Saidahmad Siddiqiy-Ajziy (1864-1927) Siddiqiy-Ajziy XX asr boshlarida yetuk shoir, tarjimon va mohir pedagog, usuli jadid maktablarining tashkilotchilaridan biri sifatida faoliyat ko'rsatdi. Uning ko'p qirrali faoliyati 1920 yillardayoq adabiyotshunoslar, pedagoglar e'tiborini qozondi. Siddiiy-Ajziy haqida dastlabki maqola Ajziyni yaqindan bilgan adabiyotshunos Vadud Mahmud (1897-1976) tomonidan yozildi va «Turk shoiri Ajziy» sarlahasi bilan «Inqilob» jurnalinnig 1924 yil 11-12-sonlarida e'lon qildi. Jumladan, u Ajziy haqida quyidagilarni yozadi: «Boshlab Siddiqiy yaxshi texnikdur: soat va turli moshinalarni tuzatmoq ishiga mohirdur Musiqa bilan ham ancha shug'ullangandur. O'z tilidan boshqa arab, fors, rus tillarini bilur Samarqand jadidlarining boshida Behbudiy, Siddiqiy va jadid maktabinnig muallimlaridan Shakuriy o'laroq rasman takfir etishlarig'a sabab bo'lg'ondur». Siddiqiy-Ajziy faoliyati haqida qimmatli ma'lumot beruvchi ikkinchi muhim manba Tursunqul (Rahim Hoshim)ning «Maorif va o'qutg'uchi» jurnalining 1928 yil 3-sonida bosilgan «Siddiqiy to'g'risida mulohazalar» maqolasidir. Maqola muallifi Ajziyning shoirlik salohiyati bilan bir qatorda, uning, umuman jadidlarning maktab va maorif sohasidagi qarashlariga ham e'tiborni qaratadi: «Ovrupo madaniyatiga yaqinlashish, asr texnika va hunaridan orqada qolmaslik uchun fan kerak edi. Bularning hammasini esa yolg'iz maktab berur edi Jadid adabiyoti, jadid matbuoti, jadidlarning so'zlari har joyda maktabga bog'lanadi». Uzoq davom etgan sukunatdan so'ng 1965 yilda pedagog-olim M. Fattayevning Siddiqiy-Ajziy faoliyati haqida «Atoqli pedagoglarimiz» risolasi yaratildi. 1967 yilda ko'zga ko'ringan olim, Respublika fan arbobi, professor B. Qosimovning «Siddiqiy-Ajziy» nomli anchagina ko'lamli maqolasi e'lon qilindi. Yuqorida zikr etilgan manbalar va tadqiqotlar keyingi ishlar uchun asos bo'ldi. Saidahmad Siddiqiy-Ajziy 1864 yilda Samarqandda tug'ildi. Uning ota-bobolari asli turkistonlik xo'jalardan bo'lib, Abu Said Mirzo hukmronligi davrida, ya'ni XV asrning o'rtalarida Samarqandga ko'chib kelgan. Saidahmad 5 yoshlarida otasi Hasanxo'ja vafot etadi. Onasi uni soatsoz usta Abdulqayumga shogirdlikka beradi. Usta tabiatan ancha xasis odam bo'lgani uchun Saidahmad nihoyatda qiynaladi. Bu haqda Saidahmad tarjimai holida quyidagilarni yozadi: «Og'ir ahvolda qolgan oilani boqish uchun onam meni soatsoz usta Abdulqayumga shogirdlikka berdi. U shunday xasis ediki, hatto qahraton qish kunlarida ham issiqroq kiyim bermasdi. Oyoq yalang va yarim yalang'och holda, tong yorishmasdan tortib, to yarim kechagacha tinmasdan ishlardim. Tomlarning qorini kuragan paytlarimda ba'zan oyog'im sovuqdan muzlab qolardi. O'tirib uzoq yig'lardim». Bunday mashaqqatlarga qaramay, tirishqoq Saidahmad soatsozlik hunarini puxta o'rganib oladi. Oila tebratish uchun to'quvchilik, zargarlik, soatsozlik hunarlari bilan shug'ullanadi. Shu yillarda u Samarqand madrasalarida o'qishni ham davom ettirdi. Rahim Hoshim ma'lumotlariga qaraganda « Madrasaga qatnab, «Sharhi mullo»gacha o'qiydi. Tirikchilik sharoitini(ng) og'ir bo'lg'oni uchun tezdan o'qushdan qo'l tortadi, ota kasbi bo'lg'on to'qumachilik bilan mashg'ul bo'ladi, o'z fitriy iste'dodi bilan ruscha o'qush kerakligini sezib, ruscha savod chiqaradi».1 Darhaqiqat, Saidahmad o'zining tug'ma (fitriy) qobiliyati tufayli ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
460.57 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
460.57 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:36 ]
Arxiv ichida: doc