She'riy asarning o'ziga xosligi

She'riy asarning o'ziga xosligi

O'quvchilarga / Adabiyot
She'riy asarning o'ziga xosligi - rasmi

Material tavsifi

She'riy asarning o'ziga xosligi Reja: Shoir va she'riyat dunyosi Ritmika. Fonika. Strofika Tayanch tushunchalar: Ritm, bo'g'in, turoq, vazn, ritmik pauza, turkum. Qofiya va uning xillari, radif, raviy, band. She'riyat dunyosini o'rganish, shu dunyoning ijodkori - shoir shaxsidan boshlash maqsadlidir: Shoir kim? U qanaqa odam? Uning qismati - poeziyami? Milliyligi va umumbashariyligining sababi nimada? O'nlab savollarga javob aytishni rus tanqidchisi V.G.Belinskiy mulohazalaridan boshlaymiz. U Mixail Lermontov she'rlaridayozadi: Bu - zehnli, nozik - mijoz, hamisha faol, salgina tegib ketilsa ham o'zidan uchqun sachratadigan, boshqalardan ortiqroq qayg'uradigan, shodonroq lazzat oladigan, ehtirosliroq sevadigan, kuchliroq nafratlanadigan, qisqasi, chuqurroq his etadigan vujud, ruhning har ikki-ham turg'un, ham harakatdagi holati oliy darajada taraqqiy qilgan naturadir. Shoir jismning tuzilishiga ko'ryoq, boshqalarga qaraganda u yoki bu hadga borib qolishiga ko'piroq moyil bo'ladi va u hayotda boshqalardan balandroq yuksaklikka ko'tarilib, iflosroq tubanlikka yiqilishi bemalol mumkin. Lekin uning qulashi ha boshqalarning qulashidan farq qiladi. Bu qklash pul, hokimiyat, imtiyozning yuholigi emas, balki hayotga bo'lgan sabrsiz chanqoqlik samarasidir. hayotga tashnalik unda shu qadar ulug'ki, u bir daqiqalik lazzatli ehtiros, bir lahzalik shirin tuyg'u uchun o'zining btun kelajagini, orzularini, qolgan umrini qurbon qilishga tayyor U ijod etayotgan chog'i=shoh, koinot huumdori, tabiat asrorining ishonchli mahrami, faqat ungagina o'z ko'rsin ochgan samo va yer, tabiat va inson ruhiyati sirlarining noziri. Lekin u asliga, odatdagi yer farzandi holiga qaytganda - odam. Ammo shunday odamki, u yaramas bo'lishi mumkin, lekin hyech qachon tuban bo'la olmaydi, boshqalarga qaraganda tezroq odamgarchilikdan chiqishi mkmkin, lekin shu qadar tezlik bilan chinakam odamga aylanadi va makoni bo'lishi samodan keladigan nidoga hamisha tayyor turadi1 Bu fikrlarni o'qir ekasiz, Aristotelning Poetikasidagi poeziya - iste'dodli yoki majnunsifat kishining qismatidir. Iste'dodli odamlar ruhan juda ta'sirchan, majnunsifatlari esa jazavaga moyil bo'ladilar.(35-bet), -degan qaydlarini eslaysiz Shoira halima Xudayberdiyeva: Mening Boru yo'g'im Umidga o'tgan, Farqlay olmay goho, Yolg'on, chinni man har bitta kesakdan Gavharlik kutgan Javohilik kutgan Jinniman Deyishi - haqiqat; ana shu haqiqatning poetik ifodasidir. Lekin shoir hamisha elning jigari bag'ridan bunyod bo'lgasi zurriyot, el xonadonining chirrog'i, ertangi kunga yetuvchi sadosi bo'ldi. Xalqning, davrning xotiroti bo'lib dunyoga keldi. Shoirsiz yurt - bulbulsiz chaman, yulduzsiz osmon, mayoqsiz bandargoh. Shoir qaysi zamonda, qaysi yurtda yashamasin, birinchi galda o'z qalbining halatini ayon etadi vaagar bu holat minglarni, millionlarning qalbiga esh bo'lsa shoir nidosi umumxalq, umumbashariy nidoga aylanadi. Shoirni hamma zamonda qismat bo'ldi (E.Vohidov, Shoiru she'ru shuur, 76-bet). She'rning dunyosi - butun olam, barcha ranglar, bo'yoqlar, ohanglar, tabiat va hayotning barcha shakllaridir, u bu narsalarning qay biri bilan oshna bo'lsa, uning mohiyatiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.36 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.36 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga