Savob ish qilishga undash - Nodira ijodiyotining yetakchi g'oyalaridan biri Reja: Mumtoz adabiyotda sevgi-muhabbat, vafo, insonparvarlik g'oyalarini tarannum etuvchi asarlar. Mohlaroyim Nodira asarlarida sevgi madhi Shoiraning she'rlarida Umarxon timsoli. Adabiyot inson uchun xizmat qilishi kerak. Qachonki, ijodkor insonning his-tuyg'ularini, orzu-istaklarini, muammolarini qiyomiga yetkazib aks ettirsa, shundagina ijodkorning asarlari shuhrat topadi, xalq etiboriga tushadi. Mumtoz adabiyotimizda asosan sevgi-muhabbat, vafo, insonparvarlik g'oyalari ilgari surilgan asarlar yaratilgan. Insonparvarlik g'oyalari Sharqning ko'pgina ijodkorlari asarlarida tarannum ettirilgan. Nima uchun eng aqqli jonzot bo'lmish insonga bunday pand-nasihat qilib turish kerak? Nima, inson yomonlik va yaxshilik, harom va halol, oqibat, yordam kabi tushunchalarni bilmaydimi? Biladi. Lekin shunday holatlar bo'ladiki, odam bu yuksak fazilatlarni esdan chiqara boshlaydi. Qachonki, zamon kishilari qalbi dag'allashib, ongi zaharlanib borsa, ko'proq o'zini o'ylasa, o'z ehtiyojlaridan ortiqcha bo'lgan molu davlatga ham hirs qo'ysa, muhtojlarga yordam berish, baham ko'rish, xayr-ehson qilish kabi xislatlardan ko'z yuma boshlaydi. Shuning uchun shoirlar insonlarni hamisha yaxshilikka, yordamga, kechirimli, adolatli bo'lishga da'vat etib turadilar. Qur'onda «Olloh senga yaxshilik qilganidek, sen ham (o'zgalarga) yaxshilik qil» (Qasos surasi, 77-oyat) deyilgan. Qur'on yaxshilikning foydasi - uni uni amalga oshiruvchining o'ziga ham yaxshiliklar qaytishini bayon qilib: «Agar chiroyli amallarni qilsangiz, o'zingizga yaxshilik qilgan bo'lursizlar. Agar yomon, gunoh amallarni qilsangiz ham o'zingiz uchundir» deydi. (Isro surasi, 7-oyat) Yaxshi va savob ishlarni qilishga targ'ib qilib Olloh aytadiki: «Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o'n barobar qilib qaytarilur» (An'om surasi, 160-oyat). Demak, bizning qator shoirlarimiz, jumladan, Nodira ham ushbu ta'limotlardan xabardor bo'lgan, va albatta, ularga amal qilishga uringan edi. Nodira o'zi ko'pgina savob ishlarni amalga oshirgan (Nodira devoni «Debocha»siga -qarang) U o'z g'azallarida muhtojlarga ehson qilishni targ'ib etadi. Bu borada o'zining turmush o'rtog'i Umarxonga qaratilgan fikrlar ham ko'plab uchraydi. Shoira xonga insonparvarlik, insonga muhabbat g'oyalarini eslatib turadi. Insonga yaxshilik, rahm-shafqat qilish orqali Ollohning muhabbatiga erishish mumkinligini ta'kidlab turadi. Ma'lumki, Ka'baning ta'miri orqali katta savob olish mumkin. Nodira Umarxonga shuni aytmoqchi bo'ladiki, ko'ngli vayron beva-bechoralarning ko'nglini shod qilish, ya'ni xayru-ehson qilish orqali bu savobga erishish mumkin: Gar esa Ka'ba ta'miri muroding, Ko'ngul vayronasini ayla obod. Ehson haqida Nodira ko'p g'azallarida fikr yuritgan. Ehson nima o'zi? Ehson shunday narsaki, boy, davlatmand odamlar o'z boyliklaridan ma'lum qismini beva-bechoralarga berib turganlar. Bu islomda farz amallardan hisoblanadi. Ehson jamiyatdagi tengsizlikning yo'qolishi uchun, insonlarning bir-biriga yordam berishi uchun farz qilingan. Nodira ham yorining adolatli, karam qiluvchi bo'lishini istab unga doim ehson qilishni eslatib turgan: Bo'ylakim mumtoz erursen barcha sultonlar aro, Shod qilg'il bandalarning ko'nglini ehson etib. (84-bet) Bilamizki, an'anaviy o'zbek g'azalchiligi va muxammasi ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
476.1 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
476.1 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:36 ]
Arxiv ichida: doc