Said Ahmad - rasmi

Material tavsifi

8-sinf adabiyot darsligi asosida 15-mavzu: SAID AHMAD (1920-2007) O'zbek adabiyotining zabar-dast vakillaridan biri Said Ahmad (to'liq ism-sharifi Saidahmad Husan-xo'jayev) 1920-yilda Toshkentning Samarqand darvoza mahal-lasida dunyoga keldi. U o'rta maktabni tugatgach, avval Toshkent Rassomlik bilim yurtida, so'ng Toshkent Pedagogika institutida o'qidi va uni 1943- yilda tugatdi. Yoshligidan adabiyotga havasmand bo'lgan adib adabiyot darslarida, maktabdagi to'garaklarga faol qatnashardi. Adib dastlab «Mushtum» jurnaliga adabiy xodim bo'lib ishga kirdi. Tabiatan hazil-mutoyibaga moyil Said Ahmad uchun bu jurnal muhiti yaxshigina ijodiy maktab bo'ldi. Shuningdek, yozuvchining qator jurnal va ijtimoiy-siyosiy gazetalar tahririyatlaridagi faoliyati uning yetuk ijodkor bo'lib yetishishiga, elga tanilishiga sabab bo'ldi. Said Ahmad juda sermahsul ijodkor. Adib ko'p yozsada, xo'b yozadi. Uning «Tortiq» nomli dastlabki hikoyalar to'plami 1940- yilda chop etilgan. Shundan so'ng adibning «yer yurak», «Farg'ona hikoyalari», «Cho'l burguti», «Mu-habbat» kabi ellikka yaqin katta-kichik kitoblari alohida to'plam va ko'p jildliklar shaklida nashr etilgan. Bu asarlarning barchasi zo'r qiziqish va hayajon bilan o'qiladi. Sababi, adabiyotshunoslarimiz to'g'ri ta'kidlaganlaridek, Said Ahmad Oybekning psixologik tasvir mahoratini, G'afur G'ulom yumori, Abdulla Qahhorning ixcham va teran fikrlash fazilatlarini o'zida mujassamlashtirgan adib. Darhaqiqat, bu uch bobokalon qalam ustasining ijodiy tajribasi sevimli yozuvchimiz uchun ulkan mahorat maktabi bo'ldi. Said Ahmad - o'tkir kulgi ustasi. Bu xususiyat uning barcha janrlardagi asarlariga ko'chgan deyish mumkin. Jumladan, adibning «Kelinlar qo'zg'oloni» (1976) komediyasi dovrug'i olamga ketgan sahna asari hisoblanadi. Asar o'zining samimiy tili, sharqona lutf va kulgiga boyligi, tarbiyaviy ruhi bilan ko'plab xorijiy mamlakatlar tomoshabinlarining ham ko'nglini rom etdi. Adib ssenariysi asosida yaratilgan qator kinofilmlar haqida ham shu gapni aytish mumkin. Mustaqillik yillarida adib yana-da katta g'ayrat bi­lan qalam tebratdi. U shu yillarda ko'plab publitsistik maqolalar, badialar yozdi, shuningdek, quvnoq yumoris-tik, jo'shqin lirik hikoyalar, ta'sirchan xotiralar yaratdi. Yozuvchining «Xandon pista», «Bir o'pichning bahosi» kabi hajviy to'plamlari, «Yo'qotganlarim va topganlarim», «Qorako'z majnun», «Kiprikdagi tong» kitoblari, 3 jilddan iborat «Tanlangan asarlar»i xuddi shu istiqlol yillarida yaratildi. Said Ahmad yirik nasriy asarlari bilan ham kitobxonlarga yaxshi tanish. Uning 1988- yilda yaratilgan «Jimjitlik» romani xalqimizning sho'ro hukumati davridagi zohiran tinch, turg'unlik, aniqrog'i, «jimjitlik» yillarida kechir-gan kunlaridan hikoya qiladi. Asarda «qizil imperiya»ning rang-barang nayranglari tufayli hayoti fojiali kechgan kishilar taqdiri bo'yab-bejalmasdan, haqqoniy ko'rsatilgan. «Ufq» romani nafaqat Said Ahmad ijodida, balki adabiyotimizda ulkan voqea bo'lgan uch qismli asar bo'lib, roman-trilogiya hisoblanadi. Asarda xalqimizning Ikkinchi jahon urushigacha, urush davri, urushdan so'nggi yillardagi qismati qalamga olingan. Romanning birinchi kitobi «Qirq besh kun», ikkinchi kitobi «Hijron kunlarida», so'nggi, uchinchi kitobi esa, «Ufq bo'sag'asida» deb ataladi. Trilogiyada o'sha yillari xalq boshiga tushgan mashaqqatli kunlar, musibatlar, ularni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, pptx
Fayl hajmi 10.07 MB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:35 Arxiv ichida: zip, pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, pptx
Fayl hajmi 10.07 MB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, pptx
Tepaga