Saidrasul Saidazizov

Saidrasul Saidazizov

O'quvchilarga / Adabiyot
Saidrasul Saidazizov - rasmi

Material tavsifi

Saidrasul Saidazizov (1866-1933) Reja: Saidrasul Saidazizov islohotchi-pedagog Pedagog-olimlar Saidrasul Saidazizov haqida Saidrasul Saidazizovnina hayoti va faoliyati «Ustodi avval» - Turkiston o'lkasidagi birinchi alifbo darsligi. Saidrasul Saidazizov islohotchi-pedagog, «usuli savtiya» metodida tuzilgan birinchi barqaror «Ustodi avval» alifbo darsligining muallifi sifatida Vatanimiz tarixiga kirgan. Bunday alifbo darsligi usmonli turklarda ancha ilgari 1868 yildayoq Hojai avval» nomi bilan Ahmad Midhat tomonidan yaratildi, shuning uchun ham uni turklar «Birinchi muallim» deb ulug'laydilar. Akademik V. V. Bartold Saidrasul Saidazizovni «O'lkada o'quv-tarbiya ishlariga katta isloh kirita olgan» pedagog sifatida ta'riflaydi. U o'zbek, fors, arab tillarida «Aziziy» taxallusida erkin ijod qildi, ilm-ma'rifatga da'vat etuvchi she'rlar, maqolalar bilan vaqtli matbuot sahifalarida tez-tez chiqib turdi. Ammo uning hayoti va ijodi pedagog mutaxassislar tomonidan maxsus o'rganilgan emas. To'g'ri, u haqda pedagog-olim Yo'ldosh Abdullayevning «Eski maktabda xat-savod o'rgatish», professor Sharif Yusupovning «Furqat yo'llarida» kitoblarida qisman ma'lumotlar berilgan. Saidrasul Saidazizov 1866 yili Toshkentda Shayxovand Tahur daha Baland masjid mahalla (Navoiy ko'chasi, 15-tupik, 16-uy hozirda buzilib ketgan U. D.) sida tug'ildi. Uning otasi Saidazizxo'ja o'z davrining ilm-ma'rifatli kishilaridan bo'lib, o'g'lining ilm olishiga barcha sharoitni yaratib berdi. Saidrasul dastlab mahalla ibtidoiy maktabida o'qidi. 1880 yildan boshlab Toshkentdagi «Madrasai Mahmud dasturxonchi» madrasisida tahsilni davom ettirdi. U talabalik yillarida arab, fors tillarini ancha mukammal o'rgandi, she'riyat bilan shug'ullandi, dastlab mustaqil ravishda rus tilini o'rgana boshladi. Bu haqda keyinchalik bir maqlasida quyidagilarni yozgan edi: «Tahsil qilg'on zamonimda ittifoqo mening qo'limg'a rusiya alifbosi tushmak ila goho ovqat mahalida anga nazar solib, bir muallim huzurida kasb qilmasam ham rusiya xatini o'qumoq va chiroyli bo'lmasa ham yozmoqqa qodir bo'lgan edim». Saidrasul Saidazizov talabalik davrida «Turkiston viloyatining gazeti» hamda Boqchasaroyda chiqadigan «Tarjimon» gazetalarini muntazam kuzatib bordi, ta'lim-tarbiya, o'qish-o'qitish sohasidagi yangiliklar ta'sirida bo'ldi. Madrasada o'qib yurgan kezlarida 1-rus-tuzem maktabiga o'qishga kiradi va 1896 yili madrasa bilan bir vaqtda bu maktabni ham muvaffaqiyatli tugatadi. Shundan so'ng Saidrasul Saidazizov o'zi o'qigan «Madrasai Mahmud dasturxonchi»da mudarriislik qila boshlaydi. 1898 yildagi butun Turkiston o'lkasini istiqlol sari uyqotgan Andijon qo'zg'oloni mustamlakachi ma'murlarni rus-tuzem maktablari tizimini ham birmuncha isloh qilishga, musulmon sinflarini ham bilimli, malakali pedagoglar bilan ta'minlashga majbur qildi. Shu munosabat bilan o'zbek, arab, fors tillari qatorida rus tilini ham mukammal egallagan S. Saidazizovni 1-rus-tuzem maktabi direktori S. Sichyov ishga taklif qiladi. Shunday qilib, Saidrasul Saidazizov o'zi o'qigan rus-tuzem maktabida birinchi musulmon o'qituvchisi sifatida ishni davom ettiradi. Bu haqda Saidrasul domla quyidagilarni yozadi: «1900-yilda Toshkand shahrida ruski-tuzemnoy maktabda ahli millat sabilariqa ulmi islomiya ta'limi uchun muallimlik mansabiqa mansub bo'lg'on edim. Anda bir necha yil xidmat qilib, maqbuli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 465.28 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 465.28 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga