San'atkor ideali

San'atkor ideali

O'quvchilarga / Adabiyot
San'atkor ideali - rasmi

Material tavsifi

San'atkor ideali Reja: San'atkor ideali tushunchasi Egey yoki Krit-Miken san'ati. Gomer davri san'ati. San'atkor ideali tushunchasi San'atkor ideali tushunchasini dunyo san'ati miqyosida tekshirib o'tamiz. Yevropa, Osiyoning bir qismi hamda Shimoliy Afrikada yashagan xalq va qabilalar san'ati ham qisman antik san'atga aloqadordir. Greklar o'zlarini Ellinlar deb, o'z mamlakatlarini esa Ellada deb ataganlar. Ellada san'ati keyinchalik Iskandar Zulqarnayn bosib olgan juda katta imperiya san'atining rivojlanishiga ta'sir o'tkazdi. Elladaliklar san'ati Qadimgi Rim san'atiga ta'sir etdi. Rimliklar Grek san'atini e'zozladilar, o'rgandilar va uni yangi pog'onaga olib chiqdilar. Antik madaniyat va san'at tarixi 476 yili Rim imperiyasining qulashi bilan tugallanishini ham shu bilan izohlash mumkin. Antik san'at asrlar mobaynida insoniyatni maftun etib, uni o'ziga jalb etib kelmoqda. Yevropaxalqlari shu san'at va madaniyatga, grek va rimliklar yaratgan ma'naviy boyliklarga murojaat qilib keldilar. Bugungi Yevropasan'ati va teatri, adabiyoti va falsafasi antik dunyoga suyanadi. Uyg'onish davri, XVII asrda paydo bo'lgan klassitsizm badiiy oqimi namoyandalari ijodi ham antik dunyo san'atiga taqlid qilish asosida rivojlanadi. O'rta Osiyo xalqlari, jumladan O'zbekiston xalqlari ham ellinlar madaniyati va san'atildan bahramand bo'ldilar. Buni O'zbekiston tuprog'idan topilgan va topilayotgan grek madaniyati va san'atiga oid juda ko'p namunalar yoki ular ta'sirida yaratilgan madaniyat yodgorliklari ham isbotladi. . Antik madaniyati uzoq vaqt davomida rivojlanib bordi. Uning rivojlanishida Peloponiyes yarim oroli va Egey dengizidagi ko'pgina orollarda, Kichik Osiyoning g'arbiy sohillarida eramizdan avalgi II-II minginchi yillarda yashagan qabilalar madaniyati muhim rol o'ynadi. Antik dunyoning eng qadimgi tarixi egey yoki krit-miken madaniyati bilan boshlanadi. Bu madaniyat yodgorliklarining dastlabki arxeologik kashfiyotlari Mikena va Kritda topilganligi va mo'lligi tufayli bu san'at adabiyotlarida ba'zan krit-miken san'ati, deb ham yuritiladi. Egeyo madaniyatining eng gullagan davri eramizdan avvalgi 200 yillarga to'g'ri keladi. Bu davrda hashamatli me'morchilik kompozitsiyalari, podsho saroylari, tasviriy va amaliy-dekorativ san'at namunalari yaratilgan. Shunday nodir yodgorliklardan biri ingliz arxeologi A.Evans tomonidan Kritdan topilgan Knoss saroyining qoldiqlaridir. Knoss saroyida ustunlardan keng foydalanilgan. Tosh tagkursiga o'rnatilgan yog'ochdan ishlangan ustunlar Knoss saroyining tepa tomonini ko'tarib turish uchun ishlatilgan. Bu ustunlar o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ular pastga tomon torayib borgan. Saroy devorlariga suratlar ishlangan, pollari esa bejirim nAQSHlar bilan bezatilgan. Knoss saroyida ayol tasviri yaxshi saqlangan. Arxeologlar uni Parijlik ayol deb nomlaganlar. U shaffof materiallardan to'qilgan libos kiyib olgan. Ayol boshi yon tomonidan ishlangan, ko'zi esa old tomondan tasvirlangan. Monumental haykaltaroshlik belgisi bu yerda uchramaydi. Lekin amaliy-dekorativ haykaltaroshlik va zargarlik san'ati borasida kritliklar nodir yodgorliklar qoldirganlar. Ular toshtaroshlikda juda mohir bo'lib, toshdan vazalar ishlaganlar, nafis bo'rtma tasvirlar yaratganlar. Ayniqsa, turli dengiz hayvonlarining bo'rtma tasviri ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.35 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.35 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga