon shoirlari diqqat markazida bo'lgan. Ulug' nemis shoiri Gyote Sa'diyni juda mahsuldor va fayzli, hayot tajribasi bilan boyigan juda yaxshi shoir deb hisoblagan. Sa'diy asarlari G'arbiy Yevropada alloqachonlardan beri ma'lum bo'lgan. Mashhur fransuz faylasufi va yozuvchisi Volter Gulistondan xabardor bo'lgan va ba'zi she'rlarida foydalangan. Guliston XVII asrning birinchi yarmidayoq Yevropatillariga tarjima qilinib, tarqala boshlagan edi. Sa'diyning o'lmas asari birinchi bor fransuz tiliga tarjima qilinib, 1634-yilda Parijda nashr etilgan edi. So'ngra u fransuzchadan nemis tiliga tarjima qilinib, 1635-yilda bosilib chiqqan edi. Undan keyin ham Yevropava boshqa bir qancha xalqlar tiliga tarjima qilingandir. Guliston rus tiliga ko'p marta tarjima qilingan. Bular orasida A.Kozimbek (1829), S.Nazaryans (1857), K.Lombars (1862), I.Xolmagorov (1882), E.E.Bertels (1922) tarjimalari mavjud. Bu nodir asar 1390-1391-yillarda Sayfi Saroyi, XIX asrning ikkinchi yarmida mashhur shoir Ogahiy, 1909-yilda Murodxo'ja domla Solihxo'ja o'g'li tomonidan o'zbek tiliga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 119.27 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:35 Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, docx
Fayl hajmi 119.27 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, docx
Tepaga