She'riy nutq haqida Reja: She'riy va nasriy nutq haqida. Ritm tushunchasi. Ritmik bo'lak va ritmik vositalar. She'riy sintaksis haqida. Badiiy nutqning ikki shaklga - she'riy (tizma) va nasriy (sochma) ko'rinishlarga ega ekanligi bungacha aytildi. Nasriy nutq o'zining qurilishi jihatidan kundalik muloqotda qo'llaniluvchi nutqqa yaqin bo'lsa, she'riy nutq so'z san'atiga xos maxsus hodisa sanaladi. Zero, o'zining kelib chiqishi jihatidan ham badiiy nutqninng she'riy shakli nasriy shakldan qadimiyroq, aniqrog'i, o'z vaqtida badiiy nutqning yagona shakli bo'lgan. Sababi, she'riy nutqdagi o'ziga xos tashkillanishning o'ziyoq uni odatdagi nutqdan farqlagan, she'riy nutq vositasida aytilgan informatsiyaning san'atga aloqadorligini ta'kidlab turgan. Bunga amin bo'lish uchun adabiyot tarixiga nazar solish kifoya: milliy adabiyotlar tarixining ilk bosqichlarida adabiy asarlar she'riy yo'lda yozilgan, nasrda yozilgan badiiy asarlarning paydo bo'lishi, baski, nasrning badiiy nutq ko'rinishi sifatida shakllanishi esa nisbatan keyingi davrlarga to'g'ri keladi. She'riy nutq muayyan bir o'lchov(vazn) asosidagi ritmga ega bo'lgan, o'zining musiqiy jarangi, hissiy to'yintirilganligi bilan farqlanuvchi nutqdir. She'riy nutqdagi o'ziga hos intonatsiya, musiqiylik ritmik bo'laklar va ritmik vositalar, o'ziga xos fonetik tashkillanish, turli sintaktik usullar yordamida vujudga keladi. She'riy yo'lda yozilgan lirik asardagi kayfiyatning hosil qilinishi, kechinmaning o'quvchiga yuqtirilishida uning ritmik-intonatsion tomoni muhim ahamiyat kasb etadi. YA'ni, she'rning ritmik-intonatsion xususiyatlari uning mazmuni bilan belgilanadi, mazmun bilan uyg'unlik kasb etadi. She'riy nutqning o'ziga xosligini, o'ziga xos tashkillanishini tasavvur qilish uchun, avvalo, uning ritmik-intonatsion xususiyatlarini belgilovchi unsurlar, vositalar haqida tushunchaga ega bo'lish zarur. She'riy nutq haqida gapirganda, avvalo, uning muayyan vaznga solingan ritmga egaligi ta'kidlanadi. Ritm juda keng tushuncha bo'lib, u borliqdagi juda ko'p narsa, hodisalarda kuzatilishi mumkin. Shunga ko'ra, keng ma'noda ritm deganda muayyan bo'laklarning ma'lum vaqt oralig'ida tartibli takrorlanib turishi tushuniladi. Bu ma'nodagi ritm borliqdagi juda ko'p narsa-hodisalarda, jumladan inson organizmida mavjuddir. Masalan, tarnovdan tomchilab turgan tomchilar chiqarayotgan tovushda, ariq suvining maromli shildirab oqishida, yil fasllarining, kun bilan tunning almashinuvida; insonning yurak urishi, nafas olishi, ma'lum bir harakatni bajarishi - bularning barida ritm kuzatiladi. Tabiiyki, kundalik muloqot nutqida ham ma'lum bir ritm mavjud. Avvalo, har bir odamning gapirishida o'ziga xos ritm bo'lib, bu ritm uning fiziologik imkoniyatlari (mas., har bir odamda nafas olish o'ziga xos, nutq ritmi esa shunga ko'p jihatdan bog'liq) bilan belgilanadi. Kundalik muloqot nutqidagi ritmga ichki va tashqi omillar (kasallik, ruhiy holat - ichki; biror narsadan ta'sirlanish, tez harakat qilish, - tashqi) ta'sir qilishi hamda uni o'zgartirishi mumkin. Og'zaki nutqda kuzatiluvchi bu ritm tabiiy ravishda yozma nutqqa ham ko'chadi, zero, yozganimizda miyada gapiriladi, o'qiganda tasavvurda eshitiladi. Demak, o'z-o'zidan ayonki, nasriy asarda ham ritm mavjud va ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.05 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.05 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:37 ]
Arxiv ichida: doc