San'atda milliylik

San'atda milliylik

O'quvchilarga / Adabiyot
San'atda milliylik - rasmi

Material tavsifi

San'atda milliylik Reja: San'atning milliy va umuminsoniy mazmuni. O'zbek san'ati qadimiy tarixi San'atning milliy va umuminsoniy mazmuni. San'at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bо'ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, gо'zallik hissi ortdi, voqelikdagi gо'zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta о'zgarishlar sodir bо'ldi; aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san'at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san'at va san'atkorlar shu davrda paydo bо'ldi. San'at esa о'zining о'ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning ideologiyasini targ'ib etuvchi kuchli g'oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste'dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning gо'zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, hulq va odatlari, yutuq va mag'lubiyatlari ularning asarlarida о'z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bо'lgan ana shunday san'at hayot gо'zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da'vat etdi. Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar bо'lib qolmay, balki о'zida inson aql-zakovati, hayot tо'g'risidagi fikr-о'ylarini aks ettiruvchi kо'zgu hamdir. Jahon san'ati tarixini о'rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, о'tmish odamlarning his-tuyg'u, hayotiy tajribalarini о'rganish g'oyaviy-istetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu sо'zsiz, kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi. Hozirgi zamon iqo'vchisi, qaysi millatga mansub bilishidan qat'iy nazar Gomer va Firdavsiyni, Shekspir va Nizomiyni, Navoiy va Gyoteni, Balzak va Pushkinni, Abay va Shamzani katta qiziqish bilan iqiydi. Adabiyotning eng yaxshi namunalari, qaysi mamlakatda va qaysi xalq tomonidan yaratilmasin, butun dunyoda sevib iqiladi. Bunga sabab ularning mazmunining milliyligidan tashqari, umuminsoniy va baynalmilal xarakterga sham ega bilganidir. Badiiy adabiyot shamma uchun qiziqarli va foydali bilgan juda kip muammolarni, ijtimoiy va axloqiy masalalarni qamrab oladi. Insoniyat psixologiyasi va intilishlarining mushtarakligi tufayli bir vakili (yozuvchi) tomonidan shu xalq hayotiga asoslanib yaratilgan asar, agar yetarli g'oyaviy va badiiy saviyada yozilgan bilsa, iz-izidan yer yuzining shamma joylaridagi kishilar uchun qiziqarli bilib qoladi. O'zbek san'ati qadimiy tarixi Hozirgi O'zbekiston hududida ibtidoiy jamoa davridayoq odamlar yashagan. Ular yashagan manzillardagi qoya suratlar, bronzadan yasalgan turli xildagi taqinchoq, mehnat va urush qurollari ibtidoiy jamoa davri kishisining hayotini bilishga yordam beradi. Bu surat birmuncha jo'n, sodda bo'lishiga qaramay ibtidoiy jamoa davri kishilari hayoti, ularning yovvoyi hayvonlarni ov qilayotgan vaqti ishonarli talqin etilgan. Chopib borayotgan yovvoyi qo'tos, shoxli buqalar va niqob ostiga yashirinib hujum qilayotgan odamlar tasviri orqali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.68 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.68 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga